Okoz: 05. 00. 00. 00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05. 07. 00. 00 Mehnatni muhofaza qilish / 05. 07. 01. 00 Umumiy masalalar] [tsz


Download 97.98 Kb.
bet3/3
Sana20.11.2020
Hajmi97.98 Kb.
#148285
1   2   3
Bog'liq
O‘RQ-410 22.09.2016

OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;

2.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]

30-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashdagi ishtiroki

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etishi, mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashda ishtirok etuvchi davlat organlariga va boshqa organlarga ko‘maklashishi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.

31-modda. Kasaba uyushmalarining, xodimlar boshqa vakillik organlarining mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi huquqlari

Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza qilish sohasida vakillikni, shuningdek xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi.

Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:

tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat sharoitlari va muhofazasi to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari haqida axborot olish;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etish;

xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib turish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ish beruvchiga takliflar kiritish;

mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;

ishlab chiqarish obyektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinash hamda foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida mustaqil ekspert sifatida ishtirok etish, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish;

mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat qilish;

mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun hamda xodimlarning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishiga bo‘lgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda xodimning huquqlarini himoya qilib sudga murojaat etish;

mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalarida va kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi, shuningdek mehnat sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxsga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqti ajratiladi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshiradi, bosh kelishuvlar, tarmoq va hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari tuzishi mumkin.

Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

32-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlik

Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va yetkazib berganlik iste’molchilarga yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishiga sabab bo‘ladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1017 — 1020-moddalari.

O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan ishlab chiqarish vositalarini, shaxsiy himoya vositalarini va jamoaviy himoya vositalarini, shu jumladan chet ellardan olingan shunday vositalarni sotish, tarqatish va reklama qilish taqiqlanadi hamda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.01 Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.06.00 Ish beruvchi tomonidan xodimga shikast yetkazilishi natijasidagi zararni to‘lash]

33-modda. Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ish beruvchi xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli uning hayoti va sog‘lig‘iga o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplashi shart.

Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash jabrlanuvchining mehnatda mayib bo‘lishiga qadar bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan jabrlanuvchi tomonidan kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi har oylik to‘lovdan, shuningdek xodimning bir yillik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovidan hamda xodimning sog‘lig‘i shikastlanishidan kelib chiqqan qo‘shimcha xarajatlarni (agar u davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj deb topilgan bo‘lsa, ushbu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek jabrlanuvchining qayta tayyorgarligi va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishi uchun xarajatlar va boshqa xarajatlar) kompensatsiya qilishdan iboratdir.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida xodim vafot etgan taqdirda, zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga boquvchining vafoti bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har oylik to‘lovlar amalga oshiriladi, shuningdek vafot etgan xodimning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi va dafn etish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Voyaga yetmagan xodimning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda zararning o‘rnini qoplash uning avvalgi ish haqidan kelib chiqqan holda, ammo qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.



(33-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187 — 197-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari”.

[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]

34-modda. Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda qoplash

Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha tegishli to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida bo‘ladi. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talablar ham unga taqdim etiladi.

Xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan, qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning mablag‘lari mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda tegishli summalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. Mazkur summalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham davlat tomonidan to‘lanadi.

Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda tegishli to‘lovlar ularni jabrlanuvchiga to‘lash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kapitallashtirilishi kerak.

Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki mavjud bo‘lmaganligi yoki yetarli bo‘lmaganligi sababli to‘lovlarni kapitallashtirish mumkin bo‘lmagan hollarda tegishli summalar jabrlanuvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi.

35-modda. Nizolarni hal etish

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.12.00.00 Mehnatga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat. Mehnatga oid qonun hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik / 05.12.02.00 Mehnat qonun hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik]

36-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 38-son, 441-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 97.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling