Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini


Download 114.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.06.2023
Hajmi114.84 Kb.
#1641752
1   2   3   4   5
Bog'liq
PQ-55-сон 20.12.2021. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Oldingi
 tahrirga qarang.
g) chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar kamida 10 boshdan 50 boshgacha
chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan) va chorva
hayvonlarini identifikatsiyalash tizimida aks etgan chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish
uchun ferma tashkil etishga beriladi. Bunda, kreditlar va xarid qilingan chorva mollari (qoramol,
qo‘y, echki) to‘g‘risida axborotlar “Online-mahalla” platformasidagi ma’lumotlar bazasiga majburiy
tartibda kiritiladi;
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-
sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
d) “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi
tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan
mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
2. “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB (keyingi o‘rinlarda — vakolatli
tijorat banklari) 2022-yil 1-martdan dasturlar bo‘yicha kreditlarning to‘liq raqamlashgan holda
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda —
Yagona elektron platforma) orqali ajratilishini ta’minlasin. Bunda:
kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda ko‘rib chiqiladi va har bir
bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida Yagona elektron platforma (SMS-xabarnoma, elektron
pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi;
kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va
masofadan imzolanadi;
kredit olish uchun arizalar masofadan qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli
mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ko‘magi bilan taqdim etiladi;
Yagona elektron platforma orqali aholiga o‘zini o‘zi band qilish uchun kreditlar belgilangan
mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra, avtomatlashtirilgan holda ajratiladi;
ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki
sotish Yagona elektron platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida amalga oshiriladi;
o‘z mahsulot va xizmatlarini sotish bo‘yicha takliflar asbob-uskunalar va mahsulotlar yetkazib
beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — ta’minotchilar) tomonidan “marketpleys”
tizimida erkin joylashtiriladi;
ta’minotchilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar foydalanuvchilar tomonidan baholanadi va
ularning reytingi avtomatik ravishda shakllantiriladi;
ta’minotchilarning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan monitoring
tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, ta’minotchilarning “marketpleys” tizimidagi o‘z xizmatlarini taklif etish
imkoniyati davriy ravishda o‘rganib chiqiladi;
kreditlar qarz oluvchiga u tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan
shartnoma asosida kelishilgan narxda mahsulot yetkazib berilganidan (ish bajarilganidan) va qarz
oluvchi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng hamda hokim yordamchisi tomonidan o‘tkazilgan
monitoring natijasiga ko‘ra, qarz oluvchini identifikatsiyalash orqali ta’minotchiga o‘tkazib beriladi;
hokim yordamchilari o‘ziga biriktirilgan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan
kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib boradi hamda
kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha sektor rahbarlari va tijorat banklari bilan birgalikda
tegishli choralarni ko‘radi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan
ajratiladigan kreditlar tashabbuskorlarga loyihabay shakllantirilgan buyurtmanomalar asosida
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarida
nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari va navbatsiz rasmiylashtirib beriladi.


Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga,
Jamg‘arma resurslarini tashabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan Yagona elektron platforma
orqali rasmiylashtirish jarayonlarini to‘liq muvofiqlashtirish vakolati beriladi.

Download 114.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling