I-bob. Mavzuning ilmiy nazariy asoslari
Talabalarda muvaffaqiyatga intilish motivining o’quv faoliyatiga ta’sirini o’rganish
Download 65.13 Kb.
|
BMI OXIRGI
2.3 Talabalarda muvaffaqiyatga intilish motivining o’quv faoliyatiga ta’sirini o’rganish
Ma’lumki, talabalik davri o’ziga xos o’zgarishlar davri ekanligi bilan birga, o’ziga xos muarkkab jarayonlarni boshidan kechirish davri hamdir. Bu davrada talabaning asosiy faoliyati o’qish faoliyatidangina iboratdek tuyulsada, biroq bu faoliyatga ta’sir etuvchi juda ki’plab omillar mavjudki, ularni tadqiqotlar davomida o’rganish bugungi psixologiya fanining ham dolzarb vazifalari qatoridan o’rin olgan. Talabalik davrida ularning o’quv faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omillardan biri bu talabalardagi muvaffaqiyatga intilish yoki muvaffaqiyatdan qochish motivlaridir. Talabalik davrida muvaffaqiyatga erishish har bir talabaning asosiy orzu maqsadi hisoblanadi. Lekin ularning barchasi ham o’qish jarayonida bir xilda muvaffaqiyatga erisha olmaaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri ularda muvaffaqiyatga erishsih motivatsiyasi va muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasining qay darajada shakllanganligi hisoblanadi. Muataxassislar muvaffaqiyatga erishishga mo’ljallangan xulqni o’rganib, shunday xulosaga kelishganki, har bir kishida muvaffaqiyatga erishish motivi va muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi mavjud bo’lishi taxmin qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, hamma odamlar muvaffaqiyatga erishishga qiziqish qobiliyatiga egadirlar va muvaffaqiyatsizliklardan qayg’uradilar. Shunday bo’lsa-da, alohida har bir shaxs yo muvaffaqiyatga erishish, yoki bo’lmasa muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivlarini idora etishda ustunlik qiluvchi an’analarga ega. Bir so’z bilan aytganda, muvaffaqiyatga erishish motivlari faoliyat yoki maqsadning sermahsul bajarilishiga bog’liq. A.V.Konavalenkoning [25] fikriga ko’ra, u yoki bu motivatsion an’analarni egallash qanday murakkablikdagi maqsadning tanlanishida kuzatiladi. Muallifning qayd etishicha, muvaffaqiyatga erishish motivga moyil odamlar aksariyat hollarda qiyinchilik bilan bajariladigan, og’ir vazifalarni tanlashga moyil bo’ladilar va qiyinchiliklarni yengishda o’z kuch va imkoniyatlariga ishonadilar. Muvaffaqiyat –sizlik motiviga moyil kishilar esa o’rtacha qiyinchilik tug’diruvchi yoki yuzaki, sayozroq maqsadlarni tanlaydilar. Ular har bir ishini o’ylab amalga oshiradilar, be –korga tavakkalchilik qilmaydilar. Ular o’z oldilariga qo’ygan maqsadlarini ba’zan arzimagan bahonalar bilan tark etadilar va amalga oshirishni paysalga soladilar yoki voz kechadilar. Qo’yilgan vazifalarning bir qismi bajarilgach, ularning yakunlari haqida axborot-ga ega bo’lgach, muvaffaqiyatga erishishga ehtiyoji mavjud sub’ektlar muvaffaqiyat uchun pastroq baho beradilar, muvaffaqiyatsizlikka motivlashganlar esa, aksincha, o’z muvaffaqiyatlarini yuqori qo’yadilar. Muvaffaqiyatsizlik motivlariga moslashgan kishilar juda oddiy yoki bilimlarini yaxshi egallagan hollarda tezroq ishlaydilar va ularning natijalari muvaffaqiyatga erishishga ehtiyoji bor odamlarnikiga nisbatan sekinroq sustlashadi. Sermahsul fikrlashni talab qiladigan muammoli xususiyatli masalalarda xuddi shu odamlar vaqt tig’izligi uchun ishlarini qiyinlashtirib yuboradilar, muvaffaqiyatga erishishga ehtiyoj mavjud shaxslarda esa bu narsa yana ham yaxshilanadi. Bizning fikrimizcha, agar shaxsda ommaviy holatda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi yuqori darajada shakllangan bo’lsa, unda har qanday faoliyat yoki maqsadga intilish hamda uni amalga oshirish ham qiyin kechmaydi yoki qiyin kechsada, shaxs ortga chekinmaydi. Talabalik davrida shaxsning o’z qobiliyatlari va imkoniyatlarini bila olishi albatta uning ma’lum bir ishni amalga oshirishda muvaffaqiyat kutilayotgani yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo’rqayotganligi bilan bog’liq bo’ladi. Muvaffaqiyatga intiladigan talabalar o’rtacha yoki o’rtachadan sal yuqori qiyinchilikka ega bo’lgan vazifalarni afzal ko’radilar. Ular o’ylaganlarining muvaffaqiyatli amalga oshishiga ishonadilar, ularga o’z muvaffaqiyatlari haqida ma’lumotarni izlash xos, noma’lum vaziyatlarda qat’iytlilik, aql bilan tavakkal qiladilar, o’ziga javobgarlikni olishga tayyorlar, maqsadga intilishda qat’iyatlilar. Ulardagi maqsadga intilish darajasi ham adekvat bo’lib, muvaffaqiyatdan so’ng yanada oshadi, muvaffaqiyatsizlikdan so’ng kamayadi, juda qiyin vazifalarni yechishda omadsizlik ehtimoli katta, shuning uchun ular unisini ham, bunisini ham tanlamaydilar. O’rtacha qiyinlikdagi vazifalarni tanlaganda muvaffaqiyat va omadizlikka erishish ehtimoli teng bo’ladi va oxirgi natija ko’proq insonning shaxsiy zo’r berishiga bog’liq bo’ladi. Musobaqa va qobiliyatlarni tekshirish vaziyatida ular o’zlarini yo’qotmaydilar. Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasi yoshlardagi passiv hayotiy pozitsiya bilan ham izohlanishi mumkin, ya’ni ular o’z kuch va imkoniyatlarini ortiqcha baholash natijaida juda yuqori marralarni orzu qiladilar, lekin bunga erishish uchun harakat qilishga qo’rqadilar va kimdur ularga buni ta’minlab berishi kerak deb hisoblaydilar. Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi yuqori bo’lgan talabalar avvalo oilada o’zlariga kam e’tibor berilganligi, doim tanbeh berilganligi va kamsitilganligi bilan ajralib turadilar. Muvaffaqiyatsizlikdan qochishga moyil talabalar natijaga erishgan holda ham omadsizlik imkoniyatlari haqida ma’lumotlarni izlaydilar. Ular juda yengil (100% muvaffaqiyat kafolatlangan) vazifalarni ham, juda qiyin vazifalarni ham farqlamasdan tanlaydilar. Chunki ular uchun natija baribir muvaffaqiyatsizlik-dangina iborat ekanliklarini biladilar va shunga ishonadilar. Adabiyotlar tahliliga asoslangan holada quyidagi ma’lumotlarni qayd etish lozim. Ye.I.Bogucharovaning [15] qayd etishicha, agar guruhda yuqori darajadagi qobiliyatlilar egalik qilsa, ya’ni ko’pchillikni tashkil qilsa, u holda faqat o’rtacha qobiliyatli talabalrgina muvaffaqiyatga erishish yoki muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivlariga qattiq beriladilar. Bunday guruhlarda na o’ta yuqori fikrlovchi, kuchli motivatsiyalar hukm surmaydi. Chunki bunda musobaqa vaziyati yoki haddan tashqari yengil, yoki haddan tashqari og’irdek tuyuladi. Aksincha, agar teng darajadagi qobiliyatli talabalar bir guruhga yig’ilsa, ya’ni o’rtacha bir xil qobiliyatdagi talabalar kontingenti bir guruhga jamlansa, ularning qiziqishlari va muvaffaqiyatga nisbatan ehtiyojlari ortadi. Bunday gurularda kuchli talabalarning ham sermahsul faoliyati rivojlanadi. Mana shunday talabalar iqtidorlilar guruhiga ko’chirilganda esa ularning o’qishga nisbatan yuqori qiziqish – lari namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivlariga ko’proq moyil talabalar qobiliyat darajalari bir xil guruhdagi katta musobaqalardan kamroq qoniqish hissini tuyadilar. Ma’lumki talabalik davrida muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasini o’rganish muammosi nafaqat hozirgi kunning balki azaldan yechimi kutilayotgan yoki qaysidur ma’noda yechimi topilgan masalalar sirasiga kiradi. Adabiyotlar tahlilida shunday fikrlarni ko’rish mumkin, imkoniyat darajasidagi qoniqishlarni ko’ra bilish insonni o’z oldiga shunday maqsad qo’yishga majbur qiladiki, bu o’zi kutganidek rag’batlantirishga olib keladi va shunday qilib, avvalroq taxmin qilingan qoniqishlarga erishish mumkindir. Maqsad xulq yo’nalishini ta’minlab turadi va unga erishish bilan yakunlanadi. Ichki motivlar – bu o’z kuchi va imkoniyatlariga ishonish hissiga bo’lgan ehtiyojdir. Ichki motivatsiyalarga quyidagi shartlar, vaziyatlar (holatlar) ta’sir etadi: - ichki motivatsiya sabablar o’zgarishiga qarab susayadi, ichki motivlar tashqi motivlarga aylanadi; - ichki motivatsiya insonning o’z kuchiga ishonchi qat’iyligi hisobiga ortadi; - qayta ijobiy muloqotlar (ma’qullash va maqtovlar) erkaklarga ichki motivlarni kuchaytiradi, ayollarda susaytiradi yoki qayta ijobiy muloqotni nazorat qilish jihati erkaklarga qaraganda, ayollarda ko’proq ahamiyatga ega bo’ladi. Shuningdek, muvaffaqiyatga intilish darajasi yuqori va juda yuqori bo’lgan sinaluvchilarda hayotga, o’qishga, yashashga, turli xil to’garaklarga bo’lagan qiziqishning yuqoriligini kuzatuv va suhbatlar orqali anilqb buni quyidagicha izohladik. Motivlar orasida muhim o’rinni qiziqishlar tashkil etadi. Qiziqish – shaxsdagi an’ana bo’lib, aniq predmetdagi biron yo’nalish yoki tarmoqlarni tugal belgilash bilan yakunlanadi. Qiziqishlar deganda, biz diqqatning, fikrning xayolning yo’nalganligini tushunamiz; ehtiyoj esa mayl, xohish, irodada namoyon bo’ladi. Ehtiyoj narsalarni qamrab olish istagini qo’zg’atadi. Qiziqish esa u bilan tanishtiradi. Qiziqish – bu motivdir, u o’z ahamiyatining kuchiga va emotsional jozibasiga ta’sir etadi. Qiziqishlar bo’lmasa yoki yetarli ozuqa olmay qolsa, hayot zerikarlidir. Qiziqishlarni uyg’otish uchun belgilab, ko’rastib qo’yib, undan keyin ko’rsatilgan maqsadlar sari yo’nalish holatini motivatsion ravishda oqlash shart emas, aksincha, motivni yaratib, undan keyin maqsadni ko’zlash imkonini ochish kerak. Qiziqarli o’quv predmeti – bu talabaning u yoki bu qo’zg’atuvchi motivlari tufayli asosiy maqsadlar maydoniga aylangan o’quv predmetidir. Onglilik darajasidagi qiziqish sabablari ob’ektning yangiligi yoki o’zgarishlari bo’lishi mumkin. Lekin qiziqishlarni ob’ekt xatyolidagi – tasavvuridagi va maqsadlaridagi qobiliyatlarga egaligi orqali ham namoyon qilish mumkin. Bunda individning harakati jarayonidagi o’zgaradigan holatlar unda muvaffaqiyatga qaratilgan qiziqishlarni uyg’otadi. Qiziqish uyg’otuvchilar – bu o’ta talabchanlik, hayron qoldirish, qamrab oluvchi tuyg’ulardir. Qiziqishni boshdan kechirayotgan individda izlanish, hamma narsaga aralashish, yangi axborot olish yo’li bilan tajribasini kengaytirish, o’zida qiziqish uyg’otgan ob’ektga yoki kishiga yaqinlashish xohishi paydo bo’ladi. Qiziqishlarning sabablari quyidagidan iborat: 1. Shaxsiy qatnashuv, javobgarlik, nimagadir erishish mumkin, degan tuyg’u. 2. Yangi bilimlarni qabul qilish, anglash. 3. O’ta qiziquvchanlik. 4. Quvvat faolligini his qilish. 5. Sezgining zarurligini his qilish. 6. Nimadandur zavq olish. Qo’zg’atuvchi emotsiyalar kuchaytirilmagan bo’lsa, xulqning u yoki bu ko’rinish-ni quvvatlamaydi yoki o’rganishni motivlashtirmaydi, emotsiyalar qo’zg’atuvchilar-ni kuchaytiribgina qolmay, balki susytirishi va hatto qo’zg’alish holatini butunlay so’ndirib qo’yishi mumkin. Ta’lim faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi pedagogik – psixologik xarakterdagi ko’plab ommillarga, xususan, ijtimoiy – psixologik va ijtimoiy – pedagogik omillar-ga bog’liqdir. Shuningdek, motivatsiyaning kuchi va uning tuzilishi ham ta’lim faoliyatining muvaffaqiyatiga ta’sir qiladi. Bir necha o’n yillar oldin yaratilgan Yerkes – Dotson qonuniga ko’ra, faoliyat samaradorligi motivatsiya kuchiga bog’liq. Boshqacha qilib aytganda, harakat motivatsiyasi qanchalik kuchli bo’lsa, faoliyat samaradorligi ham shuncha yuqori bo’ladi. Ammo to’g’ridan-to’g’ri munosabat faqat ma’lum bir chegarada mavjudligicha saqlanib qoladi. Agar ba’zi natijalarga erishila olsa va motivatsiya kuchi o’sishda davom etsa, unda faoliyat samaradorligi pasyishni boshlaydi. Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, motiv quyidagilarga ega bo’lishi mum-kin: 1. Miqdoriy xarakteristikalar (“kuchli – kuchsiz” tamoyili bo’yicha) 2. Sifat xarakteristikalari ( ichki va tashqi motivlar) Bu yerda motivning faoliyat mazmuniga daxldorligi nazarda tutiladi. Ya’ni agar shaxs uchun faoliyatning o’zi muhim bo’lsa, masalan, bilimga bo’lgan ehtiyojning o’quv jarayonida qondirilishi misolida olinsa, demak shaxsda ichki motivatsiya mavjudligi haqida xulosa berish mumkin. Aksincha, agar faoliyat uchun asosiy turtki ijtimoiy obro’-e’tibor, ish haqi va shu kabilarni hisobga olgan holda berilayotgan bo’lsa, demak, shaxsning tashqi motivi haqida gapirish joizdir. A.M.Matyushkinning [33] ta’kidlashicha, odatda tadqiqotchilar o’quv faoliyati jarayonida insonning samarali ijodiy faoliyatini muvaffaqiyat motivatsiyasi bilan emas, balki bilim motivatsiyasi bilan bog’laydilar. (A.M.Matyushkin). Biroq motivlarni shunchaki ichki va tashqi motivlarga ajratish yetarli emas. Tashqi motivlarning o’zi ijobiy (muvaffaqiyat, yutuq motivlari) va salbiy (qochish, himoya qilish motivlari)ga bo’linishi mumkin. Bu borada yana bir muhim qonuniyat namoyon bo’ladiki, “kuchli” va “zaif” talabalar baribir o’zaro bir – biridan farq qiladi. Ammo bu farq intellect darajasida emas, balki o’quv faoliyatiga nisbatan motivatsiyaning kuchi, sifati va turi nuqtai nazaridandir. Kuchli talabalar o’zlarining ichki motivatsiyasi bilan ajralib turadilar: ular uchun o’z kasbini yuqori darajada egallash juda ham muhimdir, ular asosan mustahkam kasbiy bilim va amaliy ko’nikmlarni egallashga yo’naladilar. Zaif talabalarga kelsak, ularning motivlari asosan tashqi, vaziyatga bog’liqligini ko’rish mumkin, ya’ni bunday talabalar uchun birinchi navbatda yomon o’qiganligi tufayli atrofdagilarning qoralashi va jazolashidan qochish, sessiyadan qaysidir fanlardan qayta topshirishga qolib ketmaslik kabilar muhim hisoblanadi. Tadqiqotchar o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra, ishonch bilan qayd etish mumkinki, yuqori ijobiy motivatsiya kompensasiyalovchi omil rolini o’ynagan holdagi ayrim maxsus qobiliyatlarning yetishmasligi yoki undagi bilim, ko’nikma va malakalarning yetarli bo’lmagan zaxiralarining o’rnini qoplashi mumkin. Biroq kompensasiya mexanizmi teskari yo’nalishda ishlamay qoladi. Boshqacha qilib aytganda, talaba yoki maktab o’quvchisi har qancha iqtidorli va bilimli bo’lishidan qat’i nazar, u o’qish istagi va turtkisiz muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Masalan, talabalarning texnik ijodkorligini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, ushbu faoliyat uchun yuqori ijobiy motivatsiyaning mavjudligi hatto maxsus qobiliyatlarning yetarli bo’lmagan darajasini ham qoplashi mumkin ekan. O’qishga qiziqishi yuqori bo’lgan talabalar o’zlarining yuqori darajadagi maxsus qobiliyatlarga ega bo’lsada, ammo ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun motivatsiya past bo’lgan boshqa talabalarga nisbatan ancha o’ziga xos modellarni yaratadilar [52, 54] Muvaffaqiyat tomon intilayotgan va muvaffaqiyatsizlikdan qochayotgan inson – larning xulq-atvori bir-biridan farq qiladi. Ko’pincha muvaffaqiyatga asoslangan insonlar o’z oldiga aniq, ma’lum maqsadlarni qo’yadi. Anashu maqsadga erishish uchun omad, muvaffaqiyat sifatida baholanadi, qadrlanadi. Shuning uchun ham ular muvaffaqiyatga erishishlari uchun bor kuchlari bilan harakat qiladilar. Inson faoliyati jarayoniga aniq kirishadi, maqsadiga qisqa yo’l bilan erishish uchun kerakli vosita va usullarni tanlaydi. Muvaffaqiyatsizlikdan qochuvchi insonlarning faoliyatidan ko’zlangan maqsadi muvaffaqiyatga erishish emas, balki undan qochish bo’ladi. Ularning barcha harakatlari aynan ana shu maqsadni amalga oshirishga qartiladi. Turli mualliflar muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikdan qochish motiv-lariga har xil munosabat bildiradilar. Xususan, D.Atkinson “muvaffaqiyat motivi” shkalasida bir-birini inkor etadigan qutblardir, deya ta’kidlaydi. Agar inson muvaffaqiyatga yo’nalgan bo’lsa, u muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqadi va aksincha, agar u muvaffaqiyatsizlikka yo’nalgan bo’lsa, unda muvaffaqiyatga intilish kuchsiz namoyon bo’ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa o’z tadqiqotlariga ko’ra, kuchli muvaffaqiyatga erishish motivi kuchsiz muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqish motivi bilan birga kelishi ham mumkinligini ta’kidlashgan. Haqiqatdan ham muvaffaqiyatga intilish va muvaffaqiyatsizlikdan qochish orasida musbat korrelyatsiya mavjudligi aniqlangan. Shuning uchun ham bu yerda u yoki bu sub’yektda muvaffaqiyatga intilish va muvaffaqiyatsizlikdan qochish ustunligi haqida gap ketmoqda. Bunda ustunlik har ikkala intilish darajasi yuqori yoki quyi darajada bo’lish mumkin. Download 65.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling