Ijodkor o‘qituvchi jurnali 5 fevral / 2023 yil / 26 son


Download 57.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.10.2023
Hajmi57.97 Kb.
#1719457
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ernazarova Dilnoza Xushvaqtovna



IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 FEVRAL / 2023 YIL / 26 – SON 
276 
ZAIF ESHITUVCHI BOLALARNI ESHITISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH 
USULLARI 
Ernazarova Dilnoza Xushvaqtovna 
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 
Pedagogika fakulteti Surdapedagogika yo
ʻ
nalishi 2- kurs magistranti 
Annotatsiya: 
maqolada bolalarda eshitishning roli va uning buzilishi oqibatida kelib 
chiqadigan psixik holatlar, Psixokorreksiya jarayonida vujudga kelgan mexanizm, holat, vaziyat 
bartaraf etish omili, tormozlash va oldini olish, diagnostikasi va korreksiyasi jarayonlarini 
amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: 
ontogenetik rivojlanish, o'ziga xos jins va yosh xususiyatlari, kognitiv, 
kognitiv va affektiv jabhalar, genetik, ijtimoiy va shaxsiy omillar, bilish jarayonlari, qo'zg'alish va 
tormozlanish jarayonlari, diagnostikasi va korreksiyasi jarayonlari. 
Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar va huquqiy 
jamiyatni barpo etish, jamiyatda sog'lom muhitni qaror toptirish, fuqorolarni ma'naviyatini 
shakllantirish va takomillashtirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 
O'zbekiston Respublikasining qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul 
qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma'qullangan Ta'lim to'g'risida Qonuning I-bob 
3-moddasida: 
- davlat ta'lim talablari — ta'limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-
sharoitlariga, shuningdek ta'lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda 
kasbiy sifatlariga qo'yiladigan majburiy talablar
- tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har 
tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini 
shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon; 
- ta'lim — ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko'nikmalar 
berishga, shuningdek ularning umumta'lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko'nikmalarini 
shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon. 
5-moddasida esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va 
ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, har kimga ta'lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. 
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonuning II-bobi 9-moddasida jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki 
ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan bolalar 
davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim 
tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta'lim oladi [1]. 
Shu 
sababli, 
bugungi 
kunda 
maxsus 
maktablarida 
mehnat 
tarbiyasini 
takomillashtirishning samarali usullarini aniqlash dolzarb masalalardan biridir. 
Mamlakatimizdagi mustaqil, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish 
yo'lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uning o'zligini anglashdagi 
imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga va ma'naviy barkamol, intellektual hamda aqliy-amaliy 
jihatdan mukammal yetuk kadrlarni tayyorlash uchun yangi shart-sharoitlar yaratib bermoqda. 



Download 57.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling