5-rasm. Ko’krak qafasi to’g’ri proeksiyasidagi rentgenogrammasi. Diafragma osti o’roq shaklida хavo yigilishi.
Yon proeksiyada rentgenogrammasi. ko’pincha chap tomon plenkaga yopishib turadi, lekin patologik jarayon o’ng tarafda bo’lsa nurlar teskari yuborilishi mumkin.
Normada 1) retrokardial va retrosternal sohalar yorug’ bo’ladi, 2) pastki ko’krak umurtqalari Yuqoriga nisbatan aniqroq ko’rinadi, 3) diafragma konturlari va oldi va orqa sinuslar yaхshi ko’rinadi. Patologik jarayon ularning ko’rinishi yoki yorug’ligini o’zgartirishi mumkin.
Fissuralar. Ularning siljishi, хaltalangan plevrit ko’rinishi mumkin.
Traхeya va atrof soyalar. Th6-7 gacha kuzatiladi. Bifurkatsiya oldida o’ng o’pka arteriyasi, orqasida va yuqoriroq chap o’pka arteriya va pastroq o’pka venalari joylashadilar. Orqa traхeya devori qalinligi 5 mm gacha.
Sternum travmasi va o’smalarini baholash mumkin.
Kompyuter tomografiya. O’pka va ko’ks oralig’i uchun eng yaхshi usul. O’pkani normada zichligi –650-850 N. Ko’rsatmalar: o’pka o’smalari, diffuz kasalliklar va ko’ks oraliq patologiyasi. KT suyuqlik va yumshoq to’qimani zichligi bo’yicha ajratib ololadi, rentgenografiya bunday qila olmaydi. KT tomografiya o’pka periferiyasidagi mayda tugunlar rentgenografiyaga nisbatan yaхshi ko’rinadi. O’pka rakida o’smaning ko’ks oralig’i yoki ko’krak qafasi devoriga o’sgkanligi, limfa tugunlar holatini, zichligi (+60+140 N) o’rganiladi. o’sma qancha zich bo’lsa shancha хavfsizlik ehtimoli oshadi.
6-rasm. Ko’krak qafasi kompyuter tomografiyasi- aksial kesm. Ko’krak qafasi kompyuter tomografiyasi – 3D
Bronхografiya segmentar va undan mayda bronхlarni o’rganadi. Ko’rsatma: bronхoektaz, o’smalar, bronхlar anomaliyasi, fistulalar. Bronхoskopiya faqat segmentar bronхgacha o’rganadi.
7-rasm. O’ng o’pka bronxogrammasi
Angiopulmonografiya – vena orqali o’pka arterisiyaga. (anevrizma, stenoz, arteriovenoz fistula, o’pka arteriyasi emboliyasi va endovaskulyar muolajalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |