Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


-modda. Jamiyatlarni qo‘shib yuborish


Download 0.84 Mb.
bet45/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

50-modda. Jamiyatlarni qo‘shib yuborish

O‘z faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini o‘tkazish yo‘li bilan yangi jamiyatni tashkil etish jamiyatlarning qo‘shib yuborilishi deb e’tirof etiladi.

Qo‘shib yuborish shaklidagi qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ana shunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, qo‘shib yuborish shartnomasini va qo‘shib yuborish natijasida tuzilayotgan jamiyatning ustavini tasdiqlash to‘g‘risida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

Qo‘shib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolangan qo‘shib yuborish to‘g‘risidagi shartnoma ustav bilan birgalikda uning ta’sis hujjati hisoblanadi hamda u O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va ushbu Qonun bilan ta’sis shartnomasiga qo‘yiladigan barcha talablarga mos bo‘lishi kerak.

Qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan ana shunday qayta tashkil etish to‘g‘risida va qo‘shib yuborish shartnomasini, qo‘shib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning ustavini va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda, qo‘shib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylash qo‘shib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar ishtirokchilarining qo‘shma umumiy yig‘ilishida amalga oshiriladi. Bunday umumiy yig‘ilishni o‘tkazish muddatlari va tartibi qo‘shib yuborish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.

Jamiyatlar qo‘shib yuborilganda ulardan har birining barcha huquqlari va majburiyatlari topshirish dalolatnomalariga muvofiq qo‘shib yuborish natijasida tashkil etilgan jamiyatga o‘tadi.

 LexUZ sharhi

Topshirish dalolatnomalarini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51-moddasida belgilangan.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling