Okoz: 08. 00. 00. 00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08. 01. 00. 00 Uy-joy fondi / 08. 01. 01. 00 Umumiy masalalar] [tsz


Download 365.19 Kb.
bet2/8
Sana27.05.2020
Hajmi365.19 Kb.
#110674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
24.12.1998

OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.03.00 Xususiy uy-joy fondi / 08.01.03.01 Fuqarolarning mulkidagi uy-joy fondi (yakka tartibdagi uy-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan va sotib olingan kvartiralar, Uy-joy qurilishi kooperativi va Uy-joy kooperativiga qarashli uylardagi kvartiralar);

2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.03.00 Xususiy uy-joy fondi / 08.01.03.02 Nodavlat yuridik shaxslar mulkidagi uy-joy fondi]

3-bob. UMUMIY QOIDALAR

22-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarning turar joyni xususiy mulk qilib olishi asoslari

Fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagi yo‘llar bilan turar joyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega:

yakka tartibda uy-joy qurish;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 26-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida”gi nizom.

yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish;

uy-joy obligatsiyalarini olish;

uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 96, 97, 99, 102-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining to‘rtinchi qismi.

oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 29-bobining 1 (“Oldi-sotdi to‘g‘risida umumiy qoidalar”), 7-paragraflari (“Ko‘chmas mulkni sotish”), 30 (“Ayirboshlash”) va 31-boblari (“Hadya”).

umrbod ta’minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33-bobi (“Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish”).

meros olish;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V bo‘limi (“Vorislik huquqi”).

qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-5, 7, 8, 16 — 22-moddalari.

Fuqarolar va yuridik shaxslar turar joylarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan ham xususiy mulk qilib olishlari mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 182, 187-moddalari, 210-moddasining uchinchi — to‘rtinchi qismlari, 556-moddasi.

23-modda. Fuqarolarga va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylardan foydalanish

Xususiy mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan fuqarolar ulardan o‘zlari va oila a’zolari yashashi uchun foydalanadilar. Ular uyiga, kvartirasiga boshqa fuqarolarni ko‘chirib kiritishga, shuningdek turar joylarni ushbu Kodeksda hamda o‘zga qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ijaraga berish shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga yashash uchun berishga haqlidirlar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 600-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 5-bandi.

Mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan fuqarolar ulardan boshqa fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 172-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasining 5-bandi.

Mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan yuridik shaxslar ularni ijaraga, arendaga berishga hamda ulardan uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 34-bobining 1 (“Umumiy qoidalar”), 4-paragraflari (“Binolar va inshootlar ijarasi”), 35-bobi (“Uy-joy ijarasi”).

Oldingi tahrirga qarang.

Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi.



(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

24-modda. Uy, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari



Uy, kvartira mulkdori xususiy uy-joy fondini boshqarishda ishtirok etish, uyning texnik holati masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish, uy, kvartiraga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash usulini tanlash huquqiga egadir.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”ning 10-bandi.

Uy, kvartira mulkdori uy, kvartiraning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini ta’minlashi, ularni o‘z hisobidan joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi shart.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori o‘ziga qarashli joyga ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar yoki avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, uning borligida kirishlarini ta’minlashi shart.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori avariya holati yuzaga kelgan taqdirda, avariyani bartaraf etish uchun tegishli avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari o‘ziga qarashli joyga kirishlarini darhol ta’minlashi shart. Kvartira mulkdori yo‘qligida avariyani bartaraf etish uchun bu joyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli avariya-ta’mirlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”ning 11, 13, 14, 16, 28, 31, 36-bandlari.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga qarashli joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi hamda bu joyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 160-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari” 28-bandining birinchi, o‘n ikkinchi xatboshilari.

(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)

[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.07.00 Uy-joy ijarasi (shuningdek, 08.02.02.00 ga qarang);

2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash);

3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.03.00 Uy-joy binosini ijaraga olish]

25-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralardagi turar joylarni ijaraga, arendaga berish

Uy, kvartira mulkdori o‘zi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila a’zolarining roziligi bilan yoki yuridik shaxsning vakolatli organi qaroriga binoan uyni, kvartirani yoxud ularning bir qismini fuqarolarga va yuridik shaxslarga ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 535, 538, 600-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 5-bandi.

Taraflarning huquq va majburiyatlari, ijara yoki arenda shartnomasi tuzilayotgan muddat, to‘lov haqi miqdori va boshqa shartlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 540 — 542, 544, 547, 553 — 556, 578, 600 — 616-moddalari.

Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro‘yxatdan o‘tkazilishi) lozim.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84, 574, 603-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I (“Umumiy qoidalar”), II (“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni axborot tizimi kompleksidan foydalanib “bir oyna” prinsipi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”), IV bo‘limlari (“Binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”).

Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks qoidalari qo‘llaniladi. Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasining ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan munosabatlari fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 34-bobining 1 (“Umumiy qoidalar”), 4-paragraflari (“Binolar va inshootlar ijarasi”), 35-bobi (“Uy-joy ijarasi”).

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.06.00 Uy-joy binolarini almashtirish]

26-modda. Turar joyni almashtirish

Mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan fuqarolar barcha voyaga yetgan oila a’zolarining, shu jumladan vaqtincha bo‘lmagan oila a’zolarining yozma roziligiga binoan o‘zlari egallab turgan turar joyni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativining a’zosi bilan, shu jumladan boshqa aholi punktida yashayotganlar bilan almashtirishga haqlidirlar. Bunda oilaning voyaga yetmagan a’zolari roziligi ota-onalar tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa – vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan yuridik shaxslar uni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativi a’zosi bilan almashtirishga haqlidirlar.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 105, 115-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-bobi (“Ayirboshlash”).

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish bo‘yicha bitimlar. Uy-joyni berish.]

27-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uyi (kvartirasi) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolarni turar joy bilan ta’minlash

Oldingi tahrirga qarang.

Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda esa, bu farq uy-joy berilgan yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquq berilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim.



(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning II bo‘limi (“Yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan buziladigan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar, ko‘chiriladigan daraxtlar uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga to‘lov miqdorini hisoblash tartibi”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 8-bandi.

Buzilayotgan uylar o‘rniga turar joyni mulk qilib berish va uylar, boshqa imoratlar, inshootlar hamda dov-daraxtlar qiymatini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 206-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning III bo‘limi (“Buzilayotgan uylar egalariga turar joylar berish tartibi va shartlari”).

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish bo‘yicha bitimlar. Uy-joyni berish.]

28-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilganda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish

Oldingi tahrirga qarang.

Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi. Bunda yer uchastkasini o‘zlashtirish davriga uch yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylarning (kvartiralarning), imoratlarning, inshootlarning va ko‘chirib tashlangan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bozor qiymatlari o‘rtasidagi farqlar to‘liq hajmda qoplanadi.



(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 27-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom 8-bandining birinchi, to‘rtinchi xatboshilari, II (“Yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan buziladigan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar, ko‘chiriladigan daraxtlar uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga to‘lov miqdorini hisoblash tartibi”), IV bo‘limlari (“Fuqarolarga buziladigan uy (kvartira) o‘rniga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish tartibi va shartlari”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida”gi nizomning II (“Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari berish”), III bo‘limlari (“Yer uchastkalari berishda fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibi”).

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish bo‘yicha bitimlar. Uy-joyni berish.]

29-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni yuridik shaxslarga qoplash

Yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi olib qo‘yilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yetkazilgan boshqa zararlar o‘rni qoplanadi yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zarar to‘laligicha qoplanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom 8-bandining birinchi, oltinchi xatboshilari, V bo‘limi (“Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni yuridik shaxslarga qoplash tartibi”).

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish bo‘yicha bitimlar. Uy-joyni berish.]

30-modda. Buzilishi lozim bo‘lgan uylar, imoratlar va inshootlarning ko‘chirilishi

Fuqarolar va yuridik shaxslarning xohishiga ko‘ra ularga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, buzilishi lozim bo‘lgan uylar, imoratlar hamda inshootlar ko‘chirilishi va yangi joyda tiklanishi mumkin.

Uylar, imoratlar va inshootlarni ko‘chirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom 8-bandining birinchi, yettinchi xatboshilari, VI bo‘limi (“Buzilishi lozim bo‘lgan uylar, imoratlar va inshootlar ko‘chirilgan va yangi joyda tiklangan holda hisob-kitob qilish tartibi va shartlari”).

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish bo‘yicha bitimlar. Uy-joyni berish.]

31-modda. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar barpo etish

Oldingi tahrirga qarang.

Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun ularning tanlovi bo‘yicha yangi joyda teng qimmatli uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda ko‘chirib tashlanayotgan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda berilayotgan va olib qo‘yilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bozor qiymatlari o‘rtasidagi farq pul bilan to‘liq hajmda qoplanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, VII bo‘limi (“Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar barpo etilganda hisob-kitob qilish tartibi va shartlari”).

(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

4-bob. TURAR JOY MULKDORI OILA A’ZOLARINING, IJARAGA VA ARENDAGA OLUVChILARNING TURAR JOYDAN FOYDALANIShI

32-modda. Mulkdor oila a’zolarining, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari

Uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko‘chirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a’zolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164, 207-moddalari, 18-bobi (“Umumiy mulk”), O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 5 (“Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari”), 6 (“Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi”), 13-boblari (“Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari”).

Oldingi tahrirga qarang.

Turar joy mulkdorining oila a’zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsa, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zolari deb tan olinishi mumkin.



(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)

Mehnatga qobiliyatsiz boqimandalar, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan fuqarolar, agar ular mulkdor bilan umumiy xo‘jalik yuritayotgan va uning turar joyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsalar, uning oila a’zosi deb topilishlari mumkin.

Mulkdorning voyaga yetmagan oila a’zolari yashayotgan turar joyni, ularning ota-onasi bo‘lmagan taqdirda, vasiylik va homiylik organining roziligi bilan boshqa shaxsga berish mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasining to‘rtinchi qismi.

Xususiylashtirilgan kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila a’zolari va uy-joyning xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar ham ularning umumiy mulki bo‘lmish xususiylashtirilgan kvartira yoki uyga nisbatan qonunda belgilangan tartibda teng huquqlarga ega bo‘ladilar va teng majburiyatlarni bajaradilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 18-bobi (“Umumiy mulk”), O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23, 24, 92-moddalari.

Oldingi tahrirga qarang.

Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila a’zolarining va kvartirani yoki uyni xususiylashtirish uchun rozilik bergan shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga yetmagan oila a’zolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular bo‘lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organlari ifodalaydi.



(32-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Xususiylashtirilgan bir kvartira yoki uyda turar joy mulkdorlari yashay olmaydigan holda, sudning qaroriga binoan mulkdorlardan biri ko‘chirilib, boshqasining zimmasiga kvartira yoki uyning tegishli qismi uchun ko‘chirilgan mulkdorga sud ishni ko‘rib chiqqan kundagi bozor bahosida pulini to‘lash yoki uning umumiy mulkdagi ulushiga mos keladigan boshqa turar joyni sotib olib berish majburiyati yuklanishi mumkin.

Uy yoki kvartiraning mulkdori, uning oila a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va sobiq oila a’zosi o‘rtasidagi turar joydan foydalanish hamda qilingan xarajatlardagi ulush miqdori haqidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 17-bandi.

33-modda. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joyni ijaraga, arendaga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga, arendaga oluvchining huquqlari

Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uydan, kvartiradan turar joyni ijaraga, arendaga oluvchi o‘zi ijaraga, arendaga olgan xonaga uy, kvartira mulkdorining roziligidan qat’i nazar, voyaga yetmagan farzandlarini, agar u alohida xonani egallayotgan bo‘lsa va ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shuningdek eri (xotini) va mehnatga qobiliyatsiz voyaga yetgan farzandlari hamda ota-onasini ko‘chirib kiritish huquqiga ega. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uy, kvartiradagi turar joyni ijaraga, arendaga oluvchi bilan birga yashayotgan oila a’zolari ijaraga yoki arendaga berish shartnomasidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga ijaraga, arendaga oluvchining o‘zi bilan teng ravishda ega bo‘ladilar.

Boshqa fuqarolarni faqat uy mulkdorining roziligi bilan ko‘chirib kiritish mumkin va ijaraga, arendaga oluvchi tomonidan o‘z oila a’zosi sifatida ko‘chirib kiritilgan ushbu fuqarolar, agar ko‘chirib kiritishda ular o‘rtasida boshqacha kelishuv bo‘lmagan bo‘lsa, ijaraga, arendaga oluvchi hamda uning boshqa oila a’zolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqqa ega bo‘ladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”ning 6-bandi.

Ijaraga, arendaga oluvchi ijaraga, arendaga beruvchining (mulkdorning) roziligi bilan egallab turgan turar joyini almashtirishga haqlidir. Ijaraga beruvchi — fuqaroning rad javobi ustidan nizolashib bo‘lmaydi. Ijaraga beruvchi — yuridik shaxsning rad javobi ustidan sud tartibida nizolashish mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”).

Turar joyni ijaraga yoki arendaga berish shartnomasini bekor qilish ushbu Kodeksning 69 va 93-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi (“Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish”), 551, 552, 615-moddalari.

34-modda. Turar joyni ijaraga, arendaga berish haqi

Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joyni ijaraga, arendaga berish haqi taraflar kelishuviga binoan shartnomada belgilanib qo‘yiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 544, 577, 611-moddalari.

III BO‘LIM. DAVLAT UY-JOY FONDI

5-bob. UMUMIY QOIDALAR

35-modda. Davlat uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi

Davlat uy-joy fondining (bundan buyon matnda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi deb yuritiladi) uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf – turar joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi) boshqa taraf (ijaraga oluvchi)ga turar joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi. Ijara shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlar belgilab qo‘yiladi. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shartnomada ana shunday ko‘rsatmalar bo‘lmagan taqdirda, bunday shaxslarni ko‘chirib kiritish fuqarolik qonun hujjatlarida va ushbu Kodeksning 51-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 600, 601-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 13, 14-bandlari.

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondining va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi doimiy yashash uchun yaroqli bo‘lgan alohida turar joy (uy, kvartira) turar joyni ijaraga berish shartnomasi obyekti bo‘ladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 602-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 16-bandi.

Xonaning bir qismi yoki bitta umumiy kirish joyi orqali boshqa xona bilan bog‘langan xona (tutash xonalar), shuningdek yordamchi xonalar (oshxona, yo‘lak, hujra va shu kabilar) ijara shartnomasining mustaqil obyekti bo‘la olmaydi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 16-bandi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ko‘p kvartirali uydagi turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda shu uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan (uyning umumiy joylari, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasi, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi ko‘chmas mulkning yagona majmuiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan boshqa obyektlardan) belgilangan tartibda foydalanish huquqiga egadir.

(35-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”.

Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar o‘rtasida yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda bo‘lishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 114, 115, 603-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizom.

Ijara shartnomasi bo‘yicha egallab turilgan turar joyga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi shartnomaning o‘zgarishiga yoki bekor bo‘lishiga olib kelmaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi bo‘lib qoladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 604-moddasi.

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

36-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasining muddati

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 612-moddasining birinchi qismi.

Bir yilgacha muddatga tuzilgan turar joyni ijaraga berish (qisqa muddatli ijara) shartnomasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalari qo‘llaniladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 612-moddasining ikkinchi qismi.

Yangi muddatga shartnoma tuzishda ijaraga oluvchi imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 612-moddasining uchinchi qismi.

Ijaraga beruvchi tomonidan e’tiroz bo‘lmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin ham turar joydan foydalanishni davom ettirsa, shartnoma avvalgi shartlarda qayta tuzilgan deb hisoblanadi.

Davlat uy-joy fondidan ijaraga beruvchi, agar turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan bo‘lsa, bu haqda ijaraga oluvchini kamida bir yil oldin xabardor etib, yangi muddatga shartnoma tuzishdan voz kechishi mumkin, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi bundan mustasno.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 612-moddasining to‘rtinchi qismi.

37-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligi

Turar joyni ijaraga berish shartnomasining ijaraga oluvchining holatini qonun hujjatlarida nazarda tutilganiga nisbatan yomonlashtiruvchi shartlari haqiqiy emas.

[
Download 365.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling