Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


Download 0.84 Mb.
bet39/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

44-modda. Yirik bitimlar

Agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan bo‘lmasa, bunday bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan bitim yoki o‘zaro bog‘liq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi. Jamiyatning odatdagi xo‘jalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar deb e’tirof etilmaydi.

Ushbu moddaning maqsadlari uchun yirik bitim natijasida jamiyatning tasarrufidan chiqariladigan mol-mulkning qiymati uning buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida, jamiyat oladigan mol-mulkning qiymati esa – taklif qilingan baho asosida aniqlanadi.

Yirik bitimni tuzish to‘g‘risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.

Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, qiymati jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma beshdan to ellik foizigachasini tashkil etadigan mol-mulkni olish, tasarrufdan chiqarish yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan yirik bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish jamiyatning ustaviga binoan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatiga kiritilishi mumkin. Bunda kuzatuv kengashining aybi bilan yirik bitim tuzilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun jamiyatning kuzatuv kengashi umumiy yig‘ilish oldida javobgar bo‘ladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da’vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling