I-bob. Mavzuning ilmiy nazariy asoslari


Download 65.13 Kb.
bet8/11
Sana08.03.2023
Hajmi65.13 Kb.
#1249828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI OXIRGI

Shkalalar

1-kurs

3-kurs

Muvaffaqiyatga nisbatan juda past motivatsiya

50%

50%

O’rta darajadagi motivatsiya

62%

38%

Anchagina yuqori motivatsiya

74%

26%

Muvaffaqiyatga nisbatan o’ta yuqori motivatsiya

75%

25%

Natijalarni sifat jihatidan tahlilini yuqorida ta’kidlangan 4ta, ya’ni muvaffaqiyatga nisbatan juda past motivatsiya, o’rta darajadagi motivatsiya, anchagina yuqori motivatsiya, muvaffaqiyatga nisbatan o’ta yuqori motivatsiyasining ahamiyatligini aniqlashdan iborat.
Shunday qilib, sinaluvchi talabalarning aksariyat qismida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi kuchli ekanligi namoyon bo’ldi. Bu natijalarga izoh beradigan bo’lsak, sinaluvchilarimizning aksariyat qismida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining ustunligini ko’rishimiz mumkin. Bu esa ayni davrda yoshlarga oid davlat siyosatida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlarning yaxshilanib borayotganligi bilan bog’liqdir. Ya’ni yoshlar o’zlariga yaratilayotgan imkoniyatlarni hisobga olgan holada ma’lum bir sohalarda muvaffaqiyatga erishishda ishonishlari ularda muvaffaqiyatga intilish motivatsiaysini oshirgan bo’lishi mumkin.
Bu guruhga kiruvchi talabalar o’quv faoliyati davomida o’z kuch va imkoniyatlariga ishonadilar, ma’lum bir ishni boshlashdan oldin dastlab uning ijobiy natijasini ko’ra oladilar va albatta bu ishning uddasidan chiqishga imoni komil bo’ladi. Aytish mumkinki, bunday xususiyatga ega bo’lgan hozirgi zamon yoshlari zamon bilan hamnafas ekanligi nuqtai nazaridan va ularga nisbatan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bois o’zlarining oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishlariga ishonadilar. Bu albatta, ijobiy holat hisoblanadi.
Muvaffaqiyatga nisbatan juda past motivatsiya shkalasi 1 va 3-kurs sinaluvchilarida ahamiyatlilik darajasiga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. 1-kurssinaluvchilarida “Muvaffaqiyatga nisbatan juda past motivatsiyasi” skalasi bo’yicha 50% ko’rsatkichi aniqlandi. Ular uchun ta’lim muasassalarida o’qishdan asosiy maqsad bilimlarni olish sifatida ko’rsatilgan bo’lsa, 3-kurs sinaluvchilarida esa bu ko’rsatkich ulrda ham 50%ni tashkil etdi. Bunday talabalar bilim olish motivatsiyasini boshqa faoliytga nisbatan birinchilikda turishini ko’rsatib beradi.
O’rta darajadagi motivatsiya bo’yicha olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, 1va 3-kurs sinaluvchilarida ham natijalar o’ziga xos xarakterni tashkil qiladi, ya’ni 1-kurs talabalarning 62%i va 3-kurs talabalarining 38%i mazkur shkalada natijalarni qayd etdishdi. 3-kurs talabalarida ushbu shkala bo’yicha natijalarga e’tibor beradigan bo’lsak, ular uchun oliy ta’limning ahamiyatli emasligini, hozirgi kungacha olingan bilimlari keldusidagi faoliyatlari uchun yetarli darajada ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi.Shuningdek, mazkur ta’lim muasassasida o’qishni tanlaganliklari-ga asosiy sabab ta’lim muasassasidan qoniqmasliklari va yuqori lavozimlarda ishlashlari uchun ayniqsa do’stlaridan orqada qolmasliklari natijasida tanlanganlik-lari ma’lum bo’ldi. Ular uchun olingan bilimlari ahamiyatlilik darjalasini anglama-ganliklari natijasida yuzaga kelganligini ko’rish mumkin. !-kurs talabalarida esa, aksincha bilim olishga bo’lgan ishtiyoqning kuchliligi namoyon bo’ldi. Uar asosiy vaqtini tanlagan sohaga oid bo’lgan ma’lumotlarni o’zlashtirishga qaratishlari aniq-landi.
Anchagina yuqori motivatsiya sinaluvchilar orasida ahamiyatlilik darajada o’zgarganligi bilan belgilanadi. !-kurs talabalari “Anchagina yuqori motivatsiya shkalasi bo’yicha 74%ni qayd etishgan bo’lsa, 3-kurs talabalari 26%ni tashkil etdi. Bundan shu ma’lum bo’ladiki, 1-kurs sinaluvchilarida tanlagan kasblariga nisbatan bilim olish qiziqishlarning barqarorligi, aniq bir maqsad asosida harakat qilishlari, qiziqishlarning barqarorligi, shuningdek, tanlagan kasblari bo’yicha tasavvurlarning chuqurligi, kelgusida tanlagan kasblar bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lish imkoniyat-ning kuchliligini ko’rsatib o’tadilar. 3-kurs sinaluvchilarida kasbiy bilimlar tasavvur o’zi tanlagan mutaxassisligini mazmun-mohiyatini anglamasliklari ko’zga tashlan- gan holda past ko’rsatkichni tashkil qildi.
Muvaffaqiyatga nisbatan o’ta yuqori motivatsiya shkalasi bo’yicha 1-kurs talaba-larida metodika natijasi 75%ni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 3-kurs talabalari-da 25% ni tashkil etdi. Bundan
Metodika natijalaridan shuni xulosa qilsh mumkinki, talabalarda ta’lim olishga bo’lgan motivatsiya ahamiyatli darajani tashkil qiladi. Bundan shuni ko’rishimiz mumkinki 1-kurs talabalari muvaffaqiyatga intilish motivi kuzatilgan bo’lib, ularning faoliyatidagi harakatlari beqaror xususiyatga ega, ya’ni ular ayrim fanlardan umuman yaxshi o’qishga urunsalar, ayrim vaziyat va ayrim fanlardan umuman o’zlashtira olmaydilar .Ular garchi ayrim vaziyatlarda yaxshi o’qish uchun urunsalarda ularda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo’rquv mavjud bo’ladi va bu ularning o’quv faoliyatiga ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
3-kurs talabalarining ko’rsatkich darajasi past bo’lib, ularning asosiy qismida, muvaffaqiyatsislikdan qochish motivi kuzatilgan, bu sinaluvchilar o’qish jarayonida ma’lum bir muvaffaqiyatga erishsih yo’lida o’z kuchiga ishonmaydilar, chunki baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo’rqadilar.



Download 65.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling