O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari


Download 22.04 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi22.04 Kb.
#1828080
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari-fayllar.org


O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari

O‘LCHASH VOSITALARINING METROLOGIK XUSUSIYATLARI



Reja:


    1. O‘lchash vositalari va ularning tasniflanishi.
    2. O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari.



    3. O‘lchash asboblari.

    1. O‘lchash vositalari va ularning tasniflanishi.

Ma'lumki, o‘lchashni biror-bir o‘lchash vositasi yordamisiz bajarib bo‘l- maydi. O‘lchash vositalarining esa xilma-xil turlari mavjuddir. Ular tuzilishiga ko‘ra sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me'yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shuo‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.

O‘z DSt 8.010.2:2003 “O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta'minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta'riflar. 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning parametrlari” standartiga ko‘ra:
O‘lchash vositasi - metrologik tavsiflari me'yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma'lum vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita.
O‘lchash vositasining mohiyati, birinchidan, kattalikning o‘lchov birligini saqlashi (yoki qayta tiklashi); ikkinchidan, saqlanadigan birlik o‘lchamining o‘zgarmasligidan iborat. Bu muhim omillar o‘lchashlarni bajarish imkoniyatini ta'minlaydi (o‘lchov birligi bilan taqqoslaydi), ya'ni texnik vositani o‘lchash vositasiga aylantiradi. Agar o‘lchashlar jarayonida birlik o‘lchami normada belgilangandan ortiq o‘zgaradigan bo‘lsa, talab etilgan aniqlikdagi natijani bunday o‘lchash vositasi bilan olib bo‘lmaydi. Demak, texnik vosita birlikning o‘lchamini vaqt oralig‘ida yetarli darajada o‘zgarishsiz saqlay olgandagina o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin.
O‘lchash vositalarining turlari quyidagi sxemada ifodalangan (5.1-rasm).


    1. Download 22.04 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling