Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


Download 0.84 Mb.
bet50/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

55-modda. Jamiyatni tugatish

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat ushbu Qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin. Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.

(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab bo‘ladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish hamda tugatuvchini tayinlash to‘g‘risidagi qarori jamiyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi organining yoki ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi.



(55-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni tugatish va yuridik shaxslarni tugatuvchini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

(55-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar tugatuvchiga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.

(55-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra jamiyatni tugatish ushbu jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida uning faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda tugatuvchi tayinlanmaydi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan jamiyatni tugatishda tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi organning vakili kiritiladi.

(55-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

Jamiyatni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorigaqarang.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling