Mavzu: Turli yoshdagi bolalar guruhida rivojlantiruvchi til va nutq markazida pedagogikfaoliyatni loyihalashtirish metodlari va usullari
Reja:
Kirish
I.BOB. Rivojlantiruvchi til va nutq markazi haqida
1.1 Rivojlantiruvchi til va nutq markazi haqida tushuncha.
II.BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy faoliyatini rivojlantirish faoliyatini loyihalashtirish
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy faoliyatini rivojlantirish faoliyatini loyihalashtirish. Nutqiy faoliyatni rivojlantirish usullari.2.2 Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati.
2.2 Yosh guruhlari bo'yicha dialogik nutqqa qo'yiladigan talablarning mazmuni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy, islohlashgan maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyachisining yuksak bilim va kasbiy mahoratga ega bo’lishi talab etiladi. Наг bir ota-ona o’z farzandini eng bilimdon, yuksak ma‘rifatli, mahoratli, ijodkor tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi bo’lajak tarbiyachilarga talabalik davridan boshlab, maktabgacha ta‘linming asl mohiyati bola va tarbiyachining hamkorlik faoUyati ekanligini, bola tarbiyasining maqsadini, bola ruhiyatini rivojlantirish qoidalariga amal qilishni o’rgatadi. O’z kasbining mohir ustasi bo’lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fanini chuqur egallashi lozim. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi o’quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini o’quv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to’g’ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to’g’ri yechimini topishga yo’naltiradi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o’rganadi. Ushbu fan bo‘lajak tarbiyachilani maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o’quv qo'llanmada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e‘tibor qaratildi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon mutafakkir, m a‘rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasining milliy asoslari: ta‘lim tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umum-bashariy qadriyatlariga bog’langan holda bog’cha yoshidan boshlab o’zligini anglash, erkin fikrlash, g’urur tuyg’ularini shakllantirishga qaratiladi. Ushbu o‘quv-uslubiy qo’llanmani tayyorlash O’zbekistonda barkamol avlod ma‘naviyalini shakllantirish borasidagi islohotlar, maktab faoliyatini modernizatsiyalash, ya‘ni ta‘lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga doir MTM Konsepsiyasi, «Davlat talablari», MTM Nizomlari hamda
Do'stlaringiz bilan baham: |