Oiv-infeksiyasi tarixi, etiologiyasi va epidemiologiyasi oiv infeksiyasining yuqish yo‘llari oiv-infeksiyasini kechishi


Davolash OIV-infeksiyaga chalingan bemorlarga tibbiy yordam davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul, konfeditsial holda ko‘rsatiladi


Download 54.8 Kb.
bet13/14
Sana05.01.2022
Hajmi54.8 Kb.
#227527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
13-maruza lot

Davolash
OIV-infeksiyaga chalingan bemorlarga tibbiy yordam davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul, konfeditsial holda ko‘rsatiladi. (UzR SSV 2007 yil 30 oktyabr № 480-buyrug‘ining № 2 ilovasi).
OIV-infeksiyasida umumiy amaliyot shifokorining vazifalariga quyidagilar kiradi:
-OIV-infeksiyali bemorlar, uning yaqin qarindoshlari va tibbiy xodimlarga kasallik bo‘yicha ma’lumotlar berish va o‘rgatish;
-OIV-infeksiyali bemorlar va uning yaqin qarindoshlarini ruhan qo‘llab- quvvatlash;
-Vrachlik sirini saqlash;
-OIV-infeksiyali bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda (mahsus muassasa xodimlari bilan birga) ishtirok etish. Kelishilgan holda, boshqa oddiy kasalliklarda bemorlar oldin o‘z umumiy amaliyot shifokorlariga murojaat qilishlari mumkin.
-OIV-infeksiyali bemorlarda shamollash belgilari paydo bo‘lganda UASH o‘zi davolaydi. Agar kasallik belgilari 3-5 kundan ortiq vaqt saqlansa yoki atipik kechsa, chuqurlashtirilgan laborator tekshiruvlari va ko‘krak qafasi rentgenografiyasini o‘tkazish zarur bo‘ladi. Agar tekshiruv natijalari me’yorda bo‘lsa ham bemor albatta mutahassis maslahatini olishi zarur.
OIV-infeksiyali bemorlarlarning ko‘pchiligi o‘zlarining kasalligini bilmaganliklari sababli kasallikning ilk bosqichlarida tibbiy yordam ololmaydilar. UASH uchun OIV-infeksiyasini tashhislashni bilish juda muhimdir. OITS pandemiyasining birinchi yillarida barchaning diqqat-e’tibori besoqolboz va biseksual erkaklar, giyohvandlar, gemofiliyali bemorlarga qaratilgan, lekin hozirgi vaqtda kasallikka bunday yondoshish kam samaralidir. OIV ko‘p xollarda geteroseksual jinsiy aloqalarda yuqtirib olinmokda va shu bilan birga, OIV-infeksiyali bemorlarni ko‘pchiligi, bu kasallikni qanday yuqtirganliklarini bila olmaydilar. Hozirgi kunda xavf guruhlari haqida emas, balki hulq-atvorning xavfli turlari haqida fikrlash to‘g‘riroqdir. Har qanday bemordan anamnestik ma’lumot yig‘ayotganda shifokor hukm chiqarmasdan, qat’iyat bilan uning jinsiy aloqalari va giyohvand moddalar qabul qilishi xaqida so‘rab ko‘rishi zarur. Bu ma’lumotlar OIV-infeksiyasini o‘z vaqtida tashhislash imkoniyatlarini oshiradi. Bemorda venerik kasalliklar yoki sil kasalligining borligi va homiladorlik OIV-infeksiyasini laborator tashhislashga ko‘rsatma hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda, limfa tugunlarining barcha guruhlari kattalashgan holat, sababi noaniq demensiya, surunkali diareya, sababsiz ozib ketish, tarqalgan gerpes, bir necha dermatomalarning zararlanishi bilan kechayotgan qamrab oluvchi temiratki, sababi noaniq sitopeniyalar, V-hujayrali limfomalar va hujayrali immunitet tanqisligini bildiruvchi boshqa kasalliklarda OIVga tekshiruv o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
IFAda bir necha marta musbat natija aniqlanib, undan keyingi immunoblot usuli ham musbat natijalar bilan tasdiqlangan xolatda 
Download 54.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling