Ҳокимиятлар бўлиниш тизимида суд ҳокимияти
Rossiyaga qoʻshib olinishidan oldin Oʻzbekiston (Turkiston)da sud hokimiyati
Download 0.59 Mb.
|
2 тема
Rossiyaga qoʻshib olinishidan oldin Oʻzbekiston (Turkiston)da sud hokimiyati;Oʻzbekistonda sud hokimiyatining shakllanishi jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin:
Sud-huquq tizimini isloh qilish bevosita mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishga, qonun ustuvorligini va qonuniylikni mustahkamlashga, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishni koʻzda tutadi. Bu tadbirlardan pirovard maqsad – yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir. Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish borasida ham tub oʻzgarishlar va yangilanishlar qoʻlga kiritildi. Bu ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1991-2000 yillarni qamrab olsa, ikkinchi bosqich 2001-2010 yillarni oʻz ichiga oldi. Shu davrlarda sud hokimiyati bosqichma- bosqich mustahkamlanib bordi, uni jazolash sifatidagi organdan, inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladigan mustaqil davlat institutiga aylantirish borasida tegishli qonunlar va meʻyoriy hujjatlar qabul qilindi va unga bosqichma-bosqich erishilib kelinmoqda. Shu asnoda bir qancha natijalarga erishildi. Bular: Birinchidan, mazkur tizimni isloh qilishda sudlar tizimi ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va taʻsiridan chiqarildi va mustaqil hokimiyat tarzida shakllantirildi. Sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan taʻminlash, sud tizimi uchun kadrlar masalasi bilan shugʻullanaish Adliya vazirligi vakolatidan olinib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudʻyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuklatildi. Ikkinchidan, Adliya vazirligi huzurida “Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy texnik va moliyaviy taʻminlash deportamenti” tashkil etildi. Uchinchidan, sudlar ixtisoslashtirildi. Sudlar tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibida oʻz navbatida fuqarolik, jinoiy ishlar va harbiy sudlari tashkil qilindi. Ular asosida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqolpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat sudlari. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi hamda Qoraqolpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat sudlari. fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi tarkib topdi. Toʻrtinchidan, prokuror va advokatning tengligini, sudlar faoliyatining barcha bosqichlarida oʻzaro tortishuv boʻlish taʻminlashga, odil sudlovning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Advakatlar oʻz himoyasidagi shaxs bilan uchrashuv uchun ruxsat olish bekor qilindi. Endi ularga advakatlik guvohnomasi va advakatlik muassasi tomonidan beriladigan order yetarli. Beshinchidan, jinoyatlarning tasnifi oʻzgartirildi, ogʻir va oʻta ogʻir toifadagi jinoyatlarning qariyb 75 %i ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar toifasiga oʻtkazildi. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun qamoq va ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilindi, oʻrniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanktsiyani qoʻllashga oʻtildi. Mol-mulkni musodara qilishdek jazo turi qoʻllanilmaydigan boʻldi. Oltinchidan, 2008 yil 1 yanvaridan boshlab mamlakatda oʻlim jazosi bekor qilindi, uning oʻrniga umrbod va uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. Yettinchidan, 2008 yil 1 yanvardan boshlab, fuqarolarni qomoqqa olishga sanktsiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga oʻtkazildi. Hakamlik sudi vujudga keldi. Sakkizinchidan, mamlakatimiz qonunchiligiga 2001 yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi. Toʻqqizinchidan, prokuratura faoliyati isloh qilindi. U oldingidek, jazolash quroli emas, balki qonunlarning qatʻiy ijro etilishini, mamlakatimizda demokratik islohotlarning izchil rivojlanishini, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʻminlaydigan organga aylantirildi. ЎзР Конституцияси 107-моддаси Суд тизими деганда судларнинг компетенцияси ва мақсад вазифалари бўйича тузилган мажмуи тушунилади. ЎзР суд тизимини белгиловчи асосий ҳужжат ЎзР Конституцияси ҳисобланади. "Ўзбекистон Республикасида суд тизими Ўзбекистон Республикаси Конституциявий суди, Ўзбекистон Республикаси Олий суди, ҳарбий судлар, Қорақалпоғистон Республикаси суди, вилоятлар ва Тошкент шаҳар судлари, Қорақалпоғистон Республикаси маъмурий суди, вилоятлар ва Тошкент шаҳар маъмурий судлари, фуқаролик ишлари бўйича туманлараро, туман, шаҳар судлари, жиноят ишлари бўйича туман, шаҳар судлари, туманлараро, туман, шаҳар иқтисодий судлари ва туманлараро маъмурий судлардан иборатдир. Судларни ташкил этиш ва уларнинг фаолият кўрсатиш тартиби қонун билан белгиланади. Фавқулодда судлар тузишга йўл қўйилмайди. ". Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling