Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlash


Download 0.84 Mb.
bet43/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

48-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlash

Jamiyat, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, quyidagi hujjatlarni ustavda belgilangan muddat mobaynida saqlashi shart:

jamiyatning ta’sis hujjatlari, shuningdek jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar;

jamiyat muassislari yig‘ilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni, shuningdek jamiyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa qarorlarni o‘z ichiga olgan bayonnomasi;

jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;

jamiyatning o‘z balansida turgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

jamiyatning filiallari va vakolatxonalari to‘g‘risidagi nizomlar;

Oldingi tahrirga qarang.



(48-modda birinchi qismi yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)

jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;

jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalari;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

Jamiyat ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni o‘zining ijro etuvchi organi joylashgan yerda yoki jamiyat ishtirokchilariga ma’lum bo‘lgan va ular uchun qulay bo‘lgan boshqa joyda saqlaydi.

[OKOZ:



1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling