Oksidlar va gidrooksidlar sinfiga


Download 1.24 Mb.
bet1/6
Sana25.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1398296
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-labaratoriya


1-Laboratoriya ishi
SOF TUG`MA ELEMENTLAR, SULFIDLAR, GALLOIDLAR,
OKSIDLAR VA GIDROOKSIDLAR SINFIGA
OID MINERALLARNI O`RGANISH


ishning maqsadi:
Tabiatda uchraydigan sof tug`ma elementlar, sulfidlar, galloidlar, oksidlar va gidrooksidlar sinfiga mansub minerallar bilan tanishib ularni har taraflama organish, tog jinslari ichidan axtarib bilish va undan qaysi maqsadlarda foydalanishni organish. Talabalar tajriba mashg`uloti vaqtida qo`yidagi sinflardagi minerallar va ularning qisqacha ta`rifi bilan tanishadilar.


Qisqacha nazariy malumot
Umumiy tushuncha. Bu sinflarga mansub bolgan minerallarni ularning xar xil korinishlariga qarab xar xil turlarga bolish mumkin.
Kimyoviy – turlashda minerallarning tarkibidagi kimyoviy elementlarning turiga qarab, kristalloximik tarkibiy tuzilishi, genetik turlashda ularning kelib chiqish holati, geoximik turlashda yer qa`rida butun bir kimyoviy elementlarning yer shari bo`yicha tarqalishi va geografik turlashda minerallarning geografik jihatdan yer shari bo`yicha taqsimlanishi.

  1. Sof tugma elementlar: oltin, oltingurgut, grafit

  2. Sulfidlar: sfalerit, pirit, galenit, kinovar

  3. Galloid birikmalar:galit, flyuroit, silvin

  4. Oksidlar va gidrooksidlar: gematit, kvars, korund, magnetit, limonit



Sof tugma elementlar: oltin, oltingurgut, grafit


Oltin Au - Asosan nomunofiq donador, varaqsiimon, juda kamchilik hollarda kubik kristall shaklidagi sof tug`ma holatda uchraydi. Qattiqligi 2,5–3; zichligi 15,6–19,0 g/sm3 (toza oltinniki – 19,3 g/sm3), rangi oltinsimon sariq; chegarasi metalldek, sariq; metalldek yaltiroq. Faqatgina «Shox arog`ida» KSN va ozod xlor, brom ajraladigan reaktivlarda eriydi. Gidrotermik va sog`ilma konlari asosan ko`plab uchraydi. Qimmatbaho metallarga oltindan tashqari sof tug`ma holatda uchraydigan platina va kumushlar ham kiradi.
Ma`lumki oltin asosiy pul va valyuta metallidir. U bezak ishlarida, zebi-ziynat buyumlarini tayyorlashda, fizik va ximik asboblar ishlashda, tishni protezlash ishlarida va boshqa maqsadlar uchun sarf qilinadi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling