Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


Download 0.84 Mb.
bet47/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

52-modda. Jamiyatni bo‘lish

Jamiyatni uning barcha huquqlari va majburiyatlarini yangitdan tashkil etilgan jamiyatlarga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni bo‘lish deb e’tirof etiladi.

Bo‘lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, jamiyatni bo‘lish tartibi va shartlari to‘g‘risida, yangi jamiyatlarni tashkil etish va bo‘lish balansini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Bo‘lish natijasida tuzilayotgan har bir jamiyatning ishtirokchilari ta’sis shartnomasini imzolaydilar. Bo‘lish natijasida tashkil etilayotgan har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyatning ustavini tasdiqlaydi va uning organlarini saylaydi.

Jamiyat bo‘linganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘lish balansiga muvofiq bo‘lish natijasida tashkil etilgan jamiyatlarga o‘tadi.

Agar bo‘lish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar.

 LexUZ sharhi

Bo‘lish balansini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51-moddasida belgilangan.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling