Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi


Download 0.84 Mb.
bet30/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

34-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ushbu Qonunda, jamiyatning ustavida va uning hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi ushbu Qonun, jamiyatning ustavi va hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismida jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishga haqlidirlar. Jamiyat ishtirokchilarining vakillari o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni (ishonchnomani) ko‘rsatishlari lozim. Jamiyat ishtirokchisining vakiliga berilgan ishonchnoma qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

 LexUZ sharhi



Ishonchnoma berish va rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi va “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-bobiga qarang.

Jamiyatning ishtirokchilari yoki ularning vakillari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz berish huquqiga egadirlar. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilarining ko‘rsatib o‘tilgan huquqlarini cheklovchi ta’sis hujjatlarining qoidalari yoki jamiyat organlarining qarorlari haqiqiy emas.

Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jamiyatni ta’sis etish paytida jamiyatning ustaviga binoan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan jamiyat ishtirokchilari ovozlarining sonini aniqlashning boshqacha tartibi belgilab qo‘yilishi mumkin. Jamiyat ustavining bunday tartibni belgilab qo‘yuvchi qoidalarini o‘zgartirish va chiqarib tashlash jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.

Jamiyatning ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchisi (jamiyat ishtirokchisining vakili) ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtda yoki, agar jamiyatning barcha ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, oldinroq ochiladi.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ushbu Qonun 33-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga muvofiq jamiyat ishtirokchilariga xabar qilingan kun tartibidagi masalalar bo‘yichagina qarorlar qabul qilishga haqli, mazkur umumiy yig‘ilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari qatnashayotgan hollar bundan mustasno.

Ushbu Qonun 30-moddasining ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan, shuningdek jamiyatning ustavida belgilangan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar, agar shunday qarorni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida ko‘proq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Qonun 30-moddasi ikkinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan masala yuzasidan qarorlar jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Qolgan qarorlar, agar bunday qarorlarni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida ko‘proq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.



(34-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorlari, agar jamiyatning ustavida qarorlarni qabul qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.

Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining bayonnomasi yuritilishini tashkil etadi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling