Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini


Download 114.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.06.2023
Hajmi114.84 Kb.
#1641752
  1   2   3   4   5
Bog'liq
PQ-55-сон 20.12.2021. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLINING DAROMAD MANBAINI
KENGAYTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq
muloqotida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
dasturlari doirasida kreditlar ajratish mexanizmini soddalashtirish, aholining bandligini oshirish,
daromad manbaini kengaytirish va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish dasturlari (keyingi o‘rinlarda — dasturlar) doirasida:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-
sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
a) loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — jamg‘armalar) resurslari tijorat banklariga yillik 10 foiz
stavkada joylashtiriladi;
b) imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga
— 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va
parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, “dala do‘konlari”ni qurish va ko‘chma muzlatkichlarni
o‘rnatish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga;
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-
oktabrdagi PQ-394-son 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y.,
07/22/394/0920-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona
qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun
bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7
yilgacha muddatga;
(1-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-
oktabrdagi PQ-394-son 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y.,
07/22/394/0920-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi,
konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun — 1 yilgacha
imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga;
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-
son 
qaroriga
asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)
“Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot
qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-
shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino
va inshootlar sotib olish uchun — 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish
uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi;
v) kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni
qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi o‘rinlarda —


hokim yordamchisi) o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga
beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi;

Download 114.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling