Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat tomonidan olinishi


Download 0.84 Mb.
bet19/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

22-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat tomonidan olinishi

Jamiyat o‘zining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olishga haqli emas, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushidan (ulushining bir qismidan) uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish taqiqlangan bo‘lsa, jamiyatning boshqa ishtirokchilari esa uni olishni rad etsa, shuningdek ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs foydasiga voz kechish rad etilgan taqdirda, agar bunday rozilikni olish zarurligi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga qarashli ulushni (ulushning bir qismini) olishga majbur. Bunda jamiyat o‘zining ishtirokchisiga bu ulushning (ulush bir qismining) jamiyatning ishtirokchisi shunday talab bilan murojaat etgan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.

Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini o‘z muddatida to‘liq miqdorda qo‘shmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi, shuningdek ushbu Qonun 15-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan pul tovonini muddatida taqdim etmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat ishtirokchisiga ulushning (mol-mulk jamiyat foydalanishida bo‘lgan muddatga) u qo‘shgan hissaning qismiga mutanosib ravishdagi qismining haqiqiy qiymatini jamiyat to‘lashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishga majbur. Ulush bir qismining haqiqiy qiymati hissani qo‘shish yoki tovonni taqdim etishning muddati o‘tadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

Jamiyatning ustavida ulushning hissaning to‘lanmagan qismiga yoki pul tovoni summasiga (qiymatiga) mutanosib qismi jamiyatga o‘tishi nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Qonunning 20-moddasi o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning ishtirokchilari ulushning o‘tishi yoki taqsimlanishiga rozilik berishni rad etsalar, agar jamiyatning ustaviga muvofiq bunday rozilik olinishi zarur bo‘lsa, ulush jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat vafot etgan jamiyat ishtirokchisining merosxo‘rlariga, qayta tashkil etilgan jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning huquqiy vorislariga yoki jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilariga tegishincha vafot qilish, qayta tashkil etilish yoki tugatilish kunidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan ulushning haqiqiy qiymatini to‘lashi yoxud ularning roziligi bilan ularga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.



(22-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan to‘langan taqdirda, ulush haqiqiy qiymatining jamiyat boshqa ishtirokchilari tomonidan to‘lanmagan qismi jamiyatga o‘tadi, ulushning qolgan qismi jamiyatning ishtirokchilari o‘rtasida ular qo‘shgan to‘lovga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatning ishtirokchisi u jamiyat tomonidan olinishi to‘g‘risida talabnoma taqdim etgan yoki hissani qo‘shish muddati o‘tgan yoxud tovon berilgan yoki ishtirokchini jamiyatdan chiqarish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan yoki jamiyatning istalgan ishtirokchisi ulushning jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan jismoniy shaxslarning merosxo‘rlariga (yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga) o‘tishiga yoxud uning jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishiga rozilik berishni rad etgan yoki jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan jamiyat tomonidan to‘langan paytdan e’tiboran jamiyatga o‘tadi.

Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga o‘tgan paytdan e’tiboran bir yil ichida, agar jamiyatning ustavida kamroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.

Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori o‘rtasidagi farq hisobidan to‘lanadi. Agar bunday farq yetarli bo‘lmasa, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) yetishmayotgan summaga kamaytirishi shart.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling