Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


Download 0.84 Mb.
bet37/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

42-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi organi a’zolarining javobgarligi

Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini ko‘zlab halol va oqilona harakat qilishlari kerak.

Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari unga o‘zlarining aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun, agar qonunlarda boshqa asoslar va javobgarlik miqdorlari ko‘rsatilgan bo‘lmasa, jamiyat oldida javobgar bo‘ladilar. Bunda jamiyatga zarar yetkazilishiga olib kelgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining a’zolari javobgar bo‘lmaydilar.

Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi organi a’zolarining javobgarligi asoslari va miqdorini aniqlashda ish muomalasi odatlari va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlar e’tiborga olinmog‘i lozim.

Agar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar bo‘ladi.

Jamiyat yoki uning ishtirokchisi jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zosi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat etishga haqlidir.




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling