[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan, maktabgacha ta’limning zamonaviy tizimi, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim joriy qilinmoqda, zamonaviy oliy ta’lim muassasalari hamda nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda.
Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish va amalga oshirish maqsadida “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilindi.
Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlarning tahlili bu borada ayrim muammolar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Xususan:
birinchidan, yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yetarli darajada samara bermayapti;
ikkinchidan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish yuzasidan davlat organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyati hamon talab darajasida emas;
uchinchidan, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan madaniy-ko‘ngilochar obyektlar, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, shu jumladan, joylarda turli ijodiy va ta’lim to‘garaklari, sport seksiyalarining yetishmasligi bolalarning sog‘lom ruhda tarbiyalanishiga va to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
to‘rtinchidan, o‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqeyi va nufuzi pasayib ketganligi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermasligi yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash hamda mustaqil dunyoqarashini shakllantirish borasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda;
beshinchidan, yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrab olinish darajasi pastligi, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi malakali kadrlarning yetishmasligiga va olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsadga to‘liq erishilmasligiga sabab bo‘lmoqda;
oltinchidan, sohada qonun buzilishi holatlarining saqlanib qolayotganligi, shu jumladan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishida nazoratning yetarli darajada emasligi tizimli muammolarni yuzaga chiqarmoqda.
Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;
yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash;
pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma’naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish;
yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
o‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash.
Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari Dasturning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
2. Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi (A.N. Aripov):
vazirlik va idoralarning mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda Dasturning amalga oshirilishi bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etsin, ularning samarali ishlashini ta’minlasin;
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tahlil qilib borsin;
ta’lim-tarbiya sohasida qonun buzilishi holatlarining sabab va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish, joylarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni o‘rganish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilasin.
3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
a) 2018-yil 1-sentabrdan:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1,1 baravarga;
yuqori sinf o‘qituvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha;
direktor, uning o‘rinbosarlari va axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirilsin.
b) 2019-yil 1-yanvardan:
oliy toifali o‘qituvchilar uchun 1,25 baravarga;
birinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,2 baravarga;
ikkinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,15 baravarga;
mutaxassis o‘qituvchilar uchun 1,1 baravarga;
direktor, uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirilsin.
4. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, ulardagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 2018-yil 1-sentabrdan boshlab psixolog shtat birligi quyidagicha belgilansin:
250 nafargacha — 1 shtat birligida;
250 nafardan 800 nafargacha — 1,5 shtat birligida;
800 nafardan 1600 nafargacha — 2 shtat birligida;
1600 nafardan 3000 nafargacha — 2,5 shtat birligida;
3000 nafar va undan ortiq — 3 shtat birligida.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotli psixologlar uchun bazaviy tarif stavkalar 2018-yil 1-sentabrdan ushbu muassasa mutaxassis o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkalarining 90 foiziga tenglashtirilsin, 2019-yil 1-yanvardan esa 1,1 baravarga oshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin.
5. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog kadrlarni faoliyatining natijaviyligi asosida rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ikki oy muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibini;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va asosiy faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini;
ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shgan, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan pedagog kadrlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida imtiyozli shartlarda sog‘lomlashtirish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank, “O‘zshaharqurilishinvest” va “Qishloqqurilishinvest” injiniring kompaniyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda har yili qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan arzon uy-joylarning bir qismini xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida dastlabki badali 10 foiz bo‘lgan ipoteka krediti sifatida berish, shuningdek, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida pedagog xodimlarning oila a’zolariga issiqxona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7 foiz stavka miqdorida kreditlar berish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi huzurida xalq ta’limi tizimidagi xodimlar uchun ipoteka krediti, avtotransport vositasi sotib olish va boshqa maqsadlar uchun iste’mol kreditlari berishni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus jamg‘armani tashkil etish, unga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 million AQSh dollari ajratish hamda xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga iste’mol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun maxsus jamg‘arma hisobidan quyidagi shartlarda kreditlar berish tartibi o‘rnatilsin:
kreditni berish muddati — 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga;
dastlabki badal summasi — sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
kredit uchun foiz stavkasi — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
“O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan pedagog xodimlar ro‘yxati asosida ular tomonidan tijorat banklari kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda xalq ta’limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazishda fidokorona mehnat qilayotgan, yoshlarni vatanparvarlik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shayotgan xalq ta’limi tizimi xodimlarini taqdirlash uchun davlat mukofoti ta’sis etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin hamda o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2020-yillarda pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqeyi va obro‘sini targ‘ib qiluvchi “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni tashkil etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Qurilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ning konsepsiyasi va namunaviy loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, san’at va madaniyat maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda akademik litseylar bitiruvchilariga a’lo bilimi, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun beriladigan oltin va kumush medallarni ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan oraliq, yakuniy nazoratlari, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi;
kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini a’lo baholarga o‘qiganligi, namunali xulq-atvori va jamoat ishlaridagi faolligi uchun oltin va kumush medal bilan taqdirlash tartibini tasdiqlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim sohasiga davlat-xususiy sheriklikning joriy etilishi borasida mavjud ahvolni va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini, jumladan, joyiga chiqqan holda o‘rganib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan birgalikda ikki oy muddatda jahondagi oliy ta’lim muassasalari reytingida 1000 talik ro‘yxatga kiradigan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining, shu jumladan, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining filial (fakultet)larini O‘zbekiston Respublikasida litsenziya olmasdan va boshqa imtiyozli shartlarda tashkil etish masalasini o‘rganib chiqsin hamda aniq takliflar kiritsin.
16. Quyidagilar taqiqlansin:
xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish;
xalq ta’limi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish;
xalq ta’limi muassasalari faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan asoslarga va o‘rnatilgan tartibga rioya etmagan holda tekshirish.
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortilishi haqida qat’iy ogohlantirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda pedagog xodimlarning huquq va erkinliklarini cheklash holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda nazorat tadbirlarini o‘tkazsin hamda aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi, uning hududiy tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, uning tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va shtatlar sonini maqbullashtirish orqali ta’lim sohasiga boshqaruvning ilg‘or uslublarini joriy etish yuzasidan takliflar kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2019-yil 1-avgustga qadar Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’limning amaldagi tayanch o‘quv rejasini qayta ko‘rib chiqib, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab 10 foizga qisqartirish hamda mazkur fanlar bo‘yicha dars soatlari qisqartirilgan mutaxassislarni talab yuqori bo‘lgan boshqa o‘quv fanlarga bepul qayta tayyorlab o‘tkazish yuzasidan taklif kiritsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror va dasturlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni 2018-yil uchun ajratsin hamda 2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari A.A. Abduvaxitov va Q.K. Kuranbayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-avgust,
PQ-3907-son
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qaroriga
1-ILOVA
Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
dasturi
T/r
|
Chora-tadbir nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Ijro muddati
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. Yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash
|
1.
|
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida haftaning bir kunini “O‘zini o‘zi rivojlantirish kuni” deb e’lon qilish.
|
1. O‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish.
|
2018-yil sentyabr
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “O‘zbekkino” agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xodjayev), Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev)
|
2. O‘quvchilar tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar va ijod namunalari ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda ularni rag‘batlantirish.
|
doimiy
|
2.
|
Ommaviy axborot vositalari, kino, teatr va musiqa san’atida yoshlar o‘rtasida xalqimiz ma’naviyatini, milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilishga, bugungi islohotlarning mohiyatini yoritishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
2. Tegishli ko‘rsatuvlar, asarlar va boshqa badiiy ijod namunalarini tayyorlash hamda jamoatchilikka yetkazish.
|
2018-yil
sentyabr
doimiy
|
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “O‘zbekkino” agentligi
(F. Zokirov), MTRK (A. Xodjayev), Matbuot va axborot agentligi
(L. Tangriyev), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)
|
3.
|
Yoshlarga har tomonlama o‘rnak bo‘ladigan “Zamonamiz qahramoni” obrazlarini yaratish va targ‘ib qilish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
|
2018-yil
sentyabr
|
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Mahalla” fondi
(Sh. Javlonov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Madaniyat vazirligi
(B. Sayfullayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “O‘zbekkino” agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xodjayev), Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. “Zamonamiz qahramoni” obraziga mos bo‘lgan turli soha vakillari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
|
noyabr
|
3. “Zamonamiz qahramoni” obrazini yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsadida ular to‘g‘risida spektakllar, badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlar, videoroliklar tayyorlash va ularni muntazam targ‘ib qilish.
|
doimiy
|
4.
|
“Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini (insho yozish, she’riyat, rassomchilik va boshqalar bo‘yicha) har yili o‘tkazish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
|
2019-yil
yanvar
|
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), “Mahalla” fondi (Sh. Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Tanlovni barcha tuman va shaharlarda o‘tkazish.
|
mart
|
3. Tuman, viloyat va respublika miqyosida tanlovning g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash.
|
may
|
4. Tanlov g‘oliblarining ijodiy ishlarini OAV orqali keng jamoatchilikka yetkazish.
|
doimiy
|
5.
|
“ZiyoNET” axborot tarmog‘ining elektron va audio kitoblar bazasini milliy va jahonning eng yaxshi badiiy adabiyotlari bilan boyitish va unga barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ulanishini ta’minlash.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
|
2018-yil
sentyabr
|
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), MTRK (A. Xodjayev), Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. “ ZiyoNET ” axborot tarmog‘ini elektron va audio kitoblar bilan muntazam boyitib borish.
3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini “ZiyoNET” axborot tarmog‘iga yuqori tezlikda ulash choralarini ko‘rish.
4. “ZiyoNET” axborot tarmog‘i�ing imkoniyatlari to‘g‘risida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish.
|
doimiy
|
6.
|
Ta’lim muassasalarida yoshlar teatr studiyalarini tashkil etish.
|
1. Yoshlar teatr studiyalarini tashkil etishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
|
2018-yil
noyabr
|
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Joylarda yoshlar teatr studiyalarini tashkil qilish.
|
2019 — 2021-yillar
|
7.
|
Yoshlarning ilmiy du�yoqarashini kengaytirish, tabiiy va texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimini oshirishga qaratilgan ilmiy-ommabop “Intellektual taraqqiyot” televizion ko‘rsatuvini tashkil etish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
|
2018-yil
sentyabr
|
MTRK (A. Xodjayev),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Ko‘rsatuv va musobaqalarni efirga tayyorlash.
|
noyabr
|
3. Musobaqalarni o‘tkazish, ularning g‘olib va sovrindorlarini aniqlash va taqdirlash.
4. Ko‘rsatuvlarni efirga uzatib borish.
|
doimiy
|
8.
|
Umumiy o‘rta ta’lim muas�asalarida fanlarni namunali o‘zlashtirayotgan, ijobiy xulq-atvorini namoyon etgan yoshlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish, ularning yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida boshqalarga o‘rnak sifatida targ‘ib qilish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
|
2018-yil
sentyabr
|
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Respublika ma’naviyat
va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Yoshlarni faxriy yorliq, medallar, pul mukofoti berish va boshqacha tarzda rag‘batlantirib borish.
3. Fanlarni namunali o‘zlashtirayotgan yoshlarni xorijiy davlatlardagi dam olish oromgohlariga yuborish.
4. Fanlarni namunali o‘zlashtirayotgan yoshlarning tarixiy obidalarga (Samarqand, Buxoro, Xiva) bepul sayohatini tashkil etish.
|
rejaga ko‘ra
|
9.
|
Yoshlar o‘rtasida milliy g‘oyani targ‘ib qilish, ularda davlat ramzlari va milliy qadriyatlarga hurm�t hissini uyg‘otish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
|
2018-yil
sentyabr
|
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev),
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Usmonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
MTRK (A. Xodjayev), Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev)
|
2. Milliy va xalqaro tajribani o‘rganish.
3. Ta’lim muassasalarida targ‘ibotning ta’sirchan usullarini joriy etish.
4. Davlat ramzlari, O‘zbekiston tarixi va olib borilayotgan islohotlarni yoshlarga yetkazishga qaratilgan innovatsion o‘quv-tarbiya dasturlarini yaratish hamda joriy etish.
|
2019-yil
yanvar
|
II. Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash
|
10.
|
Yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitet, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni shakllantirish, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishni oldini olishga qaratilgan ta’sirchan targ‘ibot usullarini joriy etish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
|
2018-yil
sentyabr
|
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akramov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Usmonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
MTRK (A. Xodjayev), Matbuot
va axborot agentligi (L. Tangriyev)
|
2. Milliy va xalqaro tajribani o‘rganish.
3. Ta’lim muassasalarida targ‘ibotning ta’sirchan usullarini joriy etish.
|
2019-yil
yanvar
|
11.
|
Diniy ekstremizm va terrorizmning oqibatlarini yoritish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongini yot g‘oyalardan himoya qilishga bag‘ishlangan ta’sirchan targ‘ibot materiallarini tayyorlash va namoyish etish hamda Internet orqali tarqatish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
2. Hujjatli filmlar, videoroliklar, infografikalar va boshqa turdagi targ‘ibot materiallarini tayyorlash.
|
2018-yil sentyabr
|
MTRK (A. Xodjayev), “O‘zbekkino” agentligi (F. Zokirov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Usmonov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akramov),
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
|
3. Targ‘ibot materiallarini ta’lim muassasalari va kinoteatrlarda namoyish qilish, teleradiokanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilish.
|
2018 — 2021-yillar
|
12.
|
Jazoni ijro etish muassasalarida diniy ekstremistik oqimlar a’zolari bo‘lgan mahkumlar bilan profilaktika ishlarini kuchaytirish.
|
1. Idoralararo targ‘ibot guruhlari tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
|
2018-yil sentyabr
|
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura
(G‘. Xidoyatov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Usmonov),Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akramov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (N. Ibragimov), O‘zbekiston musulmonlari
idorasi (U. Alimov), Respublika ma’naviyat
va ma’rifat markazi
(A. Kadirov)
|
2. Tadbirlarni multimedia vositalaridan foydalanib, interaktiv usullarda amalga oshirish.
3. Tadbirlar haqida maxsus videolavhalar va maqolalar tayyorlash.
|
2018 — 2021-yillar
|
13.
|
Jazoni ijro etish muassasalaridagi diniy-ekstremistik oqimga mansub shaxslar oila a’zolarining yashash sharoitlarini yaxshilash choralarini ko‘rish.
|
1. Yordamga muhtoj oilalar ro‘yxatini shakllantirish.
|
2018-yil oktyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), “Mahalla” fondi (Sh. Javlonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Bosh prokuratura (G‘. Xidoyatov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Usmonov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Ro‘yxatdagi oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish.
3. Mehnatga layoqatli, bandligi ta’minlanmagan shaxslarni ishga joylashtirish yoki tadbirkorlikka jalb etish choralarini ko‘rish.
|
2018 � 2021-yi�lar
|
III. Pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma’naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish
|
14.
|
O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
|
1. Ishchi guruh tuzish.
2. Milliy va xorijiy tajribani o‘rganish.
|
2018-yil
sentyabr
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)
|
3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va muhokama qilish.
4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
oktyabr
2019-yil
yanvar
|
15.
|
Pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqeyi va obro‘sini targ‘ib qiluvchi “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni tashkil etish.
|
1. “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ning yaxlit me’moriy kompleks loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
2018-yil
sentyabr
|
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”da o‘qituvchi va murabbiylarni ulug‘lovchi, ularning nufuzini oshiruvchi monument, kutubxonalar, ilmiy-ma’rifiy binolar va muzeylarni tashkil etish.
|
2018 — 2020-yillar
|
3. “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”da shoir va yozuvchilar, fan, ta’lim va madaniyat sohasining ko‘zga ko‘ringan vakillari bilan badiiy kecha va uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish.
|
har oy oxirgi haftasining shanba kuni
|
16.
|
Xalq ta’limi tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash.
|
1. O‘qituvchi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislarning ish haqini oliy toifali o‘qituvchi ish haqiga tenglashtirish.
2. Olis hududlarda o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ish staji uchun maxsus ustamalar berish tartibini joriy qilish.
|
2018-yil
sentyabr
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
|
3. Pedagoglar o‘rtasida kasbiy va amaliy pedagogik ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qiluvchi turli kasbiy bellashuv va ko‘rik tanlovlarni tashkil etish.
|
rejaga ko‘ra
|
4. Pedagog kadrlar tanqisligi kuzatilayotgan hududlar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tuman va shahar kesimida maqsadli qabulni amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish.
|
2019-yil
yanvar
|
IV. Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish
|
17.
|
Yoshlarga oid davlat siyosatini belgilab beruvchi qonun hujjat�arining mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish.
|
1. Targ‘ibot guruhlari tuzish, ular uchun o‘quv-seminarlar tashkil etish.
|
2018-yil
sentyabr
|
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat
va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Dav�etov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Targ‘ibot materiallarini (ma’ruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari) tayyorlash.
|
noyabr
|
3. Tadbirlarni barcha oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalari
va mahallalar�a tashk�l etish.
|
2018-2019-yillar
|
18.
|
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida uch bosqichli huquqiy bilimlar tanlovlarini tashkil etish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va ish rejani tasdiqlash.
|
2018-yil
sentyabr
|
Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov)
|
2. OAVda tanlovlarni keng targ‘ib qilish.
3. Tanlovlarning maktab, litsey, kollej
va oliy ta’lim muassasalari bosqichlarini o‘tkazish.
4. Hududiy va respublika bosqichlarini o‘tkazish.
|
doimiy
|
19.
|
Yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning asl sabab va shart-sharoitlarini o‘rganish, ularning oldini olish yuzasidan aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
2. Huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil
bo‘lgan yoshlar bilan aniq hamda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish;
|
2018-yil
sentyabr
oktyabr
|
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Mahalla” fondi (Sh. Javlonov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
|
3. Yoshlar tomonidan sodir etilgan har bir o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari yuzasidan alohida o‘rganish o‘tkazish, ushbu shaxslarning oilaviy ahvolini to‘liq o‘rganish hamda moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish.
|
doimiy
|
20.
|
Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlarni tarbiya va sport sog‘lomlashtirish oromgohlariga jalb etish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.
2. Oromgohlarni tayyorlash va voyaga yetmaganlar ro‘yxatini shakllantirish.
3. Har bir hududda tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarini tashkil etish.
|
2018-yil
sentyabr
2018 — 2021-yillar
|
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Ke�gashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
21.
|
Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi respublika ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish.
|
1. Ishchi guruh tuzish, o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tanqidiy o‘rganish.
|
2018-yil
sentyabr
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
|
2. Mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
dekabr
|
22.
|
Ichki ishlar boshqarma (bo‘lim) boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligini oshirish.
|
1. Ishchi guruh tuzish.
|
2018-yil
sentyabr
|
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), “Mahalla” fondi (Sh. Javlonov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
|
2. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini o‘rganish.
|
oktyabr-noyabr
|
3. Tahlil asosida tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish
|
2018-2019-yillar
|
23.
|
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish uchun tuman (shahar)lar kesimida ajratilayotgan moliyaviy mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash.
|
1. Ishchi guruh tuzish.
2. “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatiga maxsus “O‘zASBO” buxgalterlik hisoboti dasturini qo‘llagan holda mustaqil ichki audit joriy qilish.
|
2018-yil
sentyabr
|
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Hisob palatasi (M. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
24.
|
Maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalariga qabul qilish va o‘qitish jarayonini nazorat qilishning ochiq va oshkora mexanizmlarini joriy qilish.
|
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilishning “EMIS” dasturiy ta’minotini joriy etish.
2. Maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalariga qabul qilishda, ma’muriyat
va fuqarolarni bevosita muloqot qilishiga cheklash choralarini ko‘rish.
|
2019-yil
yanvar
|
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov)
|
V. Yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
|
25.
|
O‘quvchi-yoshlar uchun davlat-xususiy sheriklik shartlarida sport-sog‘lomlashtirish majmualarini qurish va ulardan foydalanish tartibini, jumladan xususiy investor va davlat organlarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
|
1. Ishchi guruh tuzish.
2. Milliy va xorijiy tajribani o‘rganish.
|
2018-yil
oktyabr
|
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (N. Sharipov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov)
|
3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
dekabr
|
26.
|
Hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish.
|
1. Sport infratuzilmasining (sport maydonchalari, to‘garaklar va boshqalar) mavjudligini hamda ularning holatini tanqidiy o‘rganish.
|
2018-yil dekabr
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
“Mahalla” fondi (Sh. Javlonov)
|
2. Sport infratuzilmasi holatini yaxshilash bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
3. Ko‘ptarmoqli sport inshootlarini qurish, jihozlash hamda ularga malakali murabbiylarni jalb etish.
4. Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni doimiy o‘tkazish, ularni OAVlari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
|
2018 — 2021-yillar
|
27.
|
Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
|
1. Musobaqalarni tashkil etishning yillik taqvim rejasini tasdiqlash.
|
2018-yil
noyabr
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Yugurish musobaqalari, velomarafonlar va boshqa ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish hamda g‘oliblarni rag‘batlantirish.
|
2018 — 2021-yillar
|
28.
|
Xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilarning ishtirokida chekka qishloq va ovullarda sport maktablari, to‘garaklari va seksiyalarini tuzish.
|
1. Sport maktablari, to‘garaklari va seksiyalari tuzilishi lozim bo‘lgan joylarni aniqlash.
|
2018-yil
noyabr
|
Milliy olimpiya qo‘mitasi
(U. Axmatdjanov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Sport maktablari, to‘garaklari va seksiyalarida yoshlarni sport bilan shug‘ullanishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.
|
2018 — 2021-yillar
|
29.
|
Bolalar va o‘smirlar sport maktablari (BO‘SM) tarmog‘ini kengaytirish, o‘quvchilarning professional sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish.
|
1. BO‘SM tarmog‘ini kengaytirish, sport seksiyalarini tashkil etishda ta’lim va boshqa muassasalarning sport zallaridan bepul foydalanish tartibini yo‘lga qo‘yish.
|
2018-yil
sentyabr
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. BO‘SM va sport seksiyalarini moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash hamda malakali kadrlar bilan ta’minlash.
|
dekabr
|
3. Qishloq joylarida sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari tomonidan sayyor master-klasslar va musobaqalarni tashkil etish.
|
2018 — 2021-yillar
|
30.
|
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
|
1. Ta’lim muassasalari o‘quvchilari ishtirokida “Temurbeklar” va “Burgutlar” harbiy sport o‘yinlarini tashkil etish.
|
2018 — 2021-yillar
|
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat
va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Usmonov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
|
2. Qurolli Kuchlar va ichki ishlar faxriylari xamda yuqori natijalarga erishgan sportchilar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari uyushtirish.
|
rejaga ko‘ra
|
VI. O‘quvchi yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash
|
31.
|
O‘quv va ta’lim-tarbiya sifati bo‘yicha keng jamoatchilik, ota-onalar va o‘quvchilarning fikr va takliflarini muhokama qilishga bag‘ishlangan veb-maydoncha (forum)ni yaratish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va chora-tadbirlarni belgilash.
2. Veb-maydoncha (forum)ni yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish.
3. Veb-maydoncha (forum)ni ishga tushirish.
|
2018-yil
sentyabr-oktyabr
|
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
|
32.
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoatchilik kengashlari to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
1. Ishchi guruh tuzish.
2. Milliy va xorijiy tajribani o‘rganish.
3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
|
2018-yil
noyabr
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov),
Adliya vazirligi (R.Davletov), Moliya vazirligi (A.Xaydarov)
|
33.
|
Xalq ta’lim vazirligining “1006” ishonch telefoni faoliyatining samaradorligini oshirish.
|
1. Barcha ta’lim muassasalari va mehribonlik uylarida “1006” qisqa raqamli ishonch telefoni to‘g‘risidagi ma’lumotni e’�on qilish.
|
2018-yil
sentyabr
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
|
2. “1006” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali kelib tushgan har bir murojaatni o‘rganish, aybdor shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish.
|
doimiy
|
34.
|
Iqtidorli bolalar va ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini uzluksiz ta’lim olishini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tizimi (“ijtimoiy liftlar”)ni joriy etish.
|
1. Ishchi guruh tuzish va chora-tadbirlarni belgilash.
|
2018-yil
sentyabr
|
Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Milliy va xorijiy tajribani o‘rganish.
3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
|
dekabr
|
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 07/18/3907/1706-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |