Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirish tartibi


Download 0.84 Mb.
bet29/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

33-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirish tartibi

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni o‘tkazishdan kamida o‘ttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining ro‘yxatida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart.

Xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi ko‘rsatilishi kerak.

Jamiyatning istalgan ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga qo‘shimcha masalalarni kiritish to‘g‘risida uni o‘tkazishdan kamida o‘n besh kun oldin takliflar kiritishga haqlidir. Qo‘shimcha masalalar, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jumlasiga kirmaydigan masalalarni istisno etganda, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritiladi.

Jamiyat ishtiroqchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar jamiyat ishtiroqchilari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan qo‘shimcha masalalar ta’rifiga o‘zgartirish kiritishga haqli emaslar.

Agar jamiyat ishtirokchilarining taklifiga binoan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining dastlabki kun tartibiga o‘zgartishlar kiritiladigan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n kun oldin ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan usulda kun tartibiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida jamiyatning barcha ishtirokchilarini xabardor qilishlari shart.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida jamiyat ishtirokchilariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot va materiallar jumlasiga quyidagilar kiradi:

jamiyatning yillik hisoboti;

jamiyatning yillik hisobotlari va yillik buxgalteriya balanslarini tekshirish natijalari bo‘yicha jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosasi;

moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi;

jamiyatning ijro etuvchi organlariga, jamiyatning kuzatuv kengashiga va jamiyatning taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzod (nomzodlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa axborot (materiallar).

Agar jamiyat ustavida jamiyatning ishtirokchilarini axborot va materiallar bilan tanishtirishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar ularga axborot va materiallarni jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birgalikda yuborishi shart, kun tartibi o‘zgartirilgan taqdirda, tegishli axborot va materiallar ana shunday o‘zgartish to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birgalikda yuboriladi. Ko‘rsatilgan axborot va materiallar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishidan oldin o‘ttiz kun mobaynida jamiyat ijro etuvchi organining binosida tanishish uchun jamiyatning barcha ishtirokchilariga taqdim etilishi kerak. Jamiyatning ustavida ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilganidan qisqaroq muddatlar nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirishning ushbu moddada belgilangan tartibi buzilgan taqdirda, agar bunday umumiy yig‘ilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari ishtirok etayotgan bo‘lsa, u vakolatli deb e’tirof etiladi.




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling