O`lchash xatoliklari va ularni hisloblash (zarbni o`lchash asbobi misolida). Reja: kirish I bob o`lchashlar


Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning hosilaviy birliklari


Download 0.54 Mb.
bet4/11
Sana13.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1354141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`lchash hatoliklari va ularni hisoblash

Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning hosilaviy birliklari
SI ning hosilaviy birliklari SI ning kogerent hosilaviy birliklarini hosil qilish qoidalariga muvofiq keltirib chiqariladi. SI ning asosiy birliklaridan foydalanib keltirib chiqarilgan SI ning hosilaviy birliklarining namunalari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval – Nomlari va belgilari asosiy birliklar nomlaridan va belgilaridan tashkil topgan SI ning hosilaviy birliklar namunalari.



Kattalik

Birlik



Nomi

O‘lchamligi

Nomi

Belgisi

Maydon

L2

metrning kvadrati

m2

Hajm, sig‘diruvchanlik

L3

metrning kubi

m 3

Tezlik

LT-1

sekundiga metr

m/s

Tezlanish

LT-2

metr taqsim sekundning kvadrati

m/s2

Zichlik

L-3M

kilogramm taqsim metrning kubi

kg/m3

To‘lqin son

L-1

metrning darajasi minus bir

m-1

Solishtirma xajm

L3M-1

metrning kubi taqsim kilogramm

m3/kg

Elektr tokining zichligi

L-2I

amper taqsim metrning kvadrati

A/m2

Magnit maydonning kuchlanganligi

L-1I

amper taqsim metr

A/m

Komponentning molyar konsentratsiyasi

L-3N

mol taqsim metrning kubi

mol/m3

Ravshanlik

L-2J

kandela taqsim metrning kvadrati

cd/m2

SI ning maxsus nomiga va belgilanishiga ega bo‘lgan hosilaviy birliklari 3-jadvalda ko‘rsatilgan.
SI ning elektr va magnit kattaliklarining birliklarini elektromagnit maydoni tenglamalarini ratsionallashtirilgan shakliga muvofiq hosil qilish lozim. Bu tenglamalarga vakuumning magnit doimiyligi μ0 kiradi. Uni aniq qiymati 4π(10-7 H/m yoki 12,566 370 614...-10-7 H/m (aniq).
O‘lchovlar va tarozilar XVII Bosh konfernsiyasining - O‘TBK (1983 y.) qarorlariga muvofiq uzunlik birligi - metrni yangi ta’rifi bo‘yicha, tekis elektromagnit to‘lqinlarining vakuumda tarqalish tezligini qiymati s0 - 299792458 m/s (aniq) ga teng deb qabul qilingan.
Bu tenglamaga shuningdek qiymati 8,854187817 10-12 F/m teng deb qabul qilingan vakuumning elektrik doimiyligi ε0 kiradi.
Elektr birliklari o‘lchamlarining anikligini Djozefson effekti va Xoll kvant effekti asosida oshirish maqsadida O‘lchovlar va tarozilar xalqaro komiteti (O‘TXK) tomonidan 1990 yil 1 yanvaridan boshlab Djozefson konstantasining shartli qiymati Kj-90 = 4,83579(1014 Hz/V (aniq) [O‘TXK 1 - tavsiyasi, 1988 y] va Klitsing konstantasini shartli qiymati Rk-90 = 25812,807 Ω (aniq) [O‘TXK, 2- tavsiyasi, 1988 y] deb kiritildi.
Izoh - O‘TXK ning 1 va 2 tavsiyalari elektr yurituvchi kuch birligi volt va elektr qarshilik birligi – Om ta’rifi Xalqaro birliklar tizimida qayta ko‘rib chiqilgan degan ma’noni bildirmaydi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling