O‘lchash asboblarini konstruksiyalash


Download 421.62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.12.2020
Hajmi421.62 Kb.
#167845
Bog'liq
5-мав


1.mavzu. “O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” faniga kirish (4 

soat). 

Reja: 


1.  Patent. Patentga loyiq konstruksiyalarni aniqlash.  

Intellektual va sanoat mulki.  

Patent tozaligi.  

Patent tozaligining shartlari. 

 

Patent (lotincha: patens —  ochiq,  aniq,  ravshan) —  texnik  yechim 

yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga 

olgan  mutlaq  huquqini  tasdiqlovchi  hujjat.  Patent  olish  jarayoni,  patent 

oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. 

Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-

bir  yangilik  kiritayotgani  haqida  maʼlumot  boʻlishi  kerak.  Koʻp  mamlalakatlarda 

berilgan  eksklusiv  huquqlar  boshqalar  patentlangan  ixtironi  ruxsatsiz  yasashi, 

qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi.

[1]


 

Xalaqaro Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari boʻyicha shartnomasiga 

koʻra,  bu  tashkilotga  aʼzo  mamlakatlarda  har  qanday  sohadagi  ixtiro  uchun 

patentlar mavjud boʻlishi zarur. 

Patentni  odatda  davlat  beradi.  Davlat  patent  idorasi  tomonidan  ixtiro 

muallifiga  yoki  ariza  boʻyicha  huquqiy  vorisiga  beriladi.  Koʻp  mamlakatlardagi 

qonunlariga  koʻra,  patent  15—20  yil  muddatga  beriladi.  Baʼzi  mamlakatlarda 

ixtorolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak. Patent odatda shu 

patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar 

ham  mavjud.  Baʼzi  mamlakatlarda  maʼlum  bir  sohalardagi  ixtirolar  uchun  patent 

berilmaydi. 

Oʻzbekistonda ixtirolar,  foydali  model,  sanoat  namunasiga  nisbatan 

qoʻyiladigan  patent  olish  huquqini  vujudga  keltiradigan  talablar  hamda  patent 

idorasining bunday hujjatni berish tartibi mamlakatning „Ixtirolar, foydali modellar 

va sanoat namunalari toʻgʻrisida“gi qonuni (1994-yil 6-may) da belgilab berilgan. 

Bir  qancha  mamlakatlarda  tadbirkorlik  faoliyatining  muayyan  turlari  bilan 

shugʻullanish  uchun  berilgan  maxsus  ruxsatnoma  ham  „patent“  deb  ataladi. 

Davlatdan  bunday  patentni  sotib  olish  tadbirkorlarni  (odatda,  yakka  tartibdagi 

tadbirkorni)  bundan  keyingi  (bir  yilga  yoki  boshqa  davrga)  soliqlar  toʻlashdan 

ozod etadi. 

1966  yilda  yig'ilishi  boshlangan  va  tarkibidagi  patentga  oid  hujjatlar  hajmi 

va  komplektlanish  ko'lami  bo'yicha  eng  yirik  patent  fondlaridan  biriga  aylangan 

Respublika  hududiy  patent  fondi  qoshida  1993  yilda  Patentga  oid  hujjatlar  fondi 

tashkil etilgan edi. 



Patentga  oid  hujjatlar  davlat  fondining  asosiy  komplektlanish  manbalari  - 

xalqaro almashinuv, patentga oid hujjatlar, uslubiy adabiyotlarga egalik va davriy 

nashrlarga obunadir. Fond bosma variantda va optik disklarda aks etgan. 

Ayni  kunda  PHDF  O'zbekiston  Respublikasidagi  patentga  oid  hujjatlarni 

to'liq jamlagan yagona fond hisoblanib, mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning 

patentga  oid  hujjatlari  saqlanuvchi  markaziy  tuzilma  sifatida  uning  tarkibida 

dunyoning  25  ta  mamlakati  patent  hujjatlari,  2  ta  xalqaro  va  2  ta  hududiy 

tashkilotlar,  ixtirochilikka  va  patent  huquqi  masalalariga  doir  adabiyotlar 

jamlangan.  Fond  tarkibida  79  millionga  yaqin  hujjatlar  mavjud  bo'lib,  ularning 

asosiy qismi (64,5 million) optik disklarda aks etgan. 

Fondda  ixtirolarga  talabnomalar,  mualliflik  huquqlari,  patentlar,  foydali 

modellar  uchun  tavsiflar,  sanoat  namunalari  tavsiflari,  rasmiy  byulletenlar, 

referativ  jurnallar,  uslubiy-me'yoriy  adabiyotlar,  ma'lumot  beruvchi  hujjatlar 

jamlangan. Fondda 1924 yildan boshlab 1993 yilga qadar O'zbekistonda ro'yxatga 

olingan  ixtirolar  tavsiflari,  mualliflik  guvohnomalari  va  Rossiya  Federasiyasida 

berilgan patentlarga tavsiflar jamlanmasi bosma variantda saqlanmoqda. 

Fondda  ixtirolarning  to'liq  tavsiflari  bilan  bir  qatorda  yetakchi  xorij 

mamlakatlari  va  MDH  davlatlarining  rasmiy  byulletenlari  ham  mavjud.  Bu 

byulletenlarda quyidagi ma'lumotlar aks etgan: milliy talabnomalar va patentlarga, 

foydali  modellar,  sanoat  namunalariga  oid  bibliografik  ma'lumotlar  va  ixtiro 

referatini  o'z  ichiga  olgan  axborotlar,  xizmat  ko'rsatish  belgilari  va  ro'yxatga 

olingan foydali modellar, EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari, seleksiya 

yutuqlari,  shuningdek,  patentlar  holatidagi  barcha  huquqiy  o'zgarishlar  haqida 

ma'lumotlar jamlangan. 

Kutubxona  fondida  ilm-fandagi  barcha  yo'nalish  va  sohalar  bo'yicha 

endiklopediyalar,  shuningdek,  o'zbek,  rus,  ingliz,  fransuz,  nemis,  italyan,  ispan, 

qadimiy  grek,  fors,  afg'on,  chex,  yapon,  polyak,  serb-xorvat,  koreys  va  turk 

tillaridagi lug'atlar mavjud. 

Intellektual  mulk  mohofazasi  borasidagi  xorij  qonunchiligi,  intellektual 

mulk  muhofazasining,  patentga  oid  izlanishlarning  huquqiy  va  iqtisodiy  jihatlari, 

ilmiy-texnik  siyosat,  iqtisodiyot  sohalarini  patentga  oid  ma'lumotlar  vositasida 

prognozlash  kabi  mavzular  yoritilgan  axborotlar  va  ilmiy  adabiyotlar  ham  shular 

jumlasidandir. 

O'zbekiston  Respublikasi  Intellektual  mulk  agentligida  keng  omma  uchun 

tashkil  etilgan  "Elektron  kutubxona"da  patent  fondi  optik  tashuvchilarga 

jamlangan.  Mutaxassislar  uchun  muayyan  bazaviy  ma'lumotlar  aks  etgan  CD-

ROM  va  DVD-ROM  disklardan  patentlarga  oid  hujjatlarni  izlash  uchun 

avtomatlashtirilgan ish joylari tashkil etilgan. 



 

 


Patentga oid hujjatlar davlat fondi (PHDF) negizida Agentlik mutaxassislari 

va  davlat  patent  ekspertlari,  patent  vakillari,  shuningdek,  patentga  oid  hujjatlar 

qiziqtiruvchi barcha foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yilgan. 

Ma'lumot  olish  va  kutubxona  xizmatlaridan  foydalanish  uchun  murojaat 

qiluvchi  har  bir  fuqaro  Patentga  oid  hujjatlar  davlat  fondi  foydalanuvchisi  bo'la 

oladi.  Foydalanuvchi  fuqarolik  pasporti  yoki  uning  o'rnini  bosuvchi  hujjatga, 

talablar esa talabalik guvohnomasiga ega bo'lishi lozim. 

Shunga  qaramay,  sanoat  jadal  rivojlanayotgan  davrda  insonlar  ixtiro 

qilishdan to’xtamas  edi. Va shunday qilib, dunyoda birinchi ixtiroga patent 1421 

yilda  Florensiya  shahar  mahkamasi  tomonidan  kemaning  burilish  kranini  ixtiro 

qilgan  Filippo  Brunelleski  nomiga  berilgan.  Buyuk  Britaniyaning  eng  qadimgi 

patenti 1449 yilda Genrix VI tomonidan Flamandlik Djonga Iton kollejining rangli 

oynalarni ishlab chiqarishni o’ylab topgani uchun berilgan. 

Zamonaviy  talqindagi  patent  so’zi  Venetsiya  Respublikasida  1474  yilda 

paydo bo'lgan. Aynan shu yilda qalbakilashtirilishini oldini olish uchun amaliyotga 

tatbiq  etilgan  ixtirolar  haqida  respublika  hukumatiga  ma’lum  qilish  shartligi 

to’g’risida  qaror  qabul  qilindi.  Qarorga  ko’ra,  patentning  amal  qilish  muddati  10 

yil edi. O'sha davrda qirol hokimiyati zamonaviy patent prototipi bo'lgan "shaxsiy 

imtiyozlar"  berish  orqali  ixtirochilar  huquqlarini  himoya  qilib  chiqdi.  Ushbu 

imtiyozlarning maqsadi ixtirochini ishlab chiqaruvchi nazoratidan ozod qilish edi. 

1623 yilda Angliyada Monopoliyalar to'g'risidagi Nizom e'lon qilindi, unga 

ko'ra  patentlar  yangi  ixtirolar  loyihalariga  berilishi  boshlandi.  Ixtirochilarning 

patent  himoyasi  sohasidagi  ilk  sud  ishlari  ham  Angliyada  bo’lib  o’tgan. 

"Ipsvichdan  kelgan  mato  ustalari"  sud  ishi  hukmida  shunday  deyilgan:  "Agar 

kimdir qirollikda yangi ixtiro va ishlab chiqarishni hayoti va boyligini xavf ostiga 

qo'yib  yaratgan  bo'lsa,  unda  u  qirol  iltifotiga  ko’ra,  faqatgina  ixtirochiga  o’z 

mablag'lari  va  sa'y-harakatlarini  qoplashi  uchun  ixtirodan  foydalanish  huquqi 

berilgan.  Patentning  amal  qilish  muddati  tugagach,  qirol  qayta  egalik  huquqini 

tiklash mas’uliyatini zimmasiga olmagan”.  

Xulosa qilib aytganda, mulkka egalik huquqi va inson kapitali himoyasining 

dastlabki  ko’rinishlari  XV  asrda  paydo  bo’lib,  vaqt  o’tgan  sari  inson  yaratgan 

ishlanmalar zamonaviy qiyofa kasb eta boshladi. Bugungi kunga kelib esa, ixtirolar 

hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. 

Yagona  portaldagi  Intellektual  mulk  bo’limi  xizmatlari  ro’yxatiga  yangi 

“Ixtirolarga  patent  olish”  xizmati  qo’shildi.  Ushbu  xizmat  O’zbekiston 

Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 

ko’rsatiladi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2006-yil  20-martdagi 

“Patent bojlari va to’lovlari to’g’risidagi nizomni hamda patent bojlari va to’lovlari 


stavkalarini tasdiqlash haqida”gi 65-sonli qaroriga binoan xizmat ko’rsatish uchun 

patent  boji  undiriladi.  Xizmatning  qonuniy  asoslari O'zbekiston  Respublikasi 

Fuqorolik  kodeksi, Ixtirolar,  foydali  modellar  va  sano’at  namunalari  to’g’risidagi 

O'zbekiston  Respublikasi  qonuni, Ixtiroga  O'zbekiston  Respublikasining  patentini 

berish  uchun  talabnomalar  tuzish,  topshirish  va  ko’rib  chiqish  qoidalari 

to’g’risidagi  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  Patent  idorasi  Direktorining 

buyrug’i. 

Xizmat  natijasi  hujjatlar  to'plamini  ko'rib  chiqish  uchun  qabul  qilinganligi 

to'g'risidagi  xabarnoma  olish  hisoblanadi.  Shu  o’rinda  eslatib  o’tamiz, 

talabnomadagi  texnik  qaror  patentga  layoqatlilik  mezonlariga  nomuvofiqligi 

aniqlangan taqdirda rad etiladi. 

 

 



Tayanch atamalar. 

 

O‘lchash  asboblarini  konstruksiyalash,  O‘lchash  asbobi,  Konstruksiyalash 

jarayoni, Texnik yechim, Intuitsiya, Konstruktor, Asbob konstruksiyasi, Texnik topshiriq, 

Texnik  taklif,  Loyiha  eskizi,  Texnik  loyiha,  Ishchi  hujjatlar,  texnik  effekt,  Patent, 

Intellektual va sanoat mulki, Patent tozaligi, parametrik optimallashtirish, Komponovka, 

Datchiklar,  signallar,  tizimlar,  O‘lchash  diapazoni,  Kalibrlash  va  kalibrlash  xatoligi. 

Gisterezis, o’zgartirgich. 

 

Asosiy adabiyotlar 



 

1.  G.K.Vijayaraghavan., 

R.Rajappan., 

Engineering 

Metrology 

and 


Measurements.,  For  5th  Semester  Mechanical  and  Automobile  Engineering  As  per  the 

Latest Anna University Syllabus - Reg.,2008. 

2.   Ron S. Kenett, Emanuel Baker., Software Process Quality: Management and 

Control. Computer Aided Engineeringio, Taylor &Franccs„ 2005. 

3.  G.  M.  S.  de  Silva.,  Basic  Metrology  for  ISO  9000  Certification  (1st  Editio)., 

Ships from and sold by Amazon.com. Gift- wrap available., 2002. 

4.   Ismatullaev P.R. va boshq. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. 

Darslik, Toshkent, 2015,-423 6. 

5.  Abduvaliev A.A. i dr. «Osnovы obespecheniya edinstva izmereniy» Tashkent, 

Uzstandart, 2005. 

6. Abduvaliev  A.A.  i  dr.  «Osnovы  standartizatsii,  metrologii,  sertifikatsii  i 

upravleniya kachestvom» Tashkent, NIIS11S. 2007. 

 

Elektron resurslar 

1.  http:www.standart.uz - “Uzstandart" agenligi 

2.  http:www.smsiti.uz  -  Standartlashtirish,  metrologiya  va  sertifikatlashtirish 

ilmiy tadqiqot instituti 



3.  http:www.easc.org.by  -  Mejdugosudarstvenniy  Sovet  po  standartizatsii, 

metrologii i sertifikatsii Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv. 

4.  l)ttp:www/ziyonet/ Ta’lim portali 

5.  http:www.window.cdu.ru - Butun Rossiya ta’lim portali 



 

Download 421.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling