Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


-modda. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi


Download 0.84 Mb.
bet34/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

39-modda. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi uning ishtirokchilari bo‘lmaganlar orasidan ham saylanishi mumkin.

Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs o‘rtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs saylangan umumiy yig‘ilishdagi raislik qiluvchi shaxs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi sifatida faqat jismoniy shaxs ish yuritishi mumkin.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi:

jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;

jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;

jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qo‘llaydi;

ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining faoliyati va uning tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan, shuningdek jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling