Okoz: 13. 00. 00. 00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13. 01. 00. 00 Ta’lim / 13. 01. 16. 00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish] [tsz


Download 360.79 Kb.
bet1/13
Sana14.12.2021
Hajmi360.79 Kb.
#181116
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2715 23.09.2015




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.16.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining

Qarori

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 23-sentabrda 2715-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:



1. Quyidagilar:

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumta’lim fanlari o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi 1-ilovaga;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumkasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi 2-ilovaga;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt me’yorlari 3-ilovaga;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining namunaviy shaxsiy yillik ish rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori U. SALIMOV

Toshkent sh.,

2015-yil 2-sentabr,

38/QQ-son

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV

Toshkent sh.,

2015-yil 2-sentabr,

35-Q/Q-son

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 2-sentabrdagi 38/QQ, 35-Q/Q-son qaroriga


1-ILOVA

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumta’lim fanlari o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik

ish rejasi


Download 360.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling