Oksikislotalar tarkibida gidroksil (-oh) va karboksil (-cooh)
Download 63.78 Kb.
|
1 2
Bog'liq10-mavzu OKSIKISLOTALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall-organik
Olinishi
Oksikislotalarning ko’pchiligi tabiatda ayniqsa o’simliklarda(vino, limon va b.) ko’p uchraydi, bazilari tirik organizmlar ishtrokida olinadi(sut kislotasi). Oksikislotalar turli xil sintetik yo’llar bilan ham olinadi. Oksikislotalar spirtlarga karboksil gruppa yoki kislotalarga gidroksil gruppa kiritilganda hosil bo’ladi. Sintetik oksikislotalar olishning quyidagi usullari bor: Molekulasida kamida bitta birlamchi spirtli gruupa bor glikollaridan yoki ularning hosilalaridan olish usuli: HOCH2-CH2OH + 2O → HOCH2-COOH + H2O etilenglikol glikol kislota HOCH2-CH2Cl + KCN→ HOCH2-CH2-CN + KCl etilenxlorgidrin siangidrin HOCH2-CH2CN + H2O →HOCH2-CH2-COOH + NH3 siangidrin gidrakril kislota(β-oksipropion kislota) Glikollardan oksikislotalar olish uchun oksidlash pratsesini ohistalik bilan olib borish zarur, aks holda oksikislota o’rniga dikarbon kislota hosil bo’ladi; reaksiyada doimo oraliq mahsulot (glikol aldegid) hosil bo’ladi. Molekulasida karboksil bor birikmalarga gidroksil gruppa kritish usuli. Bunda: Galogenkislotadagi galogen gidroksil bilan almashtiriladi: CH2Cl-COOH + H2O → CH2OH-COOH + HCl Aldegid va keton kislotalar(oksokislotalar) qaytariladi: CH3-CO-CH2-COOH + 2H → CH3-CH(OH)-CH2-COOH с) karboksil gruppaga α-xolatda birikkan uchlamchi uglerod atomi bor kislotalar KMnO4 bilan oksidlanadi: Izomoy kizlota α-oksiizomoy kislota aminokislotalarga nitrit kislota ta’sir ettiriladi: Bu usul bilan ko’pincha α-oksikislotalar sintez qilinadi. β-oksikislotalar akril kislotalarga suv biriktirib olinadi. To’yinmagan kislotalarga suv biriktiriladi(xuddi shunga o’xshash spirtlar olinishida ham etilenni suv bilan ta’siridan etil spirti olinadi) CH2CH COOH + HOH → CH2OH CH2 COOH Oksikislotalar spirt, kislota va ularning xosilalaridagina emas, balki boshqa birikmalardan ham olinadi. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishib o’tamiz: Aldegid va ketonlarga sianit kislota ta’sir ettirib hosil bo’lgan oksinitrillarni gidrolizlash: Sanoatda oksikislotalar ana shu usulda olinadi. Metall-organik birikmalardan foydalanib oksikislotalar olish. Oksikislotalar, jumladan β-oksikislotalar olish uchun S.N. Reformatskiy kashf etgan reaksiyadan foydalaniladi. Bunda oksobirikmalarga (aldegid yoki ketonlarga) ruh metali kotalizatorligida galoidkislota efirlari biriktiriladi va hosil bo’lgan ruh-organik birikma gidrolizlanadi: Reformatskiy reaksiyasida hosil bo’ladigan oraliq mahsulot (ruh organic birikma) Grinyar reaktivini eslatadi, ammo bu reaksiya magniy ishtrokida sodir bo’lmaydi. Fizik xossalari. Oksikislotalarning boshlang’ich vakillari suyuqlik yoki qattiq modda bo’lib suvda yaxshi eriydi. Download 63.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling