O‘lchashlarning sifat mezonlari Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari Etalonlar, ularning tabaqalanishi


Download 111.75 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi111.75 Kb.
#1513423
  1   2   3   4
Bog'liq
Sifat mezonlari


O‘lchashlarning sifat mezonlari
Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari
Etalonlar, ularning tabaqalanishi
O’lchashlarning sifat mezonlari. Metrologiyaning aksiomalari. O’lchash noanligi.
Har bir narsaning sifati bo‘lgani kabi o‘lchashlarning ham sifati va mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi.
O’lchash sifati aniqlik, ishonchlilik, to’g’rilik, yaqinlik va qaytaruvchanlik, yo’l quyilishi mumkin bo’lgan xatolik o’lchami bilan tavsiflanadi.
Aniqlik – bu mezon o‘lchash natijalari kattalikning chinakam qiymatiga yaqinligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari tarzda baholanadi. Masalan, agar o‘lchash xatoligi 10–3 bo‘lsa, uning aniqligi 103 bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, qanchalik aniqlik yuqori darajada bo‘lsa, shunchalik, o‘lchash natijasidagi muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam bo‘ladi.
Ishonchlilik – o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon hisoblanadi. O‘lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa aniq holat uchun xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni ta’minlovchi o‘lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi.
O‘lchashlarning sifat mezonlari
To‘g‘rilik – o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.
Mos keluvchanligi – bir xil sharoitlardagi o‘lchashlar natijalarini bir – biriga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o‘lchashlarning mos keluvchanligi tasodifiy xatoliklarning ta’sirini ifodalaydi.
Qaytaruvchanlik – ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning natijalarini bir – biriga yaqinligini bildiradi.
O’lchash xatoligi - o’lchanayotgan kattalikning chinakam (haqiqiy) qiymatidan o’lchash natijasini farqlanishi.
O'lchash natijasi va uning xatoligini baholanishi o’lchash sub’ekti tomonidan aniqlanadi.

Download 111.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling