Oits ning klinik kurinishi


Download 21.36 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi21.36 Kb.
#1061217
  1   2
Bog'liq
OITS ning klinik kurinishi.


OITS ning klinik kurinishi.
OIV kasalligidagi infeksion jarayon xam barcha yukumli kasalliklarda buladigan infeksion jarayon konuniyatlari asosida kechadi.
Infeksion jarayon kuyidagicha rivojlanadi:

  • Kasallikning yukishi

  • Infeksiyaning yashirin (inkubatsiya) davri

  • OIV kasalligining birlamchi utkir klinik kurinish davri

  • OITSga mujassamlashgan belgilar davri (assotsirlangan simptomokompleks yoki OITS karindosh simtomokompleksi)

  • OITS- orttirilgan immunitet tankisligi sindromi davri

1. Virus kupincha bemor bilan jinsiy aloka kilganda bemor koni bilan ifloslangan asbob anjomlarni kullaganda, bemor konini, kon zardobini kuyganda, bemor onadan bolaga xomiladorlik yoki tugish vaktida va kukrak suti bilan emizganda (agar chakalokning ogiz bushligida shillik kavatlar yoki tilida jaroxatlar, yarachalar bulsa) yukishi mumkin. Tarkibida ma’lum mikdorda virus bilan zararlangan biologik suyuklik (kon, kon zardobi) jaroxatlangan teri va shillik kavatlarga (kuz, ogiz bushligi) tushganda yukish extimoli bor.
2. Bu davr OIVni yuktirib olgandan keyin taxliliy uzgarishlar davriga bulinib, bir necha oydan 10-15 yil va undan kuprok davom etishi mumkin.
Kasallikning boshlangich kursatkichlari antegenemiya va virusemiya bulib, sal kechikibrok 2-6 xaftadan keyin virusga karshi spetsifik antitelolar paydo buladi va uzluksiz bir necha oydan kasallikning sunggi davrigacha davom etadi. Spid davriga kelib esa spetsifik antitelolar titri konda kamayadi. Bunday xol serokonversiya deyiladi. Serokonversiya- kondagi antigenemiya bilan almashinib turishi mumkin, bunday xolni esa seronegativatsiya deyiladi. Shu davrdan boshlab organizmda immunodisfunksiya va immunodefitsit kuchayib boradi.
3. Bu davrda 17-25% OIV ni yuktirib olganlardan nospetsifik utkir klinikasi grippga yoki yukumli mononukleozga xos belgilar kuzatiladi. Bunda tana xarorati kutarilib, bir necha gurux limfa bezlari, jigar va talok kattalashadi, bugimlarda ogrik bulishi mumkin. Terida toshmalar paydo buladi. Bunday xoll 10-12 kun davom etib, bemorlar tuzalib ketadilar. Koni OIV kasalligiga tekshirilganda musbat natija kuzatiladi, kondagi T-limfotsitlar mikdori biroz kamaygan buladi.
OIVni yuktirib olgan boshka gurux shaxslarda esa xech kanday klinik uzgarishlar bulmagan xolda, uzlari tibbiy tekshiruvdan utib, maxsus VICH laboratoriyasida kon topshirib OIVga spetsifik taxlillar (IFA) musbat natija bulgandagina, uzlarini OIV tashuvchi ekanliklarini biladilar.
OIVni yuktirib olganlarning bir kismida immun va asab tizimlarini shu virus ta’sirida zararlanganligi sababli, xech kanday klinik belgilar bulmasdan turib, kaytalanuvchi tarkok limfoadenopatiya xolati kuzatiladi. Bunda odam organizmi periferik limfa tugunlarini ikki va undan kuprok kismida limfa tugunlari kattalashganligi seziladi (chov soxasidan tashkari) paypaslaganda esa ogriksiz, kuzgaluvchan bulib, bunday xol 3 oy va undan kuprok vaktgacha davom etadi. Bunday xolni tarkalgan limfoadenopatiya deyiladi (persistiruyuщaya generalizovannaya limfoadenopatiya- PGA).
Bu davrda OIV Bilan kasallangan shaxslarda- patogenetik belgi xisoblangan- «tukli leykoplakiya» kuzatiladi». Bunda tilning yon tomonlarida okish rangli enantemalar bulib, boshka etiologiyali enantemalardan farklirok, u tilning ostki kismida bulmaydi va shpatel bilan kuchirilganda kuchmaydi. Asta sekin bu davr OIV kasalligining OITSga mujassamlashgan belgilar davriga utadi.
4. OITS davrining boshlanishidan oldingi davr - preSPID bulib, bunda klinik kurinishlar nospetsifik xolda kechadi. SPID davrining oldingi davrida noma’lum sabablarga kura tana xarorati 38-40S gacha kutarilib, kechga yakin va tunda kuchayadi. Bemor kup terlaydi, umum kuvvatsizlik, tana vaznining kamayishi, sababsiz ichining surishi kuzatiladi. Bemorlarda kupincha bir-biri Bilan boglangan yoki boglanganmagan noanik simptomlar kuzatiladi. Bunday belgilar fakat OITS ga xos belgilar bulmay, ularning ba’zilari uziga mustakil sindrom xisoblanadi va «OITSga boglangan uygunlik»- «SPID assotsiirovannыy simptomokompleks» (SAS) deyiladi. Bunday uygunlik bir necha yil davom etgandan keyin bemorlarning OITS ning aynan klinik kurinishlari namoyon buladi.
SAS- OITS dagi boglangan uygunlik davrining keyingi boskichlarida yukoridagi klinik kurinishlarga- ogiz bushligi shillik kavatlarda zamburuglik kasalliklar, doimiy yutal, urab oluvchi temiratki (herpes simplex), teri kasalliklari, Kaposhi sarkomasi singari uta xavfli kasalliklar kushiladi. Bunday kasalliklarning kushilishi bemorlarda OITS kasalining klassik manzarasini namoyon bulishiga olib keladi. Bu xodisa immun tarmokning T- limfotsitli xujayra tankisligi bilan boglikligidadir.
Sanab utilgan klinik belgilardan tashkari OIV kasalligining borligini kuyidagi taxliliy uzgarishlar xam tasdiklaydi:

  • T -xelperlarni kondagi sonining kamayishi;

  • Kondagi T-xelperlarni T-supressorlarga nisbatan kamayishi;

  • Kamkonlik yoki leykopeniya, trombotsitopeniya, limfopeniya;

  • Kon zardobida A va G immunoglobulinlar mikdorining oshishi;

  • Konda aylanib yuruvchi immun birikmalar mikdorining oshishi;

  • Mitogen (immunostimulyator) ta’sirida limfotsitlarni yadroviy uzgarish darajasini (xususiyatini) kamayishi;

  • Terini antigenga nisbatan sekin, yukori sezuvchanlik, allergik reaksiyasi.

Ushbu boskichda OIV kasalligiga gumon kilish uchun mujassamlashgan belgilardan (SPID assotsiolangan simtomotokompleksdan) 2 va undan kuprok klinik va taxliliy kursatkichlar bulishi kerak.
5. OIV kasalligiga chalinganlarning bir kismidagina (25%) kasallikning OITS davri namoyon buladi, lekin kupchilik OIV Bilan zararlanganlar limfoadenopatiya davridan tugridantugri OITS davriga utadi.
OITS- orttirilgan immunitet tankisligi sindromi davri – OIV kasalligining oxirgi davri bulib, klinik nuktai nazardan 2 xil prinsipial belgilar xarakterlidir.

  1. Immunitet pasayishi natijasida kelib chikadigan kasalliklarni paydo bulishi (opportunistik infeksiya, invaziyalar, 60 yoshga yetmagan shaxslarda Kaposhi sarkomasining uchrashi).

  2. Xujayra immuniteti yetishmasligini keltirib chikaruvchi ma’lum patologik jarayonning yukligi (radiatsiya, immunodepressiv xususiyatga ega dorilarni iste’mol kilish va x.z.)

OIV ta’sirida fagotsitar xujayralar va V-limotsitlar faoliyatining buzilishi natijasida opportunistik infeksiyalar va invaziyalar birinchi uringa chikadi (T xelper – indikator faoliyati susayishi tufayli).
Kasallikning xar-xil klinik belgilarini sistemaga solish maksadida OITS kasalligining kechishini shartli ravishda bir necha variantlarga (turlarga) ajratilgan:
1. Upka turi- kupincha bemorlarda infiltratli zotiljam (pnevmoniya) rivolanishi bilan xarakterlanadi, keltirib chikaruvchisi asosan pnevmotsista Karini, sitomegaloviruslar yoki legionella pnevmofiluslardir. Shular katorida zotiljamni Mikobakterium avium xam chikarishi mumkin. Mikobakterium avium yer sharini barcha kit’asida tarkalgan bulib, odam organizmiga yoshligidayok tushadi. Immun sistema faoliyati me’yorida bulganda xech kanday patologik uzgarishlar chakirmaydi, lekin immun sistema shikastlangan bulsa, xaddan tashkari rivojlanib, faollashib xar xil kasalliklar paydo bulishiga olib keladi. OIV infeksiyasiga chalinganlarni 85%da bu mikrob ulimga olib keluvchi zotiljamni keltirib chikaradi. Bu davrda kuyidagi klinik belgilar namoyon buladi:

  • Ogrik bilan kuzatiladigan kuruk yutal;

  • Tana xaroratining kutarilishi;

  • Nafas olish yuzaki, tez-tez buladi;

  • Umumiy xavo yetishmovchilik alomatlari.

2. Oshkozon – ichak turi – ogir, chuzilgan diareya bilan kechadi, enterit alomatlari yuzaga chikadi. Shu tufayli tana vazni kamayadi va davolash kutilgan natija bermaydi. Kupincha OITSning bunday klinik kechishiga kuyidagi chakiruvchilar sababli bulishi mumkin: Kampilobakter, shigella, salmonella, entamyoba xistolia va boshkalar. Kiyosiy tashxislash mikrobiologik tekshiruv utkazish bilan kuyiladi
3. Serebral turi- markaziy nerv sistemasining jaroxatlanishi bilan kechashi va utkir entefalitdan tortib surunkali jarayongacha bulishi mumkin, 30-90%da demensiya kuzatiladi. Ushbu variant bir necha shaklda utishi mumkin:

  • Abssesslar, meningo-ensefalitlar, leykoensefalopatiyalar ;

  • Miyaning birlamchi va ikkilamchi limfomalari (miya usmasi);

  • Kon tomirlarini jaroxatlanishi tufayli yuzaga chikadigan asoratlar (trobotsitopenik, serebral gemaragiyalar yoki bakteriyalarga boglik bulmagan trombotik endokardit).

  • Tashxis kuyilmagan markaziy nerv sistemasining jaroxatlanishi (toksoplazma tufayli rivojlangan abssesslar, kriptokokkli meningit, kup uchokli leykoensefalopatiya, sitomegalovirusli ensefalit).

4. OITSda periferik asab tizimi xam kasallanadi. Kasallanish periferik nevrit, bosh miya nervlarining zararlanishi, radikulit, polimiozit kurinishlarida bulib ularning etiologiyasi xozircha aniklanmagan.
5. OITSdagi dermotologik kurinishlar. Ushbu kurinishlar yukorida keltirilgan barcha shakllarda uchrashi mumkin va kuyidagi belgilar aniklanadi:

  • Teri usmalari (Sarkoma Kaposhi, teri raki, limfomalar);

  • Infeksion jarayon – oddiy gerpes, urab oluvchi temiratki, kandidoz, “tukli” leykoplakiya, kandilomalar va boshkalar;

  • Allergik reaksiyalar;

  • Sababi noanik patologik jarayonlar (toksikodermiya, vaskulitlar)

  • Xar xil follikulitlar tez-tez uchrab turadi. Bunda teridagi uzgarishlar joylashishi va kupligi bilan farklanadi (kultik osti chukurchasida, yelkada, sonda, yuzda, boshning sochli kismida). Terining jaroxatlangan kismi katta emas, atrofida eritema zonasi bulmaydi.

6. OIV kasalligi bilan xastalangan bemorlarning 50%dan kuprogida yurak mushaklarining jaroxatlanishi - miokardit kuzatiladi. Miokarditni toksoplazmozlar va kriptokokklar chakiradi. Yurak mushaklarida kup uchokli nekrozlar paydo buladi.
7. OIV bilan kasallangan 10% bemorlarda buyrak ish faoliyati buziladi.
8. OIV kasalligida kon xosil kiluvchi organlar faoliyati xam buziladi. Kuzatishlar shuni kursatadiki bemorlarda latent davridan boshlab granulotsitlar, limfotsitlar, eritrotsitlar va trombotsitlar soni kon tarkibida kun sayin kamayishi kuzatiladi.
9. Usmali jaroxatlar kup uchraydigan onkologik belgilar xisoblanadi. Ulardan sarkoma Kaposhi limfatik tomirlarning usmasi bulib xavfli xisoblanadi.
Shunday kilib odam immunitet tankisligi virus chikargan klinik belgilari xar xil bulgan klassik OITS davri kasallikning oxirgi boskichi xisoblanadi va ulim bilan tugaydi.

Download 21.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling