I-bob. Mavzuning ilmiy nazariy asoslari


Trening mashg’ulotining maqsad va vazifalari


Download 65.13 Kb.
bet11/11
Sana08.03.2023
Hajmi65.13 Kb.
#1249828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI OXIRGI

Trening mashg’ulotining maqsad va vazifalari. Har qanday trening maqsad qo’yishdan boshlanadi, trenerning amalga oshiradigan ishlari, guruhni treningga tayyorlash va trening mashg’ulotini o’tkazish – bularning hammasi dastlabki qo’yilgan maqsad atrofida shakllanadi va rivojlanadi. Shuning uchun dastlabki maqsad qanchalik aniq shakllantirilgan bo’lsa , qanvhalik aniq tarzda yetkazib berilsa va barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinsa – mana shu narsa treningda erishilgan yutuqning nechog’lik yuqori darajada ekanligini belgilab beradi. Talabalik davrida motivatsiyani shaklantirishga qartilgan psixologik trening uchun quyidagi umumiy xususiyatlar xosdir:
1. Guruhiy faoliyat tamoyiliga rioya qilish, ishtirokchilarning faolligi, hamkorlikdagi muloqot, shaxslararo o’zaro hamkorlik jarayonida ishtirokchilarning ijobiy izlanishlari, qaytar aloaning mavjudligi.
2. Guruhiy faoliyatda faol metodlarning qo’llanilishi.
3. Guruh ishtirokchilar orasida faol shaxslararo o’zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratilishi.
4. Uzoq yoki qisqa muddatga tashkil etilgan guruh bilan ishlanishi. Faoliyat jarayonida zarur bo’ladigan emotsional energiyaning yo’qolmasligi uchun guruhda muhokama qilingan muammolarning guruhdan tashqarida tarqatishning taqiqlanishi
5. Xonani jihozlashda uning ishtirokchilar faol muloqoti uchun qulay bo’lishiga hamda ularni chalg’ituvchi tashqi omillarning mavjud bo’lmasligiga e’tibor qaratilishi.
6. Guruh ishtirokchilariga psixologik yordam berishning maqsad qilib olinishi. Trening natijasi ishtirokchilarda faqat bilim va malakalar tizimi shakllanishigagina olib kelmaydi, bunda psixologik holatning yaxshilanishi va keyinchalik o’zini o’zi rivojlantirish uchun undovchi mayllarni vujudga keltirishga urg’u beriladi. Shuning uchun trening samaradorligi nafaqat ob’ektiv mezonlar, balki sub’ektiv mezonlar bilan ham o’lchanadi.
7. Ijobiy iqlim va erkin muloqot muhitining shakllantirilishi. Trening jarayonidagi muloqot odatdagi shaxslararo munosabatlardagiga ko’ra faolroq, emotsionlaroq, ochiq va samimiyroqdir. Guruh bilan ishlashning dastlabki bosqichida trenerning asosiy vazifasi ijtimoiy muhitni yaratish, samimiy muloqot uchun psixologik xavfsiz sharoitni yuzaga keltirishdan iborat bo’ladi.
K.Rudestam va I.V.Vachkovlar tomonidan o’smirlarda hayotiy barqarorlikni shakllantirishda psixologik treningning guruhiy shaklini qo’llash lozimligi ta’kidlab o’tiladi. Guruhiy faoliyat shaklining quyidagi o’ziga xos xususiyatlari mavjud:
1. Guruh jamiyatni miniatyura tarzida aks ettiradi va shuning uchun undagi munosabatlar tizimi ijtimoiy malakalarning shakllanishiga turtki bo’ladi.
2. Guruh ishtirokchilari yangi malakalarni o’zlashtirish bilan bir qatorda o’z tengdoshlarining turli muloqot uslublarini o’rganib oladi.
3. Ishtirokchilar o’zlarini boshqalar bilan identifikatsiyalashlari mumkin, ular guruhda o’zaro qo’llab – quvvatlashni his qiladilar.
4. Guruhiy tajriba shaxslararo muammolarni hal qilishga va o’zgalar bilan do’stona munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
5. Guruhiy faoliyat uning ishtirokchilariga o’zini o’zi anglash, o’zini o’zi tadqbiq qilish, boshqarish va o’zining yangi qirralarini ochishga yordam beradi.
6. Guruhiy o’zaro hamkorlik uning ishtirokchilariga psixologik muammolarni aniqlashtirish va konstruktiv hal qilishga yordam beradi.
7. Guruhiy faoliyat shaklida bir vaqtda bir necha ishtirokchilar bilan ishlash imkonniyatinining mavjudligi uning individual ish uslubidan afzalligini belgilab beradi.
Psixologik treninglar turli-tuman bo’lib, ularni tasniflash turlicha mezonlarga asoslanadi. Agar psixologik trening maqsadidan kelib chiqqan holda tasniflaydigan bo’lsak, ularni shartli ravishda aniq malakalarni shakllantirish treninglaridan tortib, to shaxsiy rivojlanish treninglarigacha ajratish mumkin. Birinchi holatda trening shaxs o’zgarishiga olib keluvchi aniq xulq-atvor na’munalarini shakllantirish omili bo’lib gavdalansa, ikkinchi holatda asosiy samara ichki sohada kuzatiladi, ya’ni dastlab shaxsning ichki dunyosi ( o’zini o’zi baholash, motivatsiya, qadriyatlar tizimi va boshqalar), keyin esa xulq-atvor o’zgaradi. Shu bilan bir qatorda treningning samaradorlik mezonlari ham bir-biridan farqlanadi: ayrim mezonlar ob’ektivdir ( masalan, ishtirokchilarda qandaydir malakaning shakllanganlik daraja-si), boshqa ba’zi mezonlar sub’ektivdir ( masalan, ishtirokchilarning o’z shaxsiy holatidagi o’zgarishlar haqidagi his-kechinmalar).
Butun trening jarayonidan avval ham, alohida trening mashg’ulotlarini tashkil qiliishdan oldin ham, maqsadni aniqlab olish va talabga javob beradigan vazifalarni shakllantirish zarur. Shaxsda hayotiy barqarorlikni shakllantirishga qaratilgan treninglarda, odatda quyidagi maqsadlar guruhi ko’zlanadi.
1. Odamlar bilan samarali va samimiy munosabat o’rnatish uchun shaxslararo o’zaro hamkorlik uslublari, mexanizmlari hamda psixologik qonuniyatlarni o’rganish.
2. Shaxs taraqqiyoti jarayoniga ta’sir o’tkazish, ijodiy imkoniyatni yuzaga chiqarish, turmush darajasini, omad va baxt hissini optimal darajaga yetkazish.
3. Ichi dunyo va xulq-atvordagi o’zgarishlar asosida kelib chiqadigan emotsional buzilishlarda o’zini o’zi anglab yetish va o’zining ustida ishlashni rivojlantirish.
4. Guruh ishtirokchilarining psixologik muammolarini izlash va ularni hal qilish-ga yordam berish.
5. Psixologik salomatlikni mustahkamlash.

1 Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrda Oliy majlisga va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi

Download 65.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling