Oktabr oy mavzusi: kuz ranglari kirish
QURILISH, KONSTRUKTORLASH
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Октябр 1-ҳафта ривожлантирувчи
- Bu sahifa navigatsiya:
- LAVHA-ROLLI O‘YINLAR VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI 1.10
QURILISH, KONSTRUKTORLASH
VA MATEMATIKA MARKAZI 1.9 «MATEMATIK MOYCHECHAK» MISOLLARNING YECHIMI Maqsad: oldinga va orqaga sanash. Vazifa: 1. raqamlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash; 2. 10 soni doirasida misollarni yechish qobiliyatini rivojlantirish; 3. elementar matematik vazifalar yechishni o‘rgatish. Uskunalar va materiallar: misollar bilan moychechak guli, sonlar yozilgan barglar, matematik belgilar. Faoliyat jarayoni: 1. Tartib bilan oldinga va orqaga sanashni ko‘rsatish; 2. Sonlar yozilgan moychechak barglarini tartib asosida taqsimlash; 3. Topshiriqlarni yechish (ko‘rish orqali) va gulning shakllanishi. Qo‘shimcha ravishda: gul bilan ishlashga oid qo‘shimcha topshiriqlar berish. E’tibor qaratish: 1. sonlar va miqdorlar haqidagi bilimlarni kengaytirish; 2. mantiqiy fikrlashni, son va miqdorni solishtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish. LAVHA-ROLLI O‘YINLAR VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI 1.10 BOZORDA Maqsad: “Bozorda” lavhali o‘yinni rejalashtirish va unda ishtirok etish. Vazifa: 1. kuzgi sabzavotlar va mevalar haqidagi bilimlarni mustahkamlash; 2. lavhali rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish; 3. lavha-rolli o‘yinlarga jalb qilish; 4. ijodkorlikni rivojlantirish. Uskunalar va materiallar: sotuvchining kiyimlari, niqoblar, sabzavot va mevalarning mulyajlari, bolalar puli banknotalari, tarozilar. Faoliyat jarayoni: 1. Markazda tayyorlangan sabzavot va mevalar nomlarini aytish; 2. Lavha-rolli o‘yinni rejalashtirish; 3. Bozor tasvirlangan rasmlarni tomosha qilish; 4. Lavha-rolli o‘yinni ijro etish. Qo‘shimcha ravishda: tarbiyachi kuzatadi va mavzu bo‘yicha yangi g‘oyalarni tavsiya qilishi mumkin. E’tibor qaratish: 1. bolalarning o‘yindagi xatti-harakatlari; 2. ularning jamoadagi faoliyati, hayot xavfsizligi asoslari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling