Okoz: 11. 00. 00. 00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11. 03. 00. 00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11. 03. 01. 00 Asosiy qoidalar] [tsz
Download 364.27 Kb.
|
30.04.1998
[OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar] [TSZ: 1.Tabiiy resurslar / Er] O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER KODEKSI [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar] 1-BOB. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismi. Oldingi tahrirga qarang. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat. (1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) 2-modda. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 40-moddasi birinchi qismi 3, 7-bandlari, 79-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi birinchi qismi, 16, 17-moddalari. yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 48-moddasining 1, 2-bandlari, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari. qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 48-moddasining 3, 4, 6, 8-bandlari, 79-moddasi. qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 82-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI bo‘limi (Yer solig‘i). yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, beshinchi xatboshilari, 16-moddasi. yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 17 — 20, 24-moddalari. yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (Yer solig‘i). yerlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi ikkinchi qismi, 15-moddasi beshinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 23, 24-moddalari. 3-modda. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Tog‘, o‘rmon va suv bilan bog‘liq munosabatlar, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”(yangi tahriri)gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlari. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang); 2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari; 3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Erga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari] 4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi: yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ushbu Kodeksga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilish; Oldingi tahrirga qarang. tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash; (4-moddaning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda) qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish; davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish; yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish; yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish; yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish; yer munosabatlarini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 12-moddasining ikkinchi qismi, 13-moddasining uchinchi qismi, 14-moddasi uchinchi qismi, 15-moddasi ikkinchi qismi, 23-moddasi ikkinchi qismi, 24-moddasi ikkinchi, o‘ninchi qismlari, 25-moddasi uchinchi qismi, 36-moddasi to‘rtinchi qismi, 37-moddasi, 44-moddasi uchinchi qismi, 45-moddasi uchinchi qismi, 87-moddasi to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi, 28-moddasi to‘rtinchi qismi, 41-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, 11-moddasi ikkinchi qismi, 13 moddasi uchinchi qismi, 20-moddasi ikkinchi qismi, 23-moddasi ikkinchi qismi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari; 2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari; 3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Erga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari] 5-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi: tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish; yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish; yuridik shaxslarga qishloq xo‘jalik ehtiyojlari hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish; Oldingi tahrirga qarang. o‘lchamidan qat’i nazar barcha yerlarni olib qo‘yish, alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shahar atrofi yerlari va shaharlarning yashil zonalari yerlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining tajriba maydonlari, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan yerlar bundan mustasno; (5-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda) diplomatiya vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshlig‘i qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish; yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish; yer munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 12-moddasining ikkinchi qismi, 13-moddasining uchinchi qismi, 23-moddasi ikkinchi qismi, 25-moddasi ikkinchi qismi, 33-moddasi ikkinichi qismi, 36-moddasi to‘rtinchi qismi, 37-moddasi, 41-moddasi to‘rtinchi qismi, 44-moddasi uchinchi qismi, 49-moddasi oltinchi qismi, 54, 57-moddalari, 58-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, 61-moddasi to‘rtinchi qismi, 68-moddasi uchinchi qismi, 84-moddasi birinchi qismi, 88-moddasi ikkinchi qismi, 91-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi, 33-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari; 2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari; 3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Erga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari] 6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi: tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan, tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan tashqari yerlarni, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan yerlardan tashqari o‘rmon fondi yerlarini, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlarni, suv fondi yerlarini olib qo‘yish — har bir yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga o‘n gektargacha o‘lchamda; (6-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda) fuqarolarga fermer xo‘jaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga berish; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasi uchinchi qismi. fuqarolarga, yuridik shaxslarga zaxira yerlardan yer uchastkasining o‘lchamidan qat’i nazar, egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish; yer uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish; yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini kim oshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish; yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish; Oldingi tahrirga qarang. yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish; (6-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish; qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda, ularning yerga egalik qilishi va yerdan foydalanishi masalalarini hal etish; yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 12-moddasining ikkinchi qismi, 13-moddasi uchinchi, to‘rtinchi qismlari, 22-moddasi to‘rtinchi qismi, 23-modda ikkinchi qismi, 24-modda ikkinchi qismi, 25-moddasi ikkinchi qismi, 36-moddasi to‘rtinchi qismi, 37-moddasi, 41-moddasi to‘rtinchi qismi, 49-moddasi oltinchi qismi, 54-moddasi, 55-moddasi uchinchi, oltinchi qismlari, 56-moddasi birinchi, beshinchi qismlari, 58-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, 61-moddasi, 62-moddasi uchinchi qismi, 64-moddasi beshinchi qismi, 65-moddasi ikkinchi qismi, 67-moddasi ikkinchi qismi, 68-moddasi uchinich qismi, 70-moddasi ikkinchi qismi, 76-moddasi uchunchi qismi, 91-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari; 2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari; 3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Erga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari] 7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi: yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; yer uchastkasining o‘lchamidan qat’i nazar, shahar chegarasi doirasida egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, shuningdek yerni olib qo‘yish, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasno; yer uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish; yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini kim oshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish; yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish; Oldingi tahrirga qarang. yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish; (7-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish; yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 12-moddasining ikkinchi qismi, 13-moddasining uchinchi qismi, 22-moddasi to‘rtinchi qismi, 23-moddasi ikkinchi qismi, 24-moddasi ikkinchi qismi, 25-moddasi ikkinchi qismi, 36-moddasi to‘rtinchi qismi, 37-moddasi, 41-moddasi to‘rtinchi qismi, 55-moddasi uchinchi, oltinchi qismlari, 61-moddasi, 62-moddasi uchinchi qismi, 64-moddasi beshinchi qismi, 65-moddasi ikkinchi qismi, 67-moddasi ikkinchi qismi, 70-moddasi ikkinchi qismi, 91-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar] 2-BOB. YER FONDI 8-modda. Yer fondi toifalari O‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi: 1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 43-moddasi. 2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 56, 68-moddalari. 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar — ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 69-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 71 — 74-moddalari. (8-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda) Oldingi tahrirga qarang. 5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 71-moddasining ikkinchi qismi, 75-moddasi. (8-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda) 6) o‘rmon fondi yerlari — o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 76-moddasi. 7) suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 77-moddasi. 8) zaxira yerlar. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 78-moddasi. 9-modda. Yerlarni toifalarga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish Yerlar asosiy foydalanish maqsadiga qarab yer fondi toifalariga bo‘linadi. Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi — yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni ko‘zlab foydalanishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va shartlaridir. Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish yer uchastkalarini berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 4 — 7-moddalari, 23-moddasi ikkinchi qismi, 24-moddasi ikkinchi qismi. (9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Oldingi tahrirga qarang. Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlarda, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida ko‘rsatiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 15, 33-moddalari. (9-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Yerlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazishning belgilangan tartibini buzish bunday o‘tkazish faktlarini g‘ayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etishga asos bo‘ladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116-moddasi. 10-modda. Yer uchastkasi Oldingi tahrirga qarang. Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 14-moddasi. (10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Yer uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning o‘zida) belgilanadi. Yer uchastkasining maydoni naturada (joyning o‘zida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi. Yer uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin. O‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan va yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin bo‘lgan yer uchastkasi bo‘linadigan yer uchastkasi hisoblanadi. Foydalanish maqsadiga ko‘ra mustaqil yer uchastkalariga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan yer uchastkasi bo‘linmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 21-moddasi, 62-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi. 3-BOB. YER TUZISh [ Download 364.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling