Oktabr oy mavzusi: kuz ranglari kirish
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Октябр 1-ҳафта ривожлантирувчи
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILM-FAN VA TABIAT MARKAZI 1.4
TIL VA NUTQ MARKAZI
1.3 «KUZ» LAVHALI RASMIGA ASOSAN HIKOYANI TUZISH Maqsad: kuz belgilarini bilish va nomlash. Vazifa: 1. kuz mavsumida tabiat va ob-havo o‘zgarishlarini tasvirlash mahoratini rivojlantirish; 2. rasm asosida tavsiflovchi hikoya tuzish ko‘nikmalarini mustahkamlash. Uskunalar va materiallar: kuz haqidagi rasm, kuz haqidagi adabiyot, AKT, slaydlar mavjud disklar. Faoliyat jarayoni: 1. «Kuz» rasmini tomosha qilish; 2. Bolalar tomonidan bu rasmga bog‘liq so‘zlarni tanlash; 3. Bolalar tomonidan rasm asosida tavsiflovchi hikoyani tuzish. Qo‘shimcha ravishda: mavzu bo‘yicha san’at asarlarini ko‘rish. E’tibor qaratish: 1. agar bola to‘liq jumla bilan javob bera olmasa, yo‘naltiruvchi savollar va so‘zlar bilan yordam berish; 2. kuzatish ko‘nikmalarini shakllantirish va nutqni rivojlantirish. ILM-FAN VA TABIAT MARKAZI 1.4 QUSHLAR HAQIDA ALBOMNI TOMOSHA QILISH Maqsad: albomdagi rasmlardan qushlarning har xil turlarini bilish va ularni nomlash. Vazifa: 1. qushlar haqidagi bilimlarni faollashtirish; 2. qushlarni o‘xshashlik va farqlarga qarab tasniflashni o‘rgatish; 3. o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarni taqqoslash qobiliyatini rivojlantirish. Uskunalar va materiallar: qushlarning rasmlari tasvirlangan albom, mavzuga oid kartalar, qushlarning siluetlari, qushlarning patlari. Faoliyat jarayoni: 1. «Qushlar» fotoalbomini tomosha qilish; 2. Qushlarning o‘xshashligi va farqiga qarab kartalarning tasnifi; 3. Qushlarning siluetlari va rasmlarini solishtirish; 4. Har xil turdagi qushlarning patlari farqini o‘rganish (tashqi ko‘rinishdagi, o‘lchamdagi va lupa ostidagi farqlar). Qo‘shimcha ravishda: tarbiyachi bolalarga qushlarning patlari va tuxumlari bilan tanishishni taklif qilishi mumkin (hissiy rivojlanish), badiiy so‘zlar bilan hamrohlik qilish. E’tibor qaratish: 1. hayot va fanni bog‘lash qobiliyati; 2. fikrlash va nutqni rivojlantirish, hayot xavfsizligi asoslari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling