Okoz: 08. 00. 00. 00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08. 01. 00. 00 Uy-joy fondi / 08. 01. 01. 00 Umumiy masalalar] [tsz


Download 365.19 Kb.
bet6/8
Sana27.05.2020
Hajmi365.19 Kb.
#110674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
24.12.1998

OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish bo‘yicha bitimlar. Uy-joyni berish.]

84-modda. Maxsus maqsadli uylardan turar joylar berish

Nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylardan, bolalar uylaridan hamda boshqa maxsus maqsadli uylardan, ularni tuzgan organ qaroriga binoan turar joylar beriladi.

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Ko‘chirib chiqarish va boshqa joyga ko‘chish]

85-modda. Maxsus uylardan ko‘chirish

Maxsus uylardan ko‘chirish ushbu Kodeksda hamda boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.

Mehnat, xizmat munosabatlarini tugatgan fuqarolar, shuningdek o‘quv yurtlarida o‘qishni tamomlagan shaxslar ularga ishi, xizmati yoki o‘qishi munosabati bilan berilgan yotoqxonadan boshqa turar joy bermasdan ko‘chiriladilar.

Ushbu Kodeksning 80-moddasida qayd etib o‘tilgan fuqarolar boshqa turar joy bermasdan yotoqxonadan ko‘chirilishlari mumkin emas.

Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylaridan va boshqa maxsus uylardan ko‘chirish ushbu turar joy berilishiga olib kelgan sabablar bartaraf etilganligi (kapital ta’mirlash tugaganligi, boshqa turar joy berilganligi yoki olinganligi va hokazo) munosabati bilan, shuningdek ushbu Kodeksda va o‘zga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 27-bandi.

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.03.00 Uy-joy binosini ijaraga olish]

V BO‘LIM. TURAR JOY ARENDASI

86-modda. Turar joy arendasi shartnomasi

Oldingi tahrirga qarang.

Turar joy fuqarolar va yuridik shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun arenda shartnomasi asosida berilishi mumkin. Yuridik shaxs turar joydan faqat fuqarolar yashashi uchun foydalanishi mumkin.



(86-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-313-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)

Turar joy arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro‘yxatdan o‘tkazilishi) lozim.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84, 108, 366-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I (“Umumiy qoidalar”), II (“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni axborot tizimi kompleksidan foydalanib “bir oyna” prinsipi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”), IV bo‘limlari (“Binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”).

Oldingi tahrirga qarang.

(86-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Turar joy arendasi shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati;

turar joy arendasining muddatlari;

turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni to‘lash muddatlari;

arendaga beruvchi arendaga berayotgan turar joyning, muhandislik qurilmalarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

shartnoma muddati o‘tishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish tartibi;

arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha taraflarning majburiyatlari;

arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish imkoniyatlari, shartlari va tartibi;

taraflarning javobgarligi.

Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 89-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 555, 556-moddalari.

87-modda. Turar joyni arendaga berish

Arendaga beruvchi turar joyni arendaga oluvchiga yashash uchun yaroqli holatda hamda ushbu Kodeksning 9-moddasiga binoan turar joylarga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob beradigan holatda arendaga berishi shart.

Arendaga beruvchi arendaga berilayotgan turar joyning muhandislik qurilmalari va konstruksiyalaridagi shartnoma tuzilayotgan paytda aniqlangan yoki aniqlanmagan barcha nuqsonlar, nosozliklar uchun javobgar bo‘ladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 541, 542-moddalari.

88-modda. Arendaga olingan turar joyni tasarruf etish

Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berishga va arenda shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijara), arendaga berilgan turar joyni tekin foydalanishga berishga haqlidir. Bunday hollarda arendaga oluvchi arendaga beruvchi oldida shartnoma bo‘yicha javobgar bo‘lib qoladi.

Turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi arenda shartnomasi amal qiladigan muddatdan uzoqroq muddatga tuzilishi mumkin emas.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 546-moddasi.

89-modda. Turar joyni keyinchalik sotib olish sharti bilan arendaga berish

Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni to‘laligicha yoki qisman sotib olishi mumkin. Arendaga berilgan turar joyni sotib olish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 556-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.

Turar joyni arendaga berish va sotib olish shartnomasi tuzilayotgan, o‘zgartirilayotgan, bekor qilinayotganda yuzaga keladigan nizolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”).

90-modda. Turar joyning arenda haqi

Arenda haqini to‘lash tartibi, shartlari va muddatlari turar joy arendasi shartnomasida belgilab qo‘yiladi.

Turar joy arenda haqining miqdori taraflarning kelishuviga ko‘ra qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 544, 577-moddalari.

91-modda. Arendaga berilgan turar joyda yashash sharoitlarini yaxshilash

Turar joyni arendaga oluvchi shaxs, agar arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, arendaga beruvchining roziligi bilan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan turar joylarda yashash sharoitini yaxshilovchi o‘zgartishlar qilish, rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish huquqiga ega.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 40 — 45-bandlari.

Agar arendaga berilgan turar joyning sifati arendaga beruvchining roziligi bilan yaxshilansa, shartnoma muddati o‘tganidan keyin yoki shartnoma bekor qilinganda, basharti arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, arendaga oluvchi ushbu maqsadda qilgan barcha xarajatlari ijaraga beruvchi tomonidan qoplanishini talab qilish huquqiga ega.

Arendaga berilgan turar joyni yaxshilash uchun arendaga oluvchi tomonidan arendaga beruvchi bilan kelishilmagan holda qilingan xarajatlar qiymati, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qoplanmaydi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 555-moddasi.

92-modda. Arendaga beruvchi o‘zgargan taqdirda turar joy arendasi shartnomasining saqlanib qolishi

Arendaga berilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning o‘zga shaxsga o‘tishi arenda shartnomasining o‘zgarishi yoki bekor qilinishi uchun asos bo‘lmaydi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 549-moddasi.

93-modda. Turar joy arendasi shartnomasining o‘zgarishi yoki bekor qilinishi asoslari

Turar joy arendasi shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflar kelishuvi bo‘yicha o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda, shuningdek shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda turar joy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga binoan sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi (“Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish”).

Agar turar joyning arenda haqi shartnomada belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ketma-ket ikki martadan ortiq to‘lanmayotgan bo‘lsa, arenda shartnomasi sud tartibida bekor qilinishi mumkin va arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan boshqa turar joy berilmasdan ko‘chirilishi kerak.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”).

94-modda. Arenda shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining bekor bo‘lishi

Turar joy arendasi shartnomasining muddatidan ilgari bekor qilinishi, agar turar joy arendasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining ham bekor bo‘lishiga olib keladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 550-moddasi.

Agar turar joy arendasi shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga binoan haqiqiy emas deb topilsa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi ham haqiqiy emas deb topiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafi (“Bitimlarning haqiqiy emasligi”).

95-modda. Turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash

Basharti turar joy arendasi shartnomasi muddati o‘tganidan keyin ham arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan amalda foydalanishni davom ettirsa va arendaga beruvchi shartnoma muddati o‘tgunga qadar bunga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma xuddi o‘sha shartlar asosida qayta tiklangan deb hisoblanadi.

Turar joy arendasi shartnomasining muddati o‘tganidan keyin shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajargan arendaga oluvchi turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash masalasida boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.07.00 Uy-joy qurilish kooperativlari]

VI BO‘LIM. UY-JOY QURISh VA UY-JOY KOOPERATIVLARINING UYLARIDAGI TURAR JOYLAR

10-bob. UY-JOY QURISh VA UY-JOY KOOPERATIVLARINI TAShKIL ETISh

96-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari

Uy-joy qurish kooperativi fuqarolar o‘z mablag‘lari bilan birgalikda qurilishda ishtirok etishi yo‘li bilan kelgusida uydan (uylardan) foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash uchun tashkil etiladi.

Uy-joy kooperativi yangi, rekonstruksiya qilingan imoratlarni sotib olish va kelgusida uydan (uylardan) foydalanish uchun tashkil etiladi.

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil etiladigan matlubot kooperativlari hisoblanadi. Agar kooperativning barcha a’zolari turar joylarning mulkdorlari bo‘lsalar, ular uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish huquqiga ega bo‘ladilar.

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari belgilangan tartibga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 98-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 73-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi.

97-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlariga kirish huquqi

Fuqarolar o‘zlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlariga kirish huquqiga egadirlar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining birinchi qismi.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin kirish badalini hamda turar joyning qurilish yoki xarid qiymatiga nisbatan ustavda yoxud shartnomada belgilangan o‘z pay badallari qismini to‘lagan muassis-fuqarolar shu kooperativlarning a’zosi deb tan olinadi.

Kooperativ boshqaruv organining qaroriga binoan belgilangan miqdordagi kirish hamda pay badallarini to‘lagan fuqarolar faoliyat ko‘rsatayotgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi bo‘lishlari mumkin.

98-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro‘yxatdan o‘tkazish

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Bitta uyda ikkita uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari, agar ularning ustavida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tuziladi.

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi:

ariza;

umumiy (ta’sis) yig‘ilishning bayonnomasi;

uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining ustavi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining nomida faoliyatining asosiy maqsadi ko‘rsatilishi, shuningdek “kooperativ” so‘zi bo‘lishi kerak.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan muddatda ko‘rib chiqiladi va shu muddat mobaynida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida;

taqdim etilgan hujjatlarni qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish muddati to‘g‘risida;

uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini tuzish tartibi va shartlari buzilgan, uning ustavi qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmagan holdagina tegishli kooperativni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi tuzilishi maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”).

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.07.00 Uy-joy qurilish kooperativlari;

2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish bo‘yicha bitimlar. Uy-joyni berish.]

11-bob. UY-JOY QURISh VA UY-JOY KOOPERATIVLARI UYLARIDAN TURAR JOY OLISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI

99-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uylaridan turar joy olish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshirish shartlari hamda tartibi

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosiga kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, pay badali miqdoriga muvofiq, bir yoki bir necha xonadan iborat bo‘lgan alohida kvartira beriladi.

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uyidagi kvartiralarga mahalliy davlat hokimiyati organi beradigan orderga muvofiq ko‘chib kiriladi. Order berishni rad etish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativi pay badali turar joyning qurilish yoki xarid qiymati umumiy summasiga teng bo‘lgan mulkiy (pul) badali hisoblanadi. Uy-joy qurish kooperativi a’zolariga beriladigan kvartiralarning qiymati uyni qurish uchun amalda qilingan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Pay badali uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi tomonidan bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi pay badalining qolgan qismini muddatidan oldin to‘lash huquqiga egadir.

100-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosining huquq va majburiyatlari

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi kooperativ ustavida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarga va majburiyatlarga egadir.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori bo‘lmagan a’zosi o‘zi bilan birga yashovchi, pay jamg‘armasiga bo‘lgan huquqi tan olingan oila a’zolarining, shu jumladan vaqtincha bo‘lmaganlarining yozma roziligi bilan egallab turgan turar joyini uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori bo‘lgan boshqa a’zosi bilan almashtirishga haqlidir, bunda turar joyni almashtirayotgan shaxs kooperativ a’zoligiga qabul qilingan bo‘lishi va u kredit hamda foizlarning tegishli qismini to‘lash xususidagi kooperativ ustavining talablarini bajarishi kerak.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi qonun hujjatlariga muvofiq turar joyni ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 25, 86-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 535, 538-moddalari, 573-moddasining birinchi qismi, 600-moddasi.

101-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosining payga bo‘lgan huquqi

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga asos bo‘ladigan pay badaliga bo‘lgan huquqqa hamda pay badali hisobiga o‘zi to‘lagan summaga bo‘lgan mulk huquqiga egadir.

Payga bo‘lgan huquq bir necha shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin, ularning tarkibi shu shaxslarning roziligi bilan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi tomonidan belgilanadi.

Turar joyda yashaydigan, lekin sherik paychi bo‘lmagan shaxslar tegishli turar joydan faqat foydalanish huquqiga egadirlar.

102-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosida turar joyga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi

Agar uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi o‘zi egallab turgan turar joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘ladi, paychining pay jamg‘armasi qismiga huquqi bo‘lgan oila a’zolari esa, pay badalining barcha summasi to‘langan kundan boshlab umumiy mulk huquqiga ega bo‘ladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining to‘rtinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi 5-bandining birinchi xatboshisi.

103-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni bo‘lish

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni sherik paychilar o‘rtasida bo‘lishga, agar ularning har biriga alohida turar joy ajratish mumkin bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Alohida bo‘lmagan turar joylarni qayta qurish yoki o‘zgartirish hisobiga alohida turar joyga aylantirish mumkin bo‘lganda ham turar joylarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bo‘lishga yo‘l qo‘yiladi.

Turar joyni bo‘lish to‘g‘risidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 28-bandi “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi.

104-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zoligidan chiqarish

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi umumiy yig‘ilish qarori bo‘yicha quyidagi hollarda kooperativdan chiqarilishi mumkin:

haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish uchun asos bo‘lgan bo‘lsa;

turar joyni yoki umumiy foydalanishdagi obyektlarni muntazam buzgan yoki shikastlantirgan yoxud ulardan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanmayotgan bo‘lsa.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonun hujjatlarida tegishli kooperativ a’zoligidan chiqarishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgan a’zo turar joydan ko‘chirilishi kerak va uy-joy qurilishi har bir kvadrat metrining qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tegishli pay badali unga qaytarib beriladi.

VII BO‘LIM. TURAR JOYDAN FOYDALANISh HUQUQI

[
Download 365.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling