Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


Download 0.84 Mb.
bet46/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

51-modda. Jamiyatni birlashtirish

Bir yoki bir necha jamiyatni ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni birlashtirish deb e’tirof etiladi.

Birlashtirish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, birlashtirish to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi, birlashtirilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi esa, topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida ham qaror qabul qiladi.

Birlashtirishda ishtirok etuvchi jamiyatlar ishtirokchilarining qo‘shma umumiy yig‘ilishi birlashtirilayotgan jamiyatning ta’sis hujjatlariga jamiyatning ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishi, ularning ulushlari miqdorlarini belgilash bilan bog‘liq o‘zgartishlarni, birlashtirish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa o‘zgartishlarni kiritadi, shuningdek zarurat bo‘lganda boshqa masalalarni, shu jumladan birlashtirilayotgan jamiyatning organlarini saylash to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi. Bunday umumiy yig‘ilishni o‘tkazish muddatlari va tartibi birlashtirish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.

Bir jamiyat boshqasiga birlashtirilganda topshirish dalolatnomasiga muvofiq birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari birlashtirib olayotgan jamiyatga o‘tadi.

 LexUZ sharhi



Topshirish dalolatnomalarini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51-moddasida belgilangan.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling