Okoz: 01. 00. 00. 00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01. 08. 00. 00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01. 08. 01. 00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01. 08. 01. 01 Umumiy qoidalar] [tsz
Download 74.04 Kb.
|
senat togrisida
[OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar] [TSZ: 1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; 2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati] O‘zbekiston Respublikasining KONSTITUTSIYAVIY qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida LexUZ sharhi Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 433-II-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga navbatdagi saylov hamda Senatni shakllantirish yakunlari asosida amalga kiritilgan. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati] I. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) maqomini belgilash, Senat faoliyatini tashkil etishga va uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) hamda boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligiga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Senat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir. Senat a’zolari (senatorlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senat ishi yalpi majlislarga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va uning qo‘mitalari majlislariga to‘planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senatda hududiy mansublikka ko‘ra hamda siyosiy yoki boshqa asosda guruhlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 3-modda. Senat faoliyatining huquqiy asoslari Senat faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilanadi. 4-modda. Senat tarkibini shakllantirish Oldingi tahrirga qarang. Senatni shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan belgilanadi. (4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son) 5-modda. Senatning vakolat muddati Senatning vakolat muddati — besh yil. Vakolat muddati tugagach, Senat yangi chaqiriq Senati ish boshlagunga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat a’zolari / 01.09.03.00 Oliy Majlis Senati a’zosining maqomi] 6-modda. Senat a’zosi Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Senat a’zosi bo‘lishi mumkin. Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida Senat a’zosi va Qonunchilik palatasi deputati bo‘lishi mumkin emas. Senat a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Senatning roziligisiz, Senat majlislari oralig‘idagi davrda esa, Senat Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Senat a’zosiga uning senatorlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi. LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi uchinchi qismi. Senat a’zosining vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Senat a’zolari Senatda doimiy asosda ishlashlari mumkin. Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlarning soni senatorlar umumiy sonining to‘rtdan birigacha bo‘lgan miqdorda belgilanadi. Ular senatorlik vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Senat a’zosining maqomi qonun bilan belgilanadi. 7-modda. Senat hujjatlari Senat o‘zining vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek palataning ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Senat umumsiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar yuzasidan bayonotlar va murojaatlar bilan chiqishi mumkin, ular palataning qarori bilan rasmiylashtiriladi. Senat qarorlari, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. II. SENAT VAKOLATLARI VA FAOLIYATINING TAShKILIY ShAKLLARI [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati] 8-modda. Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlari Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat: 1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 2) O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 3) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish; 4) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 5) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash; 6) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash; 7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; 8) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish; 9) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish; 10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish; 11) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish; 12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish; 13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 14) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish; Oldingi tahrirga qarang. 15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi; (8-moddaning birinchi qismi 15-bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi O‘RQ-527-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi) 16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash; 17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish; 18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash; 19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 20) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish; Oldingi tahrirga qarang. 21) parlament nazoratini va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. (8-moddaning birinchi qismi 21-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-367-sonli Qonuni tahrirda — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 177-modda) Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati] 9-modda. Senatning mutlaq vakolatlari Senatning mutlaq vakolatlari jumlasiga: 1) Senat Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislarini va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash; 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash; Oldingi tahrirga qarang. 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash; (9-moddaning birinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Oldingi tahrirga qarang. (9-moddaning birinchi qismi 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) Oldingi tahrirga qarang. 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; (9-moddaning birinchi qismi 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 18-apreldagi O‘RQ-285-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 160-modda) Oldingi tahrirga qarang. 7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; (9-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) 8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish; 9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish; 10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish; 11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; Oldingi tahrirga qarang. 12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; (9-moddaning birinchi qismi 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) 13) Reglamentni hamda o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish; 14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Senat qarorlarini qabul qilish kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan mansabdor shaxslarni Senat tomonidan saylash, tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. 10-modda. Senat majlisi Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning majlisidir. Senat majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o‘tkaziladi. Senatning birinchi majlisi Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi. Senatning birinchi majlisini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi. Senatning navbatdan tashqari majlisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi taklifiga binoan yoki Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. Faqat Senat majlislarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ma’qullanadi hamda Senat hujjatlari qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. Senat va uning organlari majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi raislari, Bosh prokuror ishtirok etishlari mumkin. (10-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Senat majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Senat majlislari ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda, Senat yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Senat majlislarini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. 11-modda. Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlislari Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining muhim masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda o‘tkaziladi. Palatalarning kelishuviga muvofiq qo‘shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o‘tkazilishi mumkin. Palatalarning qo‘shma majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Palatalarning qo‘shma majlisi, agar unda tegishincha Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Palatalarning qo‘shma majlislarida, agar qo‘shma majlisda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi. Palatalarning qo‘shma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari asosida palatalarning qo‘shma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. 12-modda. Parlament so‘rovi, senator so‘rovi Oldingi tahrirga qarang. Senat davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli. Senat a’zosi davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli. Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga, senator so‘roviga javobni Senat Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi. (12-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga, shuningdek senatorning so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi. (12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son) III. SENAT RAISI VA UNING O‘RINBOSARLARI. SENAT KENGAShI, QO‘MITALARI VA KOMISSIYALARI [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.03 Oliy Majlis Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari] 13-modda. Senat Raisi Senat Raisi Senat tarkib topganidan keyingi birinchi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Senat a’zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi. Senat Raisligiga nomzod ko‘rsatish va saylash tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. Senat Raisi o‘z vazifasini bajarish davrida siyosiy partiya va harakatlarga a’zolikni to‘xtatib turadi. Senat Raisi Senat qo‘mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas. Senat Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin. Senat Raisi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.03 Oliy Majlis Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari] 14-modda. Senat Raisining vakolatlari Senat Raisi: 1) Senat va uning Kengashi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; 2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi; 3) Senat ma’qullagan qonunlarni imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboradi; 4) Senat qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; 5) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; 6) Senat Raisining o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; 7) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; 8) Senat matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hay’atlari tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi; 9) Kengash bilan kelishilgan holda Senat matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi; 10) Senat matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; 11) Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Senat nomidan ish ko‘radi; 12) Senat va uning Kengashi qarorlarini imzolaydi; Oldingi tahrirga qarang. 13) Senat devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; (14-modda birinchi qismining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 27-avgustdagi O‘RQ-557-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son) Oldingi tahrirga qarang. 131) Senatning xarajatlari smetasini shakllantirish va bajarishga doir ishlarga umumiy rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; 132) Senatga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi farmoyishlarni imzolaydi; (14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 27-avgustdagi O‘RQ-557-sonli Qonuniga asosan 131 va 132-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son) 14) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Senat Reglamentida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Senat Raisi o‘zining vakolatiga taalluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.03 Oliy Majlis Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari] 15-modda. Senat Raisining o‘rinbosarlari Senat Raisining o‘rinbosarlari Senat a’zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi. Senat Raisining o‘rinbosarligiga nomzodlar ko‘rsatish va saylash tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. Senat Raisining o‘rinbosarlari o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyalar va harakatlarga a’zolikni to‘xtatib turadi. Senat Raisining o‘rinbosarlari Senat qo‘mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas. Senat Raisining o‘rinbosarlari Senat Raisining topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Senat Raisi yo‘qligida yoki o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi. Senat Raisining o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.04 Oliy Majlis Senati Kengashi] 16-modda. Senat Kengashi Oldingi tahrirga qarang. Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi. (16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) Senat Kengashi palata majlislari oralig‘ida zaruratga qarab to‘planadi. Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning o‘rinbosarlari va qo‘mitalarning raislari kiradi. Senat Kengashi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va komissiyalari] 17-modda. Senat qo‘mitalarini saylash Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Senat shakllanganidan keyin uning vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan rais, uning o‘rinbosari va a’zolardan iborat tarkibda qo‘mitalar saylanadi. Senat qo‘mitalarining barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadilar. Qo‘mita tarkibiga saylanmagan senator uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Senat qo‘mitalari Senat oldida mas’ul va unga hisobdordir. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va komissiyalari] 18-modda. Senat qo‘mitalarining vakolatlari Senat qo‘mitalari: 1) Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun topshirilgan qonunlar yuzasidan xulosalar beradi; 2) o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan o‘z tashabbusi bilan va Senatning topshirig‘iga binoan Senat hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi; 3) qonunni majlis kun tartibiga kiritish yoki uning ustida ishlashni davom ettirish yoxud asoslantirilgan holda uni rad etish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi; 4) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi; Oldingi tahrirga qarang. 41) Senat majlisida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalalarini qo‘yadi; (18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda) 5) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi; 6) Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini jalb etadi; 7) kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Senat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; Oldingi tahrirga qarang. 8) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi, Senat qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi; (18-moddaning birinchi qismi 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 9) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Senat qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi;
Senat qo‘mitalari qonunlarga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda) [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va komissiyalari] 19-modda. Senat qo‘mitalarining ishini tashkil etish Senat qo‘mitalari ishni o‘z rejalariga, shuningdek Senat, uning Raisi va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Senat qo‘mitalarining faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va komissiyalari] 20-modda. Senat qo‘mitalarining majlislari Senat qo‘mitalarining majlislari Senat majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi. Senat qo‘mitalarining majlislari, agar ularda qo‘mita a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Senat qo‘mitalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganida Senat qo‘mitalari yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Qo‘mitalarning majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin. (20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son) [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va komissiyalari] 21-modda. Senat qo‘mitalarining qarorlari Senat qo‘mitalari ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo‘mita jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Senat qo‘mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko‘rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko‘rilgan choralar to‘g‘risida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, uzog‘i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va komissiyalari] 22-modda. Senat komissiyalari Senat muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin. Komissiyalar Senat majlisida senatorlar orasidan tuziladi. Ayni paytda komissiyani tuzishdan ko‘zlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi. Komissiyalar o‘z faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin yoki Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi. Komissiyalarni tashkil etish va ularning faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi] IV. QONUNNI KO‘RIB ChIQISh. KELIShUV TARTIB-QOIDALARI 23-modda. Qonunning Senat qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishi Qonun Senatga kelib tushganidan keyin Senat Raisi uni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni amalga oshiradigan mas’ul qo‘mitani belgilaydi. Qonunni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish natijalari asosida mas’ul qo‘mita qonun yuzasidan xulosa qabul qiladi. 24-modda. Qonunning Senat majlisida ko‘rib chiqilishi Senat mas’ul qo‘mitaning xulosasini olganidan keyin qonunni muhokama qiladi va uni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi. Ovoz berish ochiq yoki yashirin bo‘lishi mumkin. Ovoz berishning shakli va usuli to‘g‘risidagi qaror Senat tomonidan Senat majlisida hozir bo‘lgan cenatorlarning ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. 25-modda. Kelishuv komissiyasi Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Kelishuv komissiyasining har bir palatadan ko‘rsatilgan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qonunning Senat e’tiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni o‘zgartirish to‘g‘risida, agar bunday o‘zgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan bo‘lsa, qaror qabul qilishga haqli. Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi. Kelishuv komissiyasini tuzish tartibi, komissiyaning tarkibi va ishi Reglamentda belgilanadi. LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 8-noyabrdagi 152-I-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 3-dekabrdagi 112-I-sonli tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish Tartibi. 26-modda. Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqilgan qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda, qonun Qonunchilik palatasida odatdagi tartibda qayta ko‘rib chiqilishi lozim va u ma’qullash uchun Senatga yuboriladi. Agar Senat ilgari rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda uni kelishuv komissiyasining tahririda ma’qullamasa, qonun rad etilgan hisoblanadi va u Qonunchilik palatasiga qaytarilishi kerak. 27-modda. Qonunni imzolash va uni e’lon qilish Senat ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. 28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunning Senatda qayta ko‘rib chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash uchun Senatga qaytadan kiritilgan qonunni Senat ko‘rib chiqib, uni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak. V. YAKUNLOVChI QOIDALAR 29-modda. Senatni tarqatib yuborish Senat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida quyidagi hollarda tarqatib yuborilishi mumkin: Senat tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoki u bir necha marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda; Senat bilan Qonunchilik palatasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda. Senat tarqatib yuborilgan taqdirda uch oy mobaynida uning yangi tarkibi shakllantiriladi. Senat favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatilishi mumkin emas. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.02 Oliy Majlis Senati Reglamenti] 30-modda. Senat Reglamenti Senat, uning organlari va mansabdor shaxslari faoliyatining tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.06 Oliy Majlis Senati Devoni] 31-modda. Senat devoni Senat, uning organlari va senatorlar faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika ta’minotini Senat devoni amalga oshiradi. Senat devoni tuzilmasi, shtatlari, xodimlarining mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar Senat Raisi tomonidan tasdiqlanadi. Senat devoni xodimlarining mehnatga oid munosabatlari Senatning vakolati muddatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Senat devoni yuridik shaxs hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. Senat devonining tashkil etilishi va faoliyati tartibi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomda belgilanadi. (31-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) 32-modda. Senat faoliyatini moliyalashtirish Oldingi tahrirga qarang. Senat faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va ushbu budjetda alohida satrda nazarda tutiladi. (32-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 27-avgustdagi O‘RQ-557-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son) 33-modda. Senatning matbuot organlari Senat o‘z matbuot organlariga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 2002-yil 12-dekabr, 432–II-son (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 213-modda, 2003-y., 5-son, 67-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2014-y., 16-son, 177-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son) Download 74.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling