Olamlarning Robbi bo‘lgan Alloh taologa cheksiz va O‘ziga loyiq
Download 12.14 Kb. Pdf ko'rish
|
1-dars Muqaddima
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – DARS. MUQADDIMA ِم ْسِب َِّللٱ ِنٰـَ ْ حَّْرلٱ ِيِحَّرلٱ Bismillahir Rohmanir Rohim
Olamlarning Robbi bo‘lgan Alloh taologa cheksiz va O‘ziga loyiq holda hamdu sano, maqtov, U Zotning eng so‘nggi elchisi, oxirgi payg‘ambari Rasululloh Muhammad alayhissalomga durudu salavot, Habibining ahli baytu as’hoblariga salomlar bo‘lsin! Ilohiy kitob, eng mukammal dastur bo‘lmish Qur’onga muhabbat bog‘lagan, ushbu Kalomning har bir harfini xuddi vahiy qilinganidagi singari qiroat bilan o‘qiyman degan buyuk va xayrli niyatni qalbiga tukkan aziz muxlislarimiz! Avvalo Sizga ushbu mashaqqatli, ammo savoblarga, xayru hasanotlarga to‘la ibodatdan iborat yo‘lda Yaratgandan sabr hamda muvaffaqiyat tilaymiz. Eng mehribon Zot bo‘lgan Haq taolo O‘zi zehningizga quvvat, ilmingizga barokat ehson qilsin! Arabcha Qur’on so‘zining o’zbekchadagi ma’nosi qiroatdir. Qiroatda esa arab harflaridan iborat Qur’on oyatlarini to‘g‘ri talaffuz bilan o‘qish muhimdir. Aytaylik, qaysidir bir tilni o‘rganmoqchimiz. Buning uchun nima qilamiz? Eng avvalo o‘sha tilning har bitta harfini diqqat bilan o‘rganib, talaffuzini to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Keyin esa o‘sha tilning grammatik qoidalarini yod olamiz, o‘zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, Qur’oni Karimni o‘rganish uchun arab tilining har bir harfini, talaffuz qoidalarini o‘rganishimiz kerak bo‘ladi. Chunki Qur’on o‘qishda harflarning o‘z o‘rnidan to‘g‘ri talaffuz qilinishi o‘ta muhimdir. Endi, Qur’oni Karim o‘zi qanday kitob? U bizga nimani o‘rgatadi, degan haqli savol tug‘iladi. 1 – DARS. MUQADDIMA ِم ْسِب َِّللٱ ِنٰـَ ْ حَّْرلٱ ِيِحَّرلٱ Bismillahir Rohmanir Rohim Qur’on insoniyatga qanday yashash, nimalarga e’tibor berishni, qanday amallarni bajarib, qaysi ishlardan qaytishni o‘rgatuvchi ilohiy dasturdir. Barchamiz bilamizki, bu dunyo bizga imtihon uchun berilgan. Demak, imtihondan keyin yo jazo yoki mukofot muqarrar. Alloh taolo O‘zi yaratgan eng mukammal maxluqoti bo‘lmish odamzotga qanday yashashi, nimalarga amal qilishi lozimligini o‘rgatuvchi Kitobni nozil qildi. Ushbu Kitobni bandalariga o‘rgatishda esa muallim, elchi qilib Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni tanladi. Payg‘ambarimizga Qur’on oyatlarini Jabroil alayhissalom qiroat bilan etkazgan. Rosululloh alayhissalom esa xuddi shunday qiroat bilan sahobalarga (roziyallohu anhum), yetkazganlar. Siz ahamiyat qaratishingiz muhim bo‘lgan yana bir nozik jihat shuki, Qur’on tilovati ibodat bo‘lgan mo‘jizaviy Kitobdir! Ya’ni, arab tilini tushunmagan kishi ham Qur’onni tilovat qilganida ibodat savobini qozonadi. Ba’zilar Qur’on o‘qish uchun avval arab tilini mukammal o‘rganishim kerak. Bo‘lmasa uning ma’nosini tushunmayman, degan o‘yda Qur’on o‘qishni, harflarini o‘rganishni kechiktiradi, ortga suradi. Bu esa uning ibodat savobidan mahrum qolishiga sabab bo‘ladi. Inson bu dunyoda qilgan ishlari, amallariga ko‘ra u dunyo ya’ni abadiy bo‘lgan oxirat diyorida jannatga yoki do‘zaxga loyiq ko‘riladi. Bizlarni do‘zaxdan qutqarib, jannat eshiklariga eltuvchi yo‘lga esa ushbu ilohiy Kalom bo‘lgan Qur’on oyatlari eltadi. Shunday ekan, keling azizlar, har bir harfiga o‘nta savob va’da qilingan Qur’ondek ilohiy, mo‘jizaviy kitobni qiroat bilan o‘qishni o‘rganamiz. Alloh taolo O‘zining Kalomiga bo‘lgan muhabbatimizni orttirsin, ilm egallash yo‘lidagi jiddu jahdimizda qoim qilsin, sizu bizga ham ilm eshiklarini, ham jannat eshiklarini ochsin! Omin. Download 12.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling