Oksidlar va gidrooksidlar sinfiga


Download 1.24 Mb.
bet2/6
Sana25.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1398296
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-labaratoriya

Oltingugurt S–Ko`pchilik xollarda piramida va rombik kristall yaxlit, yersimon va kukunsimon massa uchraydi. Qattiqligi 1-2; zichligi 2g/sm3, turli xil sariq rangda himoyalanadi. Chegarasi deyarli yo`q, sinish yuzasida yog`dek. Yengil eriydi va o`zidan oltingugurt SO2 ajratib yonadi. Sof tug`ma oltigugurtning asosiy massasi organik tarkibi ta`sirida gips va turli oltingugurt birikmalarining qayta shakllanishidan hosil bo`ladi.
Sof tug`ma oltingugurt yer qobig`ining faqat eng ustki qismlarida va yer yuzida topiladi. U turli yo`llar bilan hosil bo`ladi:

  1. Vulqon harakatlari natijasida uning kraterlarida va jins yoriqlarida yopishib qotadi. Hozirgi vaqtda vulqonlar uchraydigan rayonlarda ba`zan solfatlar manbalaridan erigan holda yonuvchi suvlar bilan birga chiqadi chiqadi va jarlik soylarda oqimlar ko`rinishida qotadi.

  2. Ruda konlari oksidlanish zonasining osti qismlarida metallarning oltingugurtli birikmalari, asosan piritning parchalanishidan paydo bo`ladi.

  3. Cho`kindi gips qatlamlarining parchalanishi natijasida hosil bo`ladi. Ko`pincha sof tug`ma oltingugurt gips bilan bir paragenezisda uchraydi, gipsning tarqalgan joylarida u kristall va kukunsimon massalar bo`lib topiladi. Bunday yo`l bilan hosil bo`lgan oltingugurtning ko`pgina massalari hozirgacha aniq emas.

  4. Cho`kish (bioximiyaviy) yo`li bilan orasida gips, qattiq va suyuq bitumlar (asfalt, neft) va boshqalar bo`lgan qatlamlardan iborat rasmiy cho`kindi jinslarda hosil bo`ladi. Bu tipdagi konlar yer sharida keng tarqalgan bo`lib, sanoat uchun katta ahamiyatga egadir. Bunda sof tug`ma oltingugurtning asosiy massasi senergetik, yani boshqa cho`kindilar bilan bir davrda paydo bo`lgan bo`lsa kerak. Shunga qaramay ko`pincha oltingugurtning atrofdagi jinslar orasida epigenitek yo`l bilan paydo bo`lganlari ham topiladi.


Grafit-C-Singoniyasi geksogonaldir. To`g`ri kristallari kamdan-kam. Ba`zan oltiburchakli plastinkachalar, tabletkachalar shaklida bo`ladi. Agregatlari ko`pincha mayda tangachalardan iborat. Rangi kulrangdan qoragacha. Chizig`i yaltiroq qora. Qattiqligi 1. Qo`lga yog`liqdek unnab, qo`lni va qog`ozni qoraytiradi. Sol. Og`. 2,09-2,23. Tabiatda donador varaqsimon zich massa shaklida marmar va gneys toshlarida uchraydi. Grafit tigellar tayyorlashda, quyish ishlarida, qalamlar chiqarishda, buyoqchilikda va boshqa sohalarda ishlatiladi.




Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling