[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.01.00 Tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlar sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida keng qamrovli sheriklikni yanada rivojlantirish, ilgari oliy darajada qabul qilingan kelishuv va bitimlarning o‘z vaqtida va so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash, konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]
1. Ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradigan aniq va salmoqli natijalarga erishishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi kelishuvlarni o‘z vaqtida amaliy ijro etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Turkiya Respublikasi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Dasturning bajarilishini tahlil qilish hamda undagi tadbirlar va loyihalarning ijrosida amaliy yordam ko‘rsatish;
Dasturga kiritilgan tadbirlar va loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
har oyda mas’ul ijrochilar rahbarlarining Dasturda ularga yuklatilgan vaziflar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish va aniq takliflar ishlab chiqish.
3. Muvofiqlashtiruvchi kengash (Umurzoqov) har oyda — har kalendar oyining o‘ninchi sanasiga qadar mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinayotgan choralarning natijadorligini ko‘rsatgan holda Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi tanqidiy tahlilni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan umumiy shtat birliklari doirasida Loyiha ofisi tashkil etilsin va uning asosiy vazifasi etib mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor tarmoqlarini isloh qilish, yangi yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan turk ekspertlari bilan tizimli ishlashni tashkil etish, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning istiqbolli loyihalarini ilgari surish belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turkiyaning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or tajribasi va innovatsion yondashuvlarini joriy etish masalalari bo‘yicha investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi sifatida ishlashi uchun turk ekspertlarini jalb qilsin:
jadal sanoatlashtirish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasi va hududlarni kompleks rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishning xalqaro sifat standartlarini joriy etish;
“yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish va investitsiya muhitini takomillashtirish;
maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyatini tashkil etish;
ikki mamlakat o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyalarini yanada rivojlantirish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Turkiya Respublikasi Hukumatining texnik ko‘magini kengaytirish va yetakchi turk ekspertlarini jalb qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
sog‘liqni saqlash infratuzilmasi obyektlarini boshqarish sohasidagi salohiyatni oshirish;
seysmologiya sohasidagi institutsional va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, baland binolar, gidrotexnik inshootlar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish va ulardan foydalanishda seysmik xavfsizlikni ta’minlash masalalarida respublikamizning ilmiy salohiyatini rivojlantirish;
yo‘llar va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini qurish hamda ulardan samarali foydalanish sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga ko‘maklashish;
“elektron hukumat” sohasida Turkiya Respublikasining eng yaxshi yechimlari va texnologiyalarini joriy etish orqali ushbu tarmoqdagi salohiyatni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy Majlis Senati, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha institutsional hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlasin:
parlamentarizmni rivojlantirish sohasida hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish;
diniy sohadagi siyosat, mamlakatni rivojlantirishning dunyoviy tamoyillarini ilgari surish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Samarqand viloyat hokimligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasini ochishda amaliy yordam ko‘rsatsin;
Turkiya Respublikasining Antaliya, Adana va Bursa shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining faxriy konsullari tayinlanishi masalasini ko‘rib chiqsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi turk investorlarining masalalarini tezkorlik bilan hal qilish va loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Turkiya kompaniyalari vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rtasida doimiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot uchun platforma yaratsin.
10. Mas’ul ijrochilar — vazirlik va idoralar rahbarlari:
tasdiqlangan Dasturga kiritilgan loyihalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga shaxsan javobgar ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin;
har oyda — hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur ijrosi bo‘yicha axborot taqdim etsin.
11. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzakovga — mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflarni sifatli ishlab chiqishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayevga — sog‘liqni saqlash va madaniy-gumanitar sohalarda turk tomoni bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Sh. Kudratovga — savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik dasturlari va loyihalarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning ishini hamda turk kompaniyalari bilan sermahsul hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-avgust,
494-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-avgustdagi 494-son qaroriga
1-ILOVA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi kelishuvlarni o‘z vaqtida amaliy ijro etish bo‘yicha
TADBIRLAR DASTURI
T/r
|
Kutilayotgan aniq natija
|
Amaliy chora-tadbirlar va ularni 2020-2021-yillarda amalga oshirish bosqichlari
|
Chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari
|
Ijro uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar
|
Shaxsiy
javobgarlik
|
I. Ikki tomonlama chora-tadbirlar
|
1.
|
Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti F. Oktayning tashrifini o‘tkazish.
|
1. Tashrif muddatlarini kelishish.
|
2020-yil avgust
|
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov), O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi (A. Agzamxodjayev)
|
S. Umurzakov
|
2. Tashrifni tashkillashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlash.
|
2020-yil avgust-sentyabr
|
3. Tashrif doirasida imzolanadigan bitimlar va shartnomalar to‘plamini tayyorlash.
|
2020-yil sentyabr
|
2.
|
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish.
|
1. Tadbirni o‘tkazish muddatlarini kelishish.
|
2020-yil avgust
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi (A. Agzamxodjayev),
vazirlik va idoralar
|
S. Umurzakov
|
2. Tadbir davomida muhokama qilish uchun hujjatlar to‘plamini tayyorlash.
|
2020-yil avgust-sentyabr
|
3. Tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
3.
|
Savdo vaziri R. Pekjan boshchiligidagi Turkiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasining tashrifini tashkil qilish.
|
1. Tashrif muddatlarini kelishish.
|
2020-yil avgust
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)
|
S. Umurzakov
|
2. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan birgalikdagi tadbirlarni ko‘rib chiqish.
|
2020-yil sentyabr
|
3. Tashrifni tashkillashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
II. Oliy darajada ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash
|
4.
|
Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish.
|
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PQ-3363-son, 2018-yil 12-maydagi PQ-3717-son, 2020-yil 4-martdagi PQ-4627-son qarorlari bilan tasdiqlangan yo‘l xaritalari ijrosi to‘g‘risida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga batafsil axborot kiritish.
|
har oyning
3-sanasiga qadar
|
vazirlik va idoralar
|
S. Umurzakov
|
2. Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tanqidiy tahlil qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish.
|
har oyning
10-sanasiga qadar
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
vazirlik va idoralar
|
III. Savdo hamkorligini faollashtirish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish
|
5.
|
�anoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, uchinchi mamlakatlarga eksport qilishga mo‘ljallangan qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish.
|
1. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari ro‘yxatini aniqlash.
|
2020-yil avgust
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
vazirlik va idoralar
|
S. Umurzakov
|
2. Loyiha takliflari va biznes-rejalarni tayyorlash
|
2020-yil avgust
|
3. Ro‘yxatni kelishish, loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirgan Turkiyaning xususiy kompaniyalarini aniqlash.
|
2020-yil sentyabr
|
4. Video-konferensaloqa tashkillashtirish, kelishilgan loyihalar to‘plamini shakllantirish.
|
2020-yil sentyabr-oktyabr
|
6.
|
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
|
1. Diplomatik kanallar orqali o‘simliklar karantini sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishini tashkillashtirish.
|
2020-yil
sentyabr-oktyabr
|
O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi (I. Ergashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)
|
U. Barnoyev
|
2. Bitimda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
7.
|
O‘zbekiston va Turkiyani bog‘lovchi transport yo‘laklarining samaradorligini oshirish.
|
1. Turkiya tomoniga joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston, Qirg‘izston Respublikasi, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya o‘rtasida imzolangan “Boku — Tbilisi — Kars” yo‘lagi bo‘ylab yuklarni tranzit tashishda chegirmalar taqdim etish to‘g‘risidagi Protokolga qo‘shilish yuzasidan rasmiy taklif yo‘llash.
|
2020-yil avgust
|
Transport vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)
|
S. Umurzakov
|
2. Ushbu yo‘lak bo‘ylab yuklarni tashishni tashkillashtirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal qilish.
|
zaruriyatga qarab
|
IV. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor tarmoqlari va yo‘nalishlarini isloh qilish uchun
maslahat va ekspert ko‘magini jalb qilish
|
8.
|
Vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining kadrlar salohiyatini oshirish.
|
1. Maxsus treninglar va o‘quv dasturlarini tashkil qilish jadvalini Turkiya tomoni bilan kelishish.
|
2020-yil avgust-sentyabr
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar
|
S. Umurzakov
|
2. Maxsus treninglar va o‘quv dasturlarining ishtirokchilarini saralab olish.
|
tadbirlardan bir oy avval
|
3. Treninglar va o‘quv dasturlarida O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash.
|
kelishilgan muddatlarda
|
9.
|
AKT va elektron hukumat sohalarini rivojlantirish.
|
1. AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va Turkiya tomoniga yuborish.
|
2020-yil
sentyabr
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)
|
S. Umurzakov,
O. Umarov
|
2. AKT sohasida, shu jumladan tajriba, ilg‘or ishlanmalar va “nou-xau”lar almashinuvi bo‘yicha turk ekspertlarini jalb qilish choralarini ko‘rish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
10.
|
Sog‘liqni saqlash infratuzilmasi obyektlarini boshqarish salohiyatini oshirish.
|
O‘zbekistondagi klinikalarni boshqarish uchun turk mutaxassislarini jalb qilish masalasini o‘rganish.
|
2020-yil avgust
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)
|
B. Musayev
|
11.
|
Seysmologiya sohasidagi salohiyatni oshirish.
|
1. Seysmologiya sohasidagi normativ-huquqiy bazani rivojlantirish hamda baland binolar, ko‘priklar, gidro-texnik inshootlarni qurish va ulardan foydalanishda seysmik xavfsizlikni ta’minlash masalalarida respublikaning ilmiy salohiyatini oshirish uchun maslahat ko‘magini ko‘rsatish yuzasidan Turkiya tomoniga so‘rov yuborish.
|
2020-yil sentyabr
|
Qurilish vazirligi (B. Zakirov),
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (T. Xudaybergenov),
FA Seysmologiya instituti (Yuldashev B. ),
Energetika vazirligi (A. Sultonov), “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)
|
A. Ramatov
|
2. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
12.
|
Yo‘llar va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini qurish sohasiga xalqaro standartlarni joriy qilish.
|
1. Yo‘llar va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini qurish, shuningdek, ulardan samarali foydalanishda xalqaro standartlarni joriy qilish sohasida ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan Turkiya tomoniga so‘rov yuborish.
|
2020-yil sentyabr
|
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (A. Abduvaliyev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)
|
A. Ramatov
|
2. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
13.
|
Mamlakatda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish.
|
1. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish sohasida maslahat ko‘magini ko‘rsatish yuzasidan Turkiya tomoniga so‘rov yuborish.
|
2020-yil avgust
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
sohaga aloqador vazirlik va idoralar
|
S. Umurzakov
|
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi sifatida ishlash uchun turk ekspertini jalb qilish.
|
2020-yil sentyabr
|
3. Turkiya tajribasi va mexanizmlari asosida iqtisodiyotning yashirin sektorini legallashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflarni birgalikda tayyorlash.
|
2020-yil oktyabr
|
4. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
14.
|
Hududlarni jadal sanoatlashtirish, ularda tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalari hamda kompleks rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishga xalqaro sifat mezonlarini joriy qilish, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyatini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish.
|
1. Hududlarni sanoatlashtirish, ularda tarmoqlarni rivojlanti?ish strategiyalari va kompleks rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishga xalqaro sifat mezonlarini joriy qilish, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyatini tashkil etish sohasida maslahat ko‘magini ko‘rsatish yuzasidan Turkiya tomoniga so‘rov yuborish.
|
2020-yil avgust
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
sohaga aloqador vazirlik va idoralar
|
S. Umurzakov
|
2. Mazkur yo‘nalishlarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazir maslahatchisi sifatida ishlash uchun turk ekspertlarini jalb qilish.
|
2020-yil sentyabr
|
3. Turkiya tajribasi asosida birgalikda aniq takliflar tayyorlash.
|
2020-yil oktyabr
|
4. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
15.
|
O‘zbekistonda ishlayotgan turk konsultantlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish.
|
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Loyiha ofisini ochish.
|
2020-yil avgust
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
sohaga aloqador vazirlik va idoralar
|
S. Umurzakov
|
2. Respublikamizda ishlayotgan turk ekspertlari, shuningdek, Turkiya parlamentining Budjet va rejalashtirish bo‘yicha qo‘mitasi raisi L. Elvan, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi rahbarining o‘rinbosari J. Yilmazni taklif qilgan holda, Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri raisligida Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishlarini o‘tkazish.
|
har oy
|
IV. Alohida yo‘nalishlar bo‘yicha ikki mamlakatning o‘zaro institutsional hamkorligini rivojlantirish
|
16.
|
Parlamentarizmni rivojlantirish sohasida tajriba almashish.
|
1. Tajriba almashish hamda Turkiya tomonining bilimlari bilan o‘rtoqlashish uchun ikki partiya (“O‘zLiDeP” va “Adolat va taraqqiyot” partiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga doir takliflarni Turkiya tomoniga yuborish.
|
2020-yil avgust
|
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy Majlis Senati (S. Safoyev),
O‘zLiDeP (A. Xaitov)
|
S. Umurzakov
|
2. Partiyalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va uni Turkiya tomoniga yo‘llash.
|
2020-yil avgust
|
3. Bitim loyihasini kelishish va imzolash.
|
2020-yil sentyabr
|
4. Bitimda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
17.
|
Diniy sohada barqarorlikni ta’minlash, mamlakat taraqqiyotining dunyoviy tamoyillarini ilgari surish, ekstremizmga qarshi kurashish.
|
1. O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Turkiya Diniy ishlar boshqarmasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Turkiya tomoniga takliflar yuborish.
|
2020-yil avgust
|
Diniy ishlar qo‘mitasi (A. Axmedov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)
|
B. Musayev
|
2. Hamkorlik dasturini ishlab chiqish va kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2020-yil sentyabr
|
3. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
18.
|
Hududlardagi tadbirkorlar uchun investitsiya loyihalarini ishlab chiqish sohasidagi salohiyatni rivojlantirish.
|
1. Turkiyaning Hududlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi va O‘zbekiston hududlaridagi “Loyihalar fabrikasi” o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha Turkiya tomoniga takliflar yuborish
|
2020-yil avgust
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi
(X. Teshaboyev),
sohaga aloqador vazirlik va idoralar
|
S. Umurzakov
|
2. Hamkorlik dasturini ishlab chiqish va kelishish.
|
2020-yil sentyabr
|
3. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
kelishilgan muddatlarda
|
V. Turkiya bilan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash
|
19.
|
Energetika va tog‘-kon sektorlariga “Jengiz” kompaniyasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilish.
|
1. “Jengiz” kompaniyasi bilan ilgari “Aksa Enerji” kompaniyasi uchun ma’qullangan shartlarda elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha elektr energiyasini xarid qilish to‘g‘risida bitim va investitsiya bitimini imzolash.
|
2020-yil sentyabr
|
Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)
|
S. Umurzakov
|
2. Oltin konlarini qazib olish loyihalarida ishtirok etish bo‘yicha Turkiya tomoniga takliflar yuborish.
|
2020-yil avgust
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islomov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)
|
3. Muzokaralar o‘tkazish, qat’iy kelishuvlarga erishish.
|
2020-yil oktyabr-noyabr
|
Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islomov)
|
20.
|
To‘qimachilik sohasiga “Agarta tekstil” kompaniyasining investitsiyalarini jalb qilish.
|
1. Tayyor to‘qimachilik mahsulotlarining keng nomenklaturasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash.
2. Loyihani amalga oshirish shartlarini kelishish uchun “Agarta tekstil” kompaniyasi rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirish.
|
2020-yil avgust
|
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi (O. Ismoilov),
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)
|
S. Umurzakov
|
21.
|
Turk investorlarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash.
|
1. Erkin iqtisodiy zonalardagi to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar kiritilishi vaqtida faoliyat yuritgan sarmoyadorlar, shu jumladan “Angren” EIZdagi “Dal Teknik Makina” kompaniyasi uchun preferensiyalarni qayta tiklash.
|
2020-yil avgust
|
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)
|
S. Umurzakov
|
2. Toshkent shahrida “Jiotto” kafelar tarmog‘ini ochgan turk sarmoyadori faoliyatiga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qilingan to‘sqinliklar to‘g‘risidagi axborotni o‘rganib chiqish.
Mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha tugal choralar ko‘rish va amalga oshirilgan ishlar yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritish.
|
2020-yil 25-avgust
|
Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev),
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)
|
3. Turk investorlarining masalalarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Turkiya kompaniyalari vakillari bilan respublika vazirlik va idoralari rahbarlari o‘rtasida doimiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi negizida platforma yaratish.
|
2020-yil avgust
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)
|
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-avgustdagi 494-son qaroriga
2-ILOVA
Turkiya Respublikasi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
S.U. Umurzakov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi
|
A.X. Kamilov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
|
T.A. Ishmetov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri
|
A.S. Sultanov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri
|
R.K. Davletov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
|
J.A. Xodjayev
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri
|
Sh.M. Sadikov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
|
I.R. Maxkamov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi
|
A.I. Ikramov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
|
A.A. Agzamxodjayev
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
|
L.Sh. Kudratov
|
—
|
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi
|
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2020-y., 09/20/494/1191-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |