Oksidalanish qaytarilish reaksiyalari
Download 0.64 Mb.
|
oksidlanish-qaytarilish tenglamalarini tuzish va tenglashtirish
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini tuzish va tenglamalarni tenglashtirish Reja:
Kirish Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining mohiyati Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining turlari Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish va tenglashtirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish Barcha kimyoviy reaksiyalarni 2 turga bo’lish mumkin. Kimyoviy reaksiyalar Ularning birinchisiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o’zgarmaydigan reaksiyalar. Elementlarni oksidlanish darajalarini o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb ataladi. Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan bo’lib ularga nafas olish, oksidlanish, fotosintez kabi reaksiyalarni olish mumkin. Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikkiga bo’lish mumkin. Birinchi hil reaksiyalarda jarayonda ishtirok etayotgan moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarmay qoladi. Masalan, neytrallanish reaksiyasi, almashishish, ba’zi parchalanish va birikish reaksiyalarini olish mumkin: HCl+NaOH=NaCl+H2O MgCO3=MgO+CO2 CaCl2+K2CO3=2KCl+CaCO3↓ SO3+H2O=H2SO4 Ikkinchi hil reaksiyalarda bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradi. Yuqoridagi misollarda (neytrallanish, almashinish, parchalanish) elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarmagan edi. Ikkinchi hil reaksiyalarda bo’lsa elementlarning oksidlanish darajasi, masalan Zno dan Zn+2 ga o’zgardi. Cuo dan +2 ga, oltingugurt bo’lsa +6 dan +4 ga o’zgardi. Elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalarga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling