Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


VII BOB. JAMIYATNI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh


Download 0.84 Mb.
bet44/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

VII BOB. JAMIYATNI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh

49-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyat ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi mumkin.

Jamiyatni qayta tashkil etish qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish va qayta tuzish shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Jamiyat, birlashtirish shaklidagi qayta tashkil etish hollarini istisno etganda, qayta tashkil etish natijasida tuziladigan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Jamiyat unga boshqa jamiyatni birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda ulardan birinchisi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga birlashtirilgan jamiyat faoliyati tugatilgani haqida yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritish, shuningdek ustavga kiritilgan o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran, jamiyat qo‘shib yuborish yoki birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda esa bu haqda qo‘shilishda yoki birlashtirishda ishtirok etayotgan jamiyatlardan oxirgisi tomonidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyat bu haqda jamiyatning o‘ziga ma’lum barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi va qabul qilingan qaror haqida ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnomalar yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qaror qabul qilingani to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki bajarilishini va ko‘rgan zararlarining o‘rni qoplanishini yozma ravishda talab qilishga haqlidir.

Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritish ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda kreditorlar xabardor qilinganligining dalillari taqdim etilgan taqdirdagina amalga oshiriladi.




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling