Gepatit D
Gepatitning bu virusi mustaqil yashay olmaydi, shuning uchun u Gepatit Bga qo'shilgan holda jigarga ziyon yetkazadi. Gepatit D ham qon quyilishi natijasida yuqadi. Kam hollarda homilador onadan homilaga va jinsiy aloqadan yuqishi mumkin. Bu kasallikning alomatlari Gepatit Bnikiga o'xshash bo'lib, asorati ancha og'irroq bo'lishi mumkin. Kasallik yuqqanidan so'ng 1 haftadan 6 oy ichida namoyon bo'ladi.
Gepatit E
Bu virus turi yaqinda aniqlangan bo'lib Gepatit Aga o'xshaydi. Gepatit A singari kir suv orqali yuqadi. Oson yuqadigan bu kasallik ko'pincha issiq ob-havoli mamlakatlarda uchraydi. Uning alomatlari ich ketishi, tana haroratining ozgina ko'tarilishi va umumiy holatning yomonlanishi. Gepatit Adan farqli tomoni homilador ayolning 3-trimestrida virus o'limga olib kelishi mumkin. Kasallik 2-4 hafta ichida tuzaladi, lekin boshqa gepatit turlaridan farqli ravishda nafaqat jigarga, balki buyrakka ham ziyon yetkazib o'tadi.
Gepatit G
Gepatitning bu turi gepatit C bilan o'xshab ketadi. C virusi kabi jinsiy aloqa orqali, homilador ayoldan homilaga va qondan o'tishi mumkin. Gepatit G natijasida sog'ayish yoki aksincha jigarning qattiq zaiflashi va serroz bo'lishi mumkin.
Gepatitni oldini olish
Tozalikka rioya qiling;
Meva va sabzavotlarni yuvib iste'mol qiling;
Tish chyotkasi, manikyur, soqol olish asboblarini faqat o'zingiznikidan foydalaning va hech kimga foydalanishga bermang;
Ovqatdan oldin, ko'chadan va xojatxonadan keyin qo'lingizni yuving;
Bir martalik shpritsdan foydalaning;
Tishingizni davolashga ishonchli klinikaga boring.
Homiladorlik va gepatit
Odatda homilaga virusli gepatitning C shakli o'tish xavfi bor. Lekin tadqiqotlarning natijasiga ko'ra Gepatit C homilaga zarar keltirmaydi.
Emizish va gepatit
Tozalik saqlangan holda emizish orqali gepatit o'tmaydi, lekin ko'krak uchi yorilib qon chiqishi kuzatilsa gepatit yuqish xavfi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |