O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari
Download 22.04 Kb.
|
O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elketr o‘lchash asboblarining tasnifi.
O‘lchash asboblariO‘lchash asboblari. O‘lchash vositalarining keng tarqalgan turlaridan biri - bu o‘lchash aboblaridir. O‘lchash asbobi- kuzatuvchi bevosita qabul qila oladigan shakldagi o‘lchash ma'lumoti signalini hosil qilishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir (O‘z DSt 8.010.2:2003 standarti bo‘yicha). O‘lchash vositalari va ularning turlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: standartlashtirilgan; stndartlashtirilmagan; avtomatik; avtomatlashtirilgan va intellektual o‘lchash vositalari. Standartlashtirilgan o‘lchash vositalarining texnik ko‘rsatkichlari davlat stnadarti talablariga mos kelishi zarur. Standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarining texnik xarakteristikalari davlat standarti talablariga mos kelmaydi, bunday asboblar ishlab chiqarishning ichki ehtiyojlari uchun qo‘llanilishi mumkin. Avtomatik o‘lchash vositalari bevosita o‘lchash hamda o‘lchash natijalarini baholash, qayd qilish, ma'lumotlarni uzatish va boshqaruvchi signallarni ishlab chiqarish kabi barcha ishlarni avtomatik tarzda o‘zi bajaradigan intellektual o‘lchash vositalari bo‘lib, ular ma'lumotlarni saqlash xotirasiga ega hamda o‘lchash vaqtida berilgan dastur bo‘yicha tanlashni, o‘lchash natijalariga ishlov berishni, ularni baholashni va boshqa vazifalarni mustaqil ravishda avtomatik tarzda bajaradi. O‘lchash asboblarinio‘lchash ma'lumotini qayd etishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: shkalali, raqamli va o‘zi yozar o‘lchash asboblari.O‘lchash asboblari vazifasi, funksional xususiyatlari, o‘lchash usuli, o‘lchanuvchi miqdorning turi, ishlatish sharoitlari, tashqi magnit va elektr maydonlaridan himoya qilinganligi, mexanik ta'sirlarga bo‘lgan mustahkamligi, o‘lchashaniqligi, ishlash prinsipi va boshqa belgilarga qarab klassifikatsiyalanadi (5.11-rasm). Elektr o‘lchash asboblarining turlarga ajralishi quyidagi rasmda keltirilgan (rasm). Elketr o‘lchash asboblarining tasnifi.O‘lchanadigan miqdorlarni o‘lchash usuliga qarab, elektr o‘lchash asboblari (EO‘A) bevosita baholaydigan (ko‘rsatadigan) va solishtirib o‘lchaydigan asboblarga bo‘linadi. Bevosita baholaydigan (ko‘rsatadigan) asbob - bu oldindan darajalab qo‘yilgan va o‘lchanadigan miqdorni bevosita asbobning darajasi (shkalasi) bo‘yicha hisoblashga imkon beruvchi o‘lchash asbobi. Masalan, ampermetr, voltmeter, vattmetr, fazometr, chastotamer va h.k [4]. Solishtirib o‘lchaydigan asbob - bu o‘lchanayotgan miqdor qiymatini uning o‘lchovi bilan solishtirib o‘lchaydigan o‘lchash asbobidir. Maslan, o‘lchash ko‘prigi, potensiometr, kompensator va b. EO‘A ma'lumotlarni ko‘rsatishlariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: bevosita ko‘rsatadigan (anologli) o‘lchash asboblari; raqamli o‘lchash asboblari; qayd qiluvchi o‘lchash asboblari; o‘ziyozuvchi o‘lchash asboblari; bosmalovchi o‘lchash asboblari; integrallovchi o‘lchash asboblari; jamlovchi o‘lchash asboblari. Bevosita ko‘rsatadigan (anologli) EO‘A o‘lchash kattaliklari (miqdorlari) o‘zgarishini uzluksiz funksiya bilan aks ettiradi. Raqamli EO‘A o‘lchash axborotini avtomatik ravishda uzuq-uzuq (uzlukli- diskret) ishoraga aylantiradi. Shuning uchun ham bu asbobning ko‘rsatishi raqam ko‘rinishida bo‘ladi. Ko‘rsatuvchi EO‘A o‘lchash natijasini uning ko‘rsatishidan hisoblab olish uchun xizmat qiladi. Ko‘rsatuvchi EO‘A shunday tayyorlanishi mumkinki, birinchi holda asbob daqisi (darajalangan qismi) qo‘zg‘almas bo‘lib, uning ustida ko‘rsatuvchi mil (strelka) siljishi yoki ikkinchi holda ularning aksi bo‘lib, asbob daqisi qo‘zg‘akuvchan bo‘lib qo‘zg‘almas miliga nizbatan harakatlanuvchan bo‘lishi mumkin. Qayd qiluvchi EO‘A o‘lchash kattaligini qayd qilish imkoniga ega. O‘ziyozar EO‘A o‘lchash ma'lumoti signalini digramma ko‘rinishida yoza oladigan qayd qiluvchi o‘lchash asbobidir. Bosmalovchi EO‘A o‘lchash natijasini raqam ko‘rinishida beradigan bosmalovchi qurilma o‘rnatilgan, qayd qiluvchi o‘lchash asbobidir. Jamlovchi EO‘A ko‘rsatishi unga har xil yo‘llar (kanallar) orqali berilgan ikki yoki bir necha kattaliklarning funksional yig‘indisiga bog‘liq holda ishlatiladi. Bunga bir necha generator quvvati yig‘indisini o‘lchash uchun mo‘ljallangan asbob- vattmetr misol bo‘la oladi. EO‘A ishlatilishiga qarab elektr, mexanik, issiqlik, kimyoviy, biologik va boshqa noelektr miqdor (kattalik) larni o‘lchaydigan asboblarga bo‘linadi. EO‘A ishlatilish xususiyatiga ko‘ra ko‘chma va ko‘chirib yuritilmaydigan (statsionar) asboblarga bo‘linadi. EO‘A o‘lchanadigan kattalik turiga qarab ampermetr, voltmeter, vattametr, elektr energiya hisoblagich, ommetr, fazometr, faradametr, chastotametr va shu kabi asboblarga bo‘linadi. EO‘A ishlatilish sharoitiga qarab A, Б, B va T guruh (turkum)larga ajratiladi. Download 22.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling