Okoz: 01. 00. 00. 00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01. 16. 00. 00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02. 05. 00. 00ga qarang); 02. 00. 00. 00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02. 05. 00
Download 77.91 Kb.
|
758-I 14.04.1999
[OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang); 2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (yig‘in)] [TSZ: 1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari] O‘zbekiston Respublikasining qonuni FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOShQARISh ORGANLARI TO‘G‘RISIDA (yangi tahriri) LexUZ sharhi Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan. 1-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi tushunchasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir. 2-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 3-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (vakillar yig‘ilishi) orqali amalga oshiradilar. Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bevosita hamda o‘zlarining saylab qo‘yiladigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi. 4-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: demokratizm; oshkoralik; ijtimoiy adolat; insonparvarlik; mahalliy ahamiyatga molik masalalarni echishda mustaqillik; jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam. 5-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududlari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining hududiy birliklaridir. Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, shuningdek ularning chegaralarini o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining tegishli organlari fikrini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang. Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va tugatish, shuningdek uning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashabbusiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 6-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratadilar, ularning ishlariga aralashishga yo‘l qo‘ymaydilar, fuqarolarga o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashadilar. Oldingi tahrirga qarang. 7-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig‘inlari (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak. (7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda) Oldingi tahrirga qarang. 8-modda. Fuqarolar yig‘ini Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga etgan shaxslar qatnashadilar. Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat: fuqarolar yig‘ini kengashi; fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar; fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi). Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang. Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida (vakillar yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi. (8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda) Oldingi tahrirga qarang. 9-modda. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizom Fuqarolar yig‘ini o‘zi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: fuqarolar yig‘inining nomi; fuqarolar yig‘inining hududi; fuqarolar yig‘ini va uning organlari vakolatlari; fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi; fuqarolar yig‘ini kengashini tuzish tartibi; fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, shuningdek fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash tartibi; fuqarolar yig‘ini komissiyalarini tuzish tartibi; fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) va rais maslahatchilarining vakolatlari; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi faoliyatining moliyaviy asosi; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda) 10-modda. Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inining vakolatlari Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini hamda shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hamda shahardagi mahalla fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega. Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini: fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislarini va a’zolarini saylaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi; LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang. fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasini hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma’muriy komissiyani saylaydi, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; belgilangan tartibda raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yig‘ini Kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini tayinlaydi; LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdoriy tarkibi hovlilar, uylar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar va dahalardan vakillikni hisobga olgan holda fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilanadi. kengash, taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi; fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi; qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek o‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga tavsiya etadi; xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; Oldingi tahrirga qarang. (10-moddaning ikkinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda) to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar beradi; yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yig‘inlarining hisobotlar to‘g‘risidagi bayonnomalari tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadilar, fuqarolarning murojaatlari bajarilishini nazorat qiladilar; atrof muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘larini shakllantiradi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi; obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish, umumiy foydalanishdagi joylarni ta’mirlash, shuningdek kam ta’minlangan oilalarning uylari va kvartiralarini ta’mirlashda yordam ko‘rsatish uchun aholidan ixtiyoriylik asosida mablag‘ yig‘ish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; obodonlashtirish ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari o‘tkazish uchun tegishli hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; o‘z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi; pul mablag‘lari sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi: atrof muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashadi; guzarlar barpo etishga doir masalalarni ko‘rib chiqadi; ma’muriy-hududiy birliklar va mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish, mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va boshqa obyektlarning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; er uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasiga o‘z vakilini yuboradi; Oldingi tahrirga qarang. xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga majburiy to‘lovlarni yig‘ish, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish yuzasidan tadbirlar o‘tkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uy-joylar va hovlilarni namunali saqlash yuzasidan ixtiyoriy ishlarni tashkil etishda ko‘maklashadi; (10-modda ikkinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-113-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 399-modda) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu moddada nazarda tutilgan vakolatlardan tashqari, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanilishini ta’minlaydi. LexUZ sharhi Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni amalga oshirish uchun budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni ajratish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha nazorat olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1161, 11.07.2002-y.), Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa to‘lashni moliyalash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1160, 11.07.2002-y.), Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1112, 14.03.2002-y.), Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1113, 14.03.2002-y.) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-sonli “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang. Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi, markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablag‘lardan qanday foydalanilayotganligi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi. [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari] 11-modda. Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘inining vakolatlari Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega. Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘ini: fuqarolar yig‘inining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislarini va a’zolarini saylaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi; raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yig‘ini Kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga muvofiq fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini tayinlaydi; qonunlarga rioya etilishi hamda boshqa qonun hujjatlari va o‘z qarorlari, shuningdek shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inining qarorlari ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; pul mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi, fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasini saylaydi, komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi, yilning har choragida uning hisobotlarini eshitadi; hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasini belgilangan tartibda tasdiqlaydi; kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanilishini ta’minlaydi; LexUZ sharhi Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni amalga oshirish uchun budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni ajratish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha nazorat olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1161, 11.07.2002-y.), Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa to‘lashni moliyalash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1160, 11.07.2002-y.), Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1112, 14.03.2002-y.), Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1113, 14.03.2002-y.) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-sonli “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang. qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari] 12-modda. Fuqarolar yig‘ini kengashining vakolatlari Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining Fuqarolar yig‘inlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislari va yig‘inning mas’ul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yig‘inining kengashi tuziladi. Fuqarolar yig‘inining kengashi: fuqarolar yig‘inini chaqiradi; fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazadi; fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasiga ko‘ra fuqarolar yig‘ini kengashining devonini shakllantiradi; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda fuqarolarni qabul qilishda, ular o‘z saylov uchastkalarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashadi; (12-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda) ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashadi; xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi; ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi; LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang. tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi; ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga nafaqalarni shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag‘laridan belgilangan tartibda tayinlaydi va to‘laydi; LexUZ sharhi Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomga (ro‘yxat raqami 1112, 14.03.2002-y.) qarang. boshqalarning parvarishi va yordamiga muhtoj keksa fuqarolarga shafelik (patronajlik) yordami shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘rsatilishiga ko‘maklashadi; mazkur hududda yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga ko‘maklashadi; LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan Kasanachilik to‘g‘risida Nizomga qarang. qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar, sartaroshxonalar, poyabzal ta’mirlash va tikish ustaxonalari, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu qaror keyinchalik fuqarolar yig‘inida tasdiqlanadi; aholining uylarni, hovlilardagi binolarni, hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va orasta saqlash, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, yo‘llar, ko‘priklar, ko‘chalar, yo‘lkalar, kommunal tarmoqlarni qurish, qayta qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash, tarix va madaniyat yodgorliklarini, qabristonlarni ta’mirlash ishlarida ixtiyoriylik asosida qatnashishlarini tashkil etadi, tuman, shahar hokimligi ajratadigan moddiy va boshqa mablag‘larni, o‘z mablag‘larini ana shu maqsadlarda ishlatadi, jamoatchilik yordamini (hasharlarni) uyushtiradi, ko‘riklar va tanlovlar o‘tkazadi; yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyasi hamda suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazadi: dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga ko‘maklashadi; tegishli hududdagi yerlarning foydalanilishi va muhofaza etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ishi, savdo va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish madaniyati qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi; tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida, voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi; aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi; yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga, jonivorlarni saqlashga oid veterinariya qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi: imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni orasta saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta’minlashda fuqarolarga ko‘maklashadi; Oldingi tahrirga qarang. aholidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida tushishiga ko‘maklashadi. (12-moddaning ikkinchi qismi yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda) Oldingi tahrirga qarang. fuqarolar kommunal xizmatlar haqini va majburiy badallarni bank muassasasi orqali hisob-kitob qilib, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashlarini kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘liq to‘lashini ta’minlaganligi uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tkaziladigan mablag‘larni belgilangan tartibda kam ta’minlangan oilalarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yordam berishga, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining xodimlarini rag‘batlantirishga, shuningdek obodonlashtirish ishlarini o‘tkazishga ishlatadi; (12-modda ikkinchi qismining yigirma beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-113-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 399-modda) LexUZ sharhi Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlagani uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (ro‘yxat raqami 1032, 17.05.2001-y.) qarang. fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etadi; aholini fuqarolik himoyasiga doir tadbirlarni o‘tkazishga jalb etadi, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqirilayotganliklaridan xabardor etishni va chaqirishni tashkil qilishga ko‘maklashadi, shuningdek shaharchalar, qishloqlar va ovullarda ularning shaxsiy-birlamchi hisobini yuritadi; Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida yarashtiruv komissiyasi tuzadi; “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbarini tayinlaydi va tuzilmaga a’zolar qabul qiladi; Oldingi tahrirga qarang. fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisini tayinlaydi; (12-moddaning ikkinchi qismi o‘ttizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda) (12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuniga asosan yigirma sakkizinchi — o‘ttizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda) jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy-mehnatga tiklash va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi; ilgari sudlangan hamda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boshqa shaxslarga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish uchun faxriylardan, xotin-qizlar va yoshlar, madaniyat va din vakillari jumlasidan komissiyalar tuzadi. Fuqarolar yig‘inining Kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari] 13-modda. Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlari Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli): fuqarolar yig‘inini chaqiradi; rais maslahatchilarining, mas’ul kotibning, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda ma’muriy komissiya raislari va a’zolarining nomzodlarini saylash uchun fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi; qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, fuqarolar yig‘ini va uning Kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolarning manfaatlarini ifodalaydi; fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi; egasiz mol-mulkni, shuningdek meros tariqasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tgan mol-mulkni saqlash chora-tadbirlarini ko‘radi; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi; kam ta’minlangan oilalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritadi; o‘z hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib borishni, shuningdek tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishga doir ishlarni tashkil etadi; Oldingi tahrirga qarang. voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi; (13-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 16-martdagi O‘RQ-153-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 16-son, 117-modda) Oldingi tahrirga qarang. ichki ishlar organlarining profilaktika bo‘yicha tegishli inspektori bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; yarashtiruv komissiyasida raislik qiladi; (13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuniga asosan o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda) tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qiladi; ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni uyushtiradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi; fuqarolarni qabul qiladi, ularning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadi; fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomalar hamda hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini ta’minlaydi; fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda tegishli organlarga taqdimnomalar kiritadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) belgilangan namunadagi guvohnomaga ega bo‘ladi. Oldingi tahrirga qarang. 14-modda. Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan o‘limni qayd etish va ishonchnomalarni tasdiqlash Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) o‘limni qayd etishni belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalariga qarang. Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) xat-xabarni, shu jumladan pul va jo‘natmani olish uchun, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarni olish uchun, mualliflar va ixtirochilarning haqlarini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olish uchun ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin. (14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda) 15-modda. Fuqarolar yig‘inining taftish va ma’muriy komissiyalari Taftish komissiyasi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Ma’muriy komissiya ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi. Taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdordir. Taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya o‘z faoliyatini fuqarolar yig‘ini tasdiqlaydigan nizomlar asosida amalga oshiradi. Taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 16-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari majburiyligi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududda yashovchi fuqarolar, shuningdek shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan yuridik shaxslar (ularning mansabdor shaxslari) tomonidan ijro etilishi shart. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari ularni qabul qilgan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bekor qilinishi yoki sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 17-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha respublika kengashi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashlari tuziladi. (17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda) 18-modda. Fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), yig‘in kengashi tomonidan zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, tuman, shahar hokimining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Fuqarolarning yig‘ini fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir. Fuqarolar yig‘inini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig‘inni fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Har bir yig‘inda yig‘in o‘tkazilgan sana, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan holda bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yig‘inining bayonnomasi va qarorini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va mas’ul kotibi imzolaydilar. Rais (oqsoqol) yo‘qligida, fuqarolar yig‘inining bayonnomasini raisning maslahatchilaridan biri va mas’ul kotib imzolaydi. Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishga hovlilar, uylar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar, dahalardan fuqarolarning namoyandalari vakil qilinadilar. Vakillik normasini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha tegishli tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashi belgilaydi. (18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda) Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda vakillarning kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir va bunday yig‘ilish ushbu Qonunda fuqarolar yig‘inlarini o‘tkazish tartibiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir. (18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda) 19-modda. Fuqarolar yig‘ini kengashining ish tartibi Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan, zaruratga qarab, lekin oyida kamida bir marta o‘tkaziladi. Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi, agar uning ishida Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror, agar uni fuqarolar yig‘ini kengashining hozir bo‘lgan a’zolaridan yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Fuqarolar yig‘ini kengashining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari] 20-modda. Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda, maslahatchilar esa fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimiga binoan saylanadi. Fuqarolar yig‘inining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang. (20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda) [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari] 21-modda. Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish Raisning (oqsoqolning) vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi: u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda; fuqarolar yig‘ini qaror qabul qilganda; u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda. 22-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etish Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Raisning maslahatchilari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasi bo‘yicha yig‘in tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar yig‘ini kengashi o‘z devoniga ega bo‘lishi mumkin, uning xodimlari soni yig‘in tomonidan belgilanadi. Yig‘inning mas’ul kotibi va kengash devoni xodimlari yig‘inni, kengash majlisini o‘tkazishga doir materiallarni tayyorlaydilar, yig‘inning, kengashning va raisning (oqsoqolning) qarorlari ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydilar, ish yuritilishini amalga oshiradilar. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), mas’ul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yig‘inining mablag‘lari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga ham ta’minlanishi mumkin. 23-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mulki Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qurilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy va boshqa maqsaddagi obyektlar, shuningdek transport vositalari, xo‘jalik anjomlari va boshqa ko‘char hamda ko‘chmas mulk ularning mulki hisoblanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z mulki bo‘lgan obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, belgilangan tartibda o‘z tasarrufidan chiqarishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ushbu mol-mulk bilan bog‘liq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir. 24-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi o‘z mablag‘laridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan budjet mablag‘laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag‘lardan tashkil topadi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moliyaviy mablag‘lari bank muassasasidagi mustaqil hisobvaraqda saqlanadi hamda belgilangan tartibda ular tomonidan mustaqil foydalaniladi va bu mablag‘larning olib qo‘yilishi mumkin emas. Fuqarolar yig‘inining kengashi moliyaviy mablag‘lardan foydalanilganligi to‘g‘risida yilning har choragida fuqarolar yig‘ini oldida hisob beradi. 25-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hisobi va hisoboti Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z faoliyatining hisobini yuritadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy statistika va soliq organlariga hisobot taqdim etadi. 26-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlarini ko‘rib chiqishning shartligi Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qonunda belgilangan muddatda ko‘rib chiqilishi shart. 27-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish ma’muriy-hududiy birliklar, shuningdek mahalla qo‘shilganda, bo‘linganda, tugatilganda fuqarolar yig‘inining qaroriga binoan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang. 28-modda. Nizolarni hal etish Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan hal etiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishga doir Fuqarolarning huquqlarini buzgan davlat organlari va boshqa organlarning, shuningdek mansabdor shaxslarning harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilishga haqlidir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin. 29-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1999-yil 14-aprel, 758-I-son (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 110-modda; 2003-y., 9–10-son, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2007-y., 39-son, 399-modda; 2008-y., 16-son, 117-modda; 52-son, 513-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda) Download 77.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling