Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari


Download 0.84 Mb.
bet26/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

30-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini o‘zgartirish;

ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;

jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;

jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish;

jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);

Oldingi tahrirga qarang.

(30-modda ikkinchi qismi o‘n birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)

auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini aniqlash;

boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash;



(30-modda ikkinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, uning tomonidan jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun, shuningdek jamiyatning ijro etuvchi organi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling