O’ka kasalliklarida nur tashxisi usullarining o’rni va ahamiyati


Download 0.91 Mb.
bet3/3
Sana19.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1100415
1   2   3
Bog'liq
Упка 1

Bronхial arteriografiya o’pka qon ketishlarida (Seldinger metodikasi bo’yicha) + embolizasiya.
S onografiya. Ekssudativ plevrit uchun rentgenografiyaga nisbatan sezgirroq usul. 50 ml dan kamroq suyuqlik aniqlanashi mumkin (rentgenologik usullar > 100 ml). Bundan tashqari plevra, ko’krak qafasi devori va o’pka periferiyasida joylashgan tuzilmalar uchun qo’llash mumkin. Sonografiya suyuqlik va yumshoq to’qimani ajrata oladi.
8-rasm. Sonogramma. Plevral bo’shliqda suyuqlik. 9-rasm. Sonografiya apparati


Radionuklid usullar: Inson organizmiga radiofarmpreparat(RFP) yuborib uni to’planish o’rganiladi.
Ko’rsatmalar: 1) o’pka arteriyasi emboliyasi 2) emfizema 3) patologik jarayon tarqalishi 4) terapiya samarasi monitoringi

  1. Ventilyasiyani o’rganish. Bemorga radioaktiv modda (ksenon-133) gaz holatida beriladi. Bemor bir necha daqiqa yopiq sistemada nafas oladi va so’ng o’pka tasvirlari olinadi. Ventilyasiya buzilgan sohada modda kamroq yig’iladi.

  2. Perfuziya o’rganish. Bemor venasi maхsus radioaktiv modda bog’langan mikrosferalar (albumin bo’lishi mumkin) yuboriladi. Ular o’pka kapillyarlarida vaqtincha ushlanib qoladi (mingdan bittasida). Tasvir 5-10 min so’ng olinadi, perfuziya kamaygan joyda RFP kamroq yig’iladi.

  3. Ventilyasiya va perfuziya nisbati. Normal o’pkada ventilyasiya va perfuziya tasvirlarida modda bir tekis va paralell yig’iladi. Ventilyasiya kamaysa perfuziya ham kamayadi (emfizematoz bulla), perfuziya kamayganda ventilyasiya buzilmaydi (emboliya).

Rentgenologik usullar va kompyuter tomografiyada o’pka tiniqligi/zichligini va hajmini nafas fazalarida o’rganib, ventilyasiya funksiyasi to’g’risida хulosa qilishi mumkin.



10-rasm. PET tekshirish usuli. Ko’ks oralig’i va chap o’pkada RFP to’planishi.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling