Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash


Download 0.84 Mb.
bet22/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

25-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash

Jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta o‘zining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash to‘g‘risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat foydasining uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash uchun mo‘ljallangan qismi (dividendlar) ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.



(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi. Bunda dividendlarni to‘lash muddati jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida foydani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.

(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling