O‘lchash usullari va vositalari. O‘lchash xatoliklari Reja
– rasm. Etalonlarning tabaqalanishi va turlari
Download 178.63 Kb.
|
olchash usullari va vositalari. olch
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat etaloni
- Maxsus etalon
- Nusxa etalon
4.6.– rasm. Etalonlarning tabaqalanishi va turlari.
Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o’lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon. Xalqaro etalonlarni «Og‘irlik va o‘lchovlar bo‘yicha xalqaro byuro» saqlaydi (OO‘XB) va u bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etadi. OO‘XB faoliyatidagi eng muhim va mas’uliyatli vazifalaridan biri, turli davlatlarning yirik va katta ko‘lamga ega bo‘lgan metrologiya laboratoriyalaridagi milliy etalonlarini xalqaro etalonlar bilan muntazam va xalqaro miqyosda taqqoslash hisoblanadi. Shuningdek o‘lchashlarning ishonchliligini, aniqligini va birligini ta’minlash maqsadida o‘zaro taqqoslovlar ham muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bu esa xalqaro iqtisodiy aloqalarning eng asosiy talablaridan sanaladi. SI tizimidagi asosiy kattaliklarning etalonlari bilan bir qatorda, hosilaviy kattaliklarning etalonlari ham taqqoslanib turadi. Taqqoslash amallari belgilangan muddatda, davriy ravishda bajariladi. Masalan, metr va kilogramm etalonlari har 25 yilda, elektr va yorug‘lik kattaliklarining etalonlari esa har 3 yilda taqqoslab turiladi. Birlamchi etalonga ikkilamchi va boshqa razryaddagi barcha etalonlar buysunadi. Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan birlamchi yoki maxsus etalon. Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon bo‘lib, milliy metrologiya organi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasida ushbu organ sifatida, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy markaz – O‘zstandart Agentligi hisoblanadi. Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan etalondir. Maxsus etalon yordamida yaratilgan birlik birlamchi etalon yordamida yaratilgan birlik birlamchi etalon yordamida yaratilgan birlikka mos bo‘lishi kerak. Birlamchi etalon orqali qiymati aniqlanadigan etalonga ikkilamchi etalon nomi berilgan. Guvoh etalon – davlat etalonining butliligini va o‘zgarmaganligini tekshirish uchun va buzilgan toki yuqolgan hollarda uni almashtirish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon. Hozir asosiy birliklarning etalonlaridan faqat kilogrammning guvoh etaloni bor. Nusxa etalon ishchi etalonlarga birliklar o‘lchamlarni uzatishga mo‘ljallangan ikkilamchi etalon hisoblanadi. Nusxa etalonlar, odatda, birlamchi yoki maxsus etalonni barvaqt yeyilishdan saqlash maqsadida, qiyoslash ishlari ko‘p bo‘lgan hollarda yaratiladi. Nusxa-etalon zarur bo‘lganda, davlat etaloni o‘rnida ishlatilishi mumkin. Download 178.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling