O‘lchashlarning sifat mezonlari Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari Etalonlar, ularning tabaqalanishi


-postulat. О‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir


Download 111.75 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi111.75 Kb.
#1513423
1   2   3   4
Bog'liq
Sifat mezonlari

1-postulat. О‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir.
2-postulat. Kattalikning chinakam qiymatini aniqlash mumkin emas.
3-postulat. О‘lchash amalida kattalikning chinakam qiymati doimiydir.
Endi aytishimiz mumkinki, о‘lchanayotgan kattalikning uchta qiymati bо‘lar ekan:
  • Chinakam qiymat (uni aniqlash imkoni mavjud emas);
  • Haqiqiy qiymat (chinakam qiymatga yaqin);
  • Olingan qiymat (tajribadan olingan qiymat).

  • Tabiiyki, haqiqiy qiymatni qaerdan olamiz degan savol tug‘ilishi mumkin. YUqorida keltirgan misolimiz bo‘yicha, olmani savdo do‘koni tarozisida bir necha marta takroriy o‘lchab, natijalarning o‘rtacha qiymatini olsak, shu haqiqiy qiymat deb olinishi mumkin.

Etalonlar, ularning tabaqalanishi
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasidagi aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi.
Etalon deb, kattalikning o‘lchamini hosil qilish, saqlash va uni boshqa o‘lchash vositalariga uzatish uchun xizmat qiladigan o‘lchovlarga aytiladi. Kattalikning birligi etalondan razryad etalonlariga uzatiladi, ulardan esa pog‘onasimon tarzda ishchi o‘lchash vositalariga uzatiladi.
O’z Dst 8.010.3:2004 standartiga ko’ra:
Etalon (o’lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni) – kattalikning o’lchamini qiyoslash sxemasi bo’yicha quyi vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo’ljallangan va belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan o’lchashlar vositasi yoki o’lchash vositalarning majmui.
Etalonning konstruksiyasi, uning xususiyatlari va birlikni qayta tiklash usuli mazkur kattalikning mohiyati va mazkur o’lchashlar sohasida o’lchash texnikasining rivojlanganlik darajasi bilan aniqlanadi.
Etalon bir-biri bilan chambarchas bog’langan kamida uchta – o’zgarmaslik, qaytariluvchanlik va solishtiriluvchanlik alomatlariga ega bo’lishi lozim.

Download 111.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling